Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   292
YaIT jurnali 7-son.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Sattikulova G.A. Raqamli texnologiyalar taqdim etadigan imkoniyatlar. Sharq mamlakatlarining raqamli iqtisodiyotga 
o‘tish tajribasi: imkoniyatlar va muammolar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. – T.: 2021. B. 229-
230.
2. Клоков Е. В., Денисов А. В. Технология проектного обучения // Школа. – 2006. – №2. – с. 29-36.
3. Гулулян, А. Г. Оценка экономической эффективности использования технологий цифровых месторождений при 
принятии управленческих решений в нефтегазовом производстве, АВТОРЕФЕРАТ диссертации на соискание 
ученой степени кандидата экономических наук, Москва 2017 год, https://www.dissercat.com/content/otsenka-eko-
nomicheskoi-effektivnosti-ispolzovaniya-tekhnologii-tsifrovykh-mestorozhdenii-pri
4. Urbinati, A., Chiaroni, D., Chiesa, V., Frattini, F. The role of digital technologies in the innovation process, Conference: 
24th Innovation and Product Development Management Conference, June 11-13, 2017, Reykjavik, Iceland, https://
www.researchgate.net/publication/317549262_The_role_of_digital_technologies_in_the_innovation_process#fullTex-
tFileContent 
5. Пергунова, О. В. Оценка экономической эффективности использования информационно-коммуникационных 
технологий на промышленных предприятиях, Автореферат диссертации на соискание ученой степени 
кандидата экономических наук, Оренбург-2015, https://economy-lib.com/otsenka-ekonomicheskoy-effektivnosti-is-
polzovaniya-informatsionno-kommunikatsionnyh-tehnologiy-na-promyshlennyh-predpriya
6. Tan, Nguyen Ngoc, Huynh Thi Tuyet Ngan, Nguyen Son Hai, and Le Hoang Anh. 2021. The Impact of Digital Trans-
formation on the Economic Growth of the Countries. In Prediction and Causality in Econometrics and Related Topics. 
Edited by Nguyen Ngoc Thach, Doan Thanh Ha, Nguyen Duc Trung and Vladik Kreinovich. ECONVN 2021. Studies 
in Computational Intelligence. Cham: Springer, vol. 983. 


411
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
XO‘JALIK YURITUVCHI 
SUBYEKTLARNING 
LIKVIDLILIGINI TA’MINLASH 
YO‘LLARI
Bauyetdinov Majit Janizaqovich
Qoraqalpoq davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini ta’minlash ular faoliyatini moliyalashtirishning uzluk-
sizligini ta’minlash, majburiyatlar ijrosini o‘z vaqtida amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolar 
aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
likvidlilik, pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralar, debitor qarzdorlik, investitsiya, joriy majburiyat, 
kredit. 
Аннотация:
Обеспечение ликвидности хозяйствуюших субъектов является обязателним условием обеспечения 
бесперебойности финансирования их деятелности, своевременного осушествления исполнение обязателств. 
В стате виявлени актуалние проблеми, связанних с обеспечением ликвидности хозяйствуюших субъектов и раз-
работани научние предложения, направленних на решение этих проблем.
Ключевые слова:
ликвидност, денежние средства, товарно-материалние запаси, дебиторская задолженност, ин-
вестиция, текушая обязателства, кредит.
Abstract:
Ensuring the liquidity of business entities is a prerequisite for ensuring uninterrupted financing of 
their activities, timely fulfillment of obligations.
The article identifies topical problems related to ensuring the liquidity of economic entities and develops sci-
entific proposals aimed at solving these problems.
Key words:
liquidity, cash, inventory, receivables, investment, current liabilities, credit.
K I R I S H 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 
“Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot Strategiyasi”da eksport qiluvchi korxonalar 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish, mavjud 
imkoniyatlarni to‘liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, 
tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish, 
xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni 
yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash, energiya resurslari va tabiiy gaz bozor-
larini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish 
hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish yirik sanoat tarmoqlari va 
hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini 
oshirish dasturlarini keng joriy qilish mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli davrda barqaror rivojlantirishning 
zaruriy shartlari sifatida e’tirof etilgan [1]. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini 
ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
K.Timofeyeva va D.Pomelov bergan ta’rifga ko‘ra, likvidlilik – bu tovar-moddiy zaxiralarning tez va mua-
mmosiz pul mablag‘lariga aylanish qobiliyati bo‘lib, bunda likvidli moddiy qiymmatliklar o‘zining nominal qiyma-
tini saqlab qoladi [2].
A.Kurilovning xulosasiga ko‘ra, korxonaning mulkdorlari uchun likvidlilikni yetarli bo‘lmasligi foydaning ka-
mayishini, nazoratni yo‘qotilishini, kapital quyilmani qisman yoki to‘liq yo‘qotilishini anglatadi. Kreditorlar uchun 
likvidlilikni yetarli bo‘lmasligi qarzning asosiy summasini va foizini to‘lashni kechiktirilishini, qarzga berilgan 
qiymatni qisman yoki to‘liq yo‘qotilishini anglatadi [3].


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
412
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, korxonaning likvidliligini oshirish usullariga quyidagilar kiradi:
– ishlab chiqarishni aylanma mablag‘larni qayta taqsimlash, zaxiralarni kamaytirish, likvidli aktivlarni 
ko‘paytirish hisobidan optimallashtirish uchun resurslarni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
– moliyaviy majburiyatlarni kamaytirish va ularni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pullik likvidli aktivlarni 
ko‘paytirish imkonini beradigan moliyaviy barqarorlashtirish mexanizmini qo‘llash;
– debitor qarzdorlikni qayta moliyalash va buning hisobidan faktoring, forfeytingni qo‘llash asosida pul 
mablag‘larini ko‘paytirish, debitor qarzdorlikni aylanish tezligini oshirish;
– foydani, rentabellikni, tushumni ko‘paytirish uchun aylanma aktivlardan intensiv foydalanish;
– debitor qarzdorlikni so‘ndirish va aylanmadan tashqari aktivlarning o‘sishini cheklash [4].
V.Kovalyovning fikriga ko‘ra, kompaniyaning likvidlilik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun variantlarni tan-
lashda, avvalo, ularning samaradorligini miqdoriy baholash kerak, ya’ni ularni amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlarni foydaning prognoz hajmi bilan taqqoslash kerak [5].
Ye.Zubovaning xulosasiga ko‘ra, korxonaning likvidliligi va to‘lovga qobilligini yaxshillashga qaratilgan 
standart choralar mavjud. Ularning mohiyati foydaning o‘sishini ta’minlashda, moddiy aktivlar qiymati va debitor 
qarzdorlikning hajmini kamayishida, kapitalning optimal tarkibini tanlashda namoyon bo‘ladi [6].
V.Borodinning xulosasiga ko‘ra, faktoring korxonalarning likvidliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, 
chunki, debitor qarzdorlikni yon berish uchun debitor qarzdorlik mavjud bo‘lishi kerak. Yoki hech bo‘lmasa, kel-
gusida yuzaga kelishi aniq bo‘lgan debitor qarzdorlik to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lishi lozim [7].
Sh.Abdullayevaning xulosasiga ko‘ra, “xaridordan qarzni undirish va kredit riskining oldini olish bilan birga
faktoring kompaniyasi sanoat firmasi eksport operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni tijorat banki va 
sug‘urta kompaniyasi qaysi funksiyalarini ham bir paytda bajaradi” [8]. 
T.Bobakulovning xulosasiga ko‘ra, “monetizatsiya koeffitsiyentining past ekanligi iqtisodiyotda o‘zaro 
to‘lovsizlik muammosini chuqurlashtiradi, xujalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashtiradi, to‘lov qo-
biliyatini rag‘batlantirishga to‘sqinlik qiladi va pulning aylanish tezligi nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi” [9].
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot metodologiyasi mahalliy va xorijiy mualliflarning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini 
ta’minlash ular faoliyatini moliyalashtirishga oid tadqiqotlari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va bosh-
qa normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘z ichiga 
oladi. Tadqiqot ilmiy usul yordamida o‘tkazildi. Quyidagi matematik amallarga oid masalalarni yechish uchun 
mantiqiy, qiyosiy va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Respublikamiz amaliyotida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidlili-
giga baho berishda asosan, quyidagi uchta ko‘rsatkidan keng foydalaniladi:
*likvidlilik koeffitsiyenti;
*qoplash koeffitsiyenti;
*debitor qarzdorlikning aylanish tezligi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali “O‘zmetkombinat” AJning likvidliligiga baho beramiz. (1-jadvalga qa-
rang).
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning likvidlilik 
koeffitsiyenti pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Buning ustiga, mazkur davrda qoplash koeffitsiyenti ham 
pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, uning likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat his-
oblanadi.
1-jadval 
“O‘zmetkombinat” AJning likvidlilik koeffitsiyenti, qoplash koeffitsiyenti va debitor qarzdorlikning aylanish tezligi

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin