Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Ko‘rsatkichlar
2017 
2018 
2019 
2020 
2021 
Milliy valyutadagi kreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi
16,2
21,1
23,7
22,3
20,8
Chet el valyutasidagi kreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi
5,8
5,8
7,1
6,9
6,7
3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan yaqqol ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomoni-
dan milliy valyutada berilgan kreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 2017–2020-yillarda oshish tendensiyasiga 
ega bo‘lgan. Biroq, ushbu foiz stavkalarining darajasi 2019–2021-yillarda pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 
Bu esa, mazkur davrda inflyatsiya darajasini va Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini pasayganligi bi-
lan izohlanadi. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditlarning o‘rtacha yillik 
foiz stavkasi 2019–2021-yillarda pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, tijorat banklarining investitsion 
jozibadorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga inflyatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish ham-
da 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020-yilning 1-yanvari-
dan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tkazishni 
ta’minlash vazifasi yuklandi. 2021-yilda inflyatsiya bo‘yicha belgilangan maqsadi ko‘rsatkichga erishildi, ya’ni 
inflyatsiyaning yillik darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Ammo, 2022-yilda inflyatsiya bo‘yicha belgilangan maqsad-
li ko‘rsatkichga erishilmadi. pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023–2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy 
yo‘nalishlarida 2022-yil uchun inflyatsiyaning yillik darajasini 8–9 % darajasida bo‘lishi prognoz qilingan edi 
[11]

Biroq, 2022-yilda inflyatsiyaning yillik darajasi 12,3 foizni tashkil etdi.
2022-yilda respublikamizda inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishilmaganligining asosiy sabab-
lari quyidagilardir:
1. Asosiy oziq-ovqat va import tovarlari narxlarining yuqori o‘sishi bazaviy inflyatsiya darajasini keskin 
oshishiga olib keldi. 2022-yilda bazaviy inflyatsiya darajasi 13,8 foizni tashkil etdi.
2. Iqtisodiyotdagi yuqori inflyatsion jarayonlar, yoqilg‘i-energiya resurslari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari 
va import xomashyosi narxlarining oshishi 2022-yilda inflyatsion kutilmalarning salbiy bo‘lishiga olib 
keldi.
3. Pul massasining o‘sish sur’atini yuqori bo‘ldi. 2022-yilda pul massasining yillik o‘sish sur’ati respublika-
mizda 30,2 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023–2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar-
ida asosiy pul-kredit operatsiyalarini auksionlardan to‘liq qoplanadigan o‘zgarmas stavkali (“fixed rate full allot-
ment”) operatsiyalarga o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda joriy depozit auksionlari o‘rniga cheklanmagan 
hajmda amalga oshiriladigan muddati 14 kungacha bo‘lgan depozit operatsiyalariga o‘tilishi pul bozoridagi foiz 
stavkalarining asosiy stavkaga nisbatan tebranuvchanligining pasayishiga, asosiy stavka ta’sirining va trans-
mission mexanizm samaradorligining oshishiga xizmat qiladi, degan xulosa qilingan. 


287
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
I L M I Y YA N G I L I G I
Ekspansionistik monetar siyosat tijorat banklarining kredit ekspansiyasini rag‘batlantiradi va kreditlarning 
nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasini oshirish imkonini beradi. Bu esa, pul massasining multiplika-
tiv kengayishini ta’minlash imkonini bergan holda, iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini 
oshirishga xizmat qiladi. Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirish uchun birinchidan, Markaziy bank 
majburiy zaxira talabnomasi summasini tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobrarqamlarida qoldirish yo‘li bi-
lan banklarning kreditlash imkoniyatini va likvidliligini oshirish lozim; ikkinchidan, Markaziy bankning diskont va 
lombard kreditlari berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bilan tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash kreditlari 
hajmini oshirish zarur; uchinchidan, to‘lovga qobillik darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklari va kompaniyalarning 
depozit sertifkatlari va obligatsiyalarini Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarining obyektlariga aylantirgan 
holda, to‘g‘ri REPO va teskari REPO operatsiyalarining hajmini oshirish kerak; to‘rtinchidan, milliy ssuda kapi-
tallari bozorini shakllantirish asnosida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlari bozor bahosining past 
va barqaror darajasini ta’minlashga erishish.
X U L O S A VA N A T I J A
Mamlakatda tijorat banklarining faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish uchun quyidagi tadbirlarni oshi-
rish lozim:
Banklar faoliyatini tartibga solish tizimining tijorat banklarining kreditlash faoliyatini rag‘batlantirishdagi 
rolini oshirish uchun, birinchidan, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati bilan majburiy zaxira siyosati 
o‘rtasidagi monandlikni ta’minlash lozim; ikkinchidan, ekspansionistik mazmundagi pul-kredit siyosatini amalga 
oshirish kerak.
Respublika Markaziy bankining diskont kreditlari berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish va ochiq bozor operatsi-
yalari hajmini oshirish lozim.Taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning diskont kreditlari, ya’ni tijorat 
banklariga Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan berilgan 
kreditlar banklar faoliyatida yuzaga kelgan balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda muhim rol 
o‘ynaydi.
TA V S I YA L A R
Tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida xorijdan jalb qilingan kreditlarning salmog‘ini pasaytirish 
maqsadida, birinchidan, ichki manbalar hisobidan shakllantiriladigan xorijiy valyutadagi depozitlarga to‘lanadi-
gan foizlarning stavkalarini barqarorligini ta’minlash lozim; ikkinchidan, aksiyalarning investitsion jozibador-
ligini ta’minlash hisobiga emission daromad hajmini oshirish va ikkinchi darajali kapital miqdorini ko‘paytirish 
imkoniyatlarini kengaytirish (subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining emissiya hajmini oshirish, konsoli-
datsiyalashgan sho‘’ba kompaniyalarga qilinadigan investitsiyalar miqdorini ko‘paytirish) yo‘li bilan regulyativ 
kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish kerak.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin