T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
298
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
10. Target reklama,
ya’ni maqsadli reklama – bu maqsadli iste’molchilarning ma’lum bir auditoriyasiga
qaratilgan reklama. Targeting (inglizcha target – maqsad) reklama mexanizmi sifatida barcha mavjud
auditoriyadan yangilik iste’molchilarining aynan shu qismini (maqsadli auditoriya) ushbu yangilikni ku-
tayotgan va bu mexanizm orqali umidlarni qondira oladigan qismini tanlash imkonini beradi. Maqsadli
reklama ma’lum iste’molchilar guruhlariga maqsadli ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
X U L O S A
Xulosa qilib keltiradigan bo‘lsak,bugungi kunda korxonalar iste’molchilarga murojaat qilishi kontentni
ko‘rish yoki mahsulotlarni tanlashlari haqida tobora ko‘proq vazifalarni bajarishlari kerak. Chunki odamlarning
diqqatni jamlash qobiliyati o‘zgarmoqda y’ani veb-sahifa mazmuni bilan tanishish uchun inson o‘rtacha hisobda
sakkiz soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida diqqatini biror narsaga qaratadi, shundan so‘ng u boshqa
narsalarga o‘tadi. Bu shuni anglatadiki, vaqt insoniyatning eng qimmatli boyligiga aylanib bormoqda va mar-
ketologlarning aloqaning birinchi soniyalaridanoq iste’molchilarni jalb qilish, ularni hayratda qoldirish va ularga
kerakli vaqtda kerakli xabarni raqamli marketing vositalari yordamida yetkazish qobiliyati raqobatbardoshlikning
asosiy omilidir. Bunday sharoitda foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqa qilishning ilg‘or usullari va texnologiyalari-
dan foydalanish bilan bog‘liq asosiy tendensiyalarni bilish muhim va dolzarb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: