Bosh muharrir


YASO QONUNLARIDA JINOYAT VA JAZO MASALALARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə14/16
tarix09.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#127900
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
UNIVERSAL JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES VOLUME 1

YASO QONUNLARIDA JINOYAT VA JAZO MASALALARI


Qilichev Nosirbek Jasur o’g’li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
yuridik fakulteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Chingizxon asos solgan mo`gullar imperiyasida uzoq yillar davomida amalda bo`lgan “Yaso qonunlari”ning mazmuni, unda nazarda tutilgan jinoyatlar va ular uchun nazarda tutilgan jazolar turli tarixiy va huquqiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar: jinoyat, jazo, Yaso, Chingizxon, o`g`rilik, bosqinchilik, o`lim jazosi.


Chingizxonga qadar o`g`rilik, vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat va jirkanch illatlar oddiy bir hol edi. Chingzixon bunday holatga nafrat bilan qarar, bo`ysudirilgan xalqlar orasida tartib va adolat o`rnatish, odamlar va ularning mulklari xavfsizligini ta`minlash haqida qayg`urardi. Yuqorida qayd etilgan jinoyat va illatlar bo`lmasligi uchun u maxsus qaror chiqardi. Yaso qonunlari shu sabab vujudga keldi. Yaso (“Yasaq” “Yasanaq ”) so`zi mo`g`ulchadan olingan bo`lib “qonun”, “qaror” degan ma`noni anglatadi1— Chingizxon tomonidan moʻgʻul qabilalarining Onon daryosining boshlanish joyida chaqirilgan qurultoyi (1206-yil)da qabul qilingan qonunlar majmui, oʻrta asrlar moʻgʻul huquqi toʻgʻrisidagi asosiy yozma yodgorlik hisoblanadi. Chingizxon amriga binoan yozilib, "Oltun daftar" (chingiziy xonlarning rasmiy tarixi) bilan birga xon xazinasida saqlangan. Moʻgʻullar davlatining tashkil topishi bilan Chingizxon yasosini takomillashtirish, yangi qonunlar bilan toʻldirish zarurati tugʻilgan. 1218-yilda unga muhim tuzatishlar kiritilgan. Chingizxon yasosining soʻnggi tahriri 1225-yildagi qurultoyda qabul qilingan.2 Uning to`la matni



1 https://cyberleninka.ru/article/n/yasa-chingishana-i-ee-rol-v-mongolskoy-pravovoy-sisteme/viewer
2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Chingizxon_yasosi

bizgacha yetib kelmagan, 33 ta parchasi va Chingizxonning davlat, harbiy va jinoyat huquqlariga oid 27 ta nutqning mazmuni – biliklar , parchalar tarzida yetib kelgan. Unda jinoyat va jazo, harbiy qismlarni boshqarish va ularda qat`iy tartib intizomni joriy etish, oila va nikoh, mulk masalalariga e`tibor berilgan. Dastavval Chingizxon yasosi, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladigan turfa tadbirlar, muayyan gunohlar uchun beriladigan jazo choralarini oʻzida mujassam qilgan. Quyida biz ana shunday jinoyatlarning ba`zilari va ular uchun berilgan jazolarni tahlil qilamiz.


Chor Rossiyasi generali Mixail Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Harbiy san`ati, strategiyasi va taktikasi” asarida bayon etilishicha Yaso qonunlariga ko`ra kattaroq o`g`rilik, masalan, ot, tuya va boshqa narsalarni o`g`irlaganlik uchun – o`lim jazosi, kichikroq o`g`rilik uchun, agar o`g`ri o`g`irlangan narsalarning narxidan uch barobar (boshqa ma`lumotlarga qaraganda to`qqiz barobar) ortiq haq to`lay olmasa, 7 dan 700 tagacha qamchi urish bilan jazolangan.3 Professor Ziyodulla Muqimovning “Amir Temur hamda Temuriylar davlati va huquqi ” tarixiy- huquqiy tadqiqotiga ko`ra Temuriylar davrida ham Yaso qonunlari to Sulton Abu Said Mirzo davriga qadar faqat bitta jinoyat tarkibi, ya`ni o`g`rilik jinoyati uchun qo`llanilganligi qayd etib o`tilgan. “O`g`rilar xusussida buyurdimki, ular qayerda bo`lmasin, tutib olinsa, Yaso bo`yicha jazolansin”, - deyiladi tuzuklarda. Yasoning 29. 30, 31- bandlar bu jinoyat uchun qattiq jazolar belgilagan. “Bir otni o`g`irlagan kishi uning egasiga 9 ta ot berishga majbur. Uning mulki bo`lmasa, o`rniga farzandlari olinadi. Farzandi ham bo`lmasa (bir qo`y kabi so`yilishi) qatl qilinishi lozim” Yasoning 30-bandi zino, o`g`rilik va yolg`onni taqiqlaydi, bunday jinoyatlarga o`lim jazosini belgilaydi.4 Chingizxon janjallashayotgan va mushtlashayotgan odamlar orasiga tushish, baqirish va so`kinishni taqiqlab qo`ydi. Bundan maqsadi murosaga kelishi qiyin bo`lgan yarim yovvoyi xalqlar orasidagi adovatga sabab qoldirmaslik va ularning dag`al fe`llarini yumshatish edi. Ayg`oqchilar, soxta guvohlar, jodugarlar, boshqalarga



3 Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Harbiy san`ati, strategiyasi va taktikasi/Tarjimon Akmal Mahkamov. Mas`ul muharir Yusuf Muzaffar – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 304 b. 35-bet
4 Ziyodulla Muqimov. Amir Temur va Temuriylar davlati va huquqi (tarixiy-huquqiy tadqiqot). – Toshkent. Navro`z. 2020. – 292 b. 44-45-betlar

zarar yetkazuvchilar, axloqsiz odamlar, tabiatni bulg`atuvchilar va amalidan foydalanuvchi poraxo`rlar o`limga hukm qilinardi. Ayblanuvchilar faqatgina jinoyat ustida qo`lga olinganda va ular o`z ayblariga iqror bo`lgandagina jazoga mahkum etilardi. Agarda ular o`z ayblarini bo`yniga olmasa, ularni qiynoqqa solishardi. Chingizxon mo`g`ullar moyil bo`lgan o`tkir (spirtli) ichimliklar iste`mol qilinishiga qarshi edi. U “O`tkir ichimliklarni bir oyda uch martadan ko`p ichmaslik kerak, agar u bir marotaba ichilsa, yana ham yaxshi, umuman ichilmasa, undan ham yaxshi, lekin bunday odamni topish mumkin emas” derdi.5 Shuningdek Yaso qonunlarining 1- bandida zinokor uylangan yoki uylanmaganligidan qat`iy nazar o`limga hukm qilinishi nazarda tutilgan. 2- bandiga ko`ra kim betartiblik qilsa, shovqin-suron ko`tarsa u ham o`lim jazosi bilan jazolangan. Yasoning 5-bandida kim mol olib, kasodga uchrasa, keyin yana mol olib va


yana kasod bo`lsa, keyin yana mol olib va yana kasod bo'lsa, bu uchinchi marta o'limga hukm qilingan. Asirga ruxsatsiz ovqat yoki kiyim berish ham o'lim jazosi bilan jazolangan. Shuningdek Yasoning 7-bandida kim qochgan qulni yoki qochqin asirni topib olib, egasiga qaytarmasa o'limga mahkumdir degan qoida nazarda tutilgan Qarz olgan kishi uni o`z vaqtida to`lay olmasa yoki to`lash vositasi bo`lmasa, shu qarz uchun bolalari qarzdor holatiga tushishlari lozim edi. Chingizxon o`z davlatida qonunlar joriy etganligi haqida tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: “Neki ko`ngul buyurgan bo`lsa, o`sha yo`sinda, har bir ishga o`ziga yarasha qonun va har qaysi gunoh uchun va har qaysi gunoh uchun ma`lum jazo belgiladi” Ammo bu jazolar ijtimoiy va milliy tengsizlikka asoslangan edi. Masalan , bir begunoh mo`gulning o`limi uchun xun bahosi 40 bolish (tanga) kumush bo`lgani holda, ana shunday xitoylik o`limi uchun bir eshakning bahosidan iborat edi.6 Yaso ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun harbiylar tomonidan, ayniqsa, harbiy amaliyotlar davrida taqiqlangan 36 xil harakatdan





5 Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Harbiy san`ati, strategiyasi va taktikasi/Tarjimon Akmal Mahkamov. Mas`ul muharir Yusuf Muzaffar – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 304 b. 35-bet


6 Ziyodulla Muqimov. O`zbekiston davlati va huquqi. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik. T.: “Adolat”. 2003. 280 b.

13 tasiga o`lim jazosi berish belgilangan. Jumladan boshliqqa itoatsizlik, belgilangan joyga qo`yilgan boshliqning o`z joyini o`zboshimchalik bilan tashlab ketishi, o`z boshlig`i buyrug`ini bajarmaslik, maxsus buyruq berilmagan holda dushmanni talon- taroj qilish, jang vaqtida qochish, kelishilmay turib chekinish, sotqinlik va xoinlik kabi jinoyatlarga faqat bir jazo – o`lim jazosi berilgan.


Xulosa o`rnida shuni ta`kidlab o`tishimiz kerakki Chingizxonning Yaso qonunlari juda qattiq va shu bilan birga shavqatsiz edi. Yaso qonunlari uzoq yillar mobaynida mo`gullar imperiyasi huquq tizimining asosini tashkil qilib amalda bo`lib keldi. Bir kuni Chingizxon o`z farzandlariga o`zi ishongan boshliqlarni tanishtirayotib, shunday degan: “Agar qachonlardir ular aybli ish qilib qo`ysalar, ularni jazolashga shoshilmanglar. Sizlar yoshsizlar, ular esa obro`-e`tiborga ega kishilar. Jazolash kerak- yo`qligini mendan so`ranglar, agar men yo`q bo`lsam, umumiy maslahatdan so`ng faqatgina qonunga asoslanib jazolanglar. Jinoyatni ochishga harakat qilinglar, ularning o`zlari ayblariga iqror bo`lishsin hamda jazo jahl ustida nohaq berilmasin, qonunga binoan berilishini ko`rsinlar”7 Yuqoridagi ma`lumotga asoslanib aytishimiz mumkinki Chingizxon qonunlari orqali o`z davlatida tinchlik, xavfsizlikni ta`minlash va barqarorlikni mustahkamlashga harakat qilgan. Chingizxonning bosh maqsadi kuchli va markazlashgan mo`g`ul davlatini tuzish va mustahkamlashdan iborat bo`lgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin