Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash metodikasi



Yüklə 432 Kb.
səhifə8/16
tarix19.05.2023
ölçüsü432 Kb.
#117892
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI

Impvrativ uslub o’qituvchining o`quvchilari o’qituvchi sinfda bo’lmagan vaqtlarda o’z-o’zini boshqarish malakasi bo`lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo bo’ysunmaydilar. Bu, asosan, to’polonda namoyon bo’ladi. Bu uslub o’qituvchining mustahkam irodasini ko’rsatadi, lekin bu irodada o’quvchiga nisbatan muhabbat hamda o’quvchining "ustozim meni yaxshi ko’radi" degan fikri emas, balki qo’rquv hissi mavjuddir.
Demokratik uslub o’qituvchi bilan o`quvchi o’rtasida do`stona munosabat o’rnatilishiga asos bo’ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvaffaqqiyatga erishish garovi sifatida bolalar ijobiy emotsiyani, o’ziga ishonch, o’z muvafaqqati, yutuqlaridan quvonishi, do’stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni birlashtiradi. Shu bilan birga o’zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg`otgan holda o’zi uchun o’zi harakat qilishi lozimlgini anglatadi. O’zini-o`zi boshqarishga, o’z xatti-harakatini o’zi nazorat qilishga o’rgatadi. Har bir ishga mas`uliyat bilan yondoshuv hissi o’qituvchining shu yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi. Liberal uslub kasbiy layoqati yo’q bo’lgan o’qituvchilarga xos bo’lgan uslubdir. Bunday o’qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir bola o’z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o`zini tutadi. Bola o’z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogika fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qo’llab bo’lmaydi. Shunday qilib boshlang`ich sinf o’quvchilari bilan muomola-munosabatdagi interativ uslub, asosan, ma`lum bir chegaralarga asoslangan holda bola shaxsi rivojida salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demokratik uslub o`qituvchidan muomala-munosabatda juda katta kasbiy mahoratni talab etgan holda, bola shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi. Liberal uslub esa o’quvchini emotsional zo’riqtirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali ta’sir ko’rsatmaydi. O’qituvchining munosabat uslubi o’quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchi faolligining asosan uch xil ko’rinishi mavjud bo’lib bular jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir.
Jismoniy faollik sog`lom organizmning harakat qilishga bo’lgan turli mavjud to’siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo’ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarashi, ularni o’rganishga harakat qilayotgani bilan ham bog`liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o’zaro bog’liqdir. Chunki, psixik sog`lom bola harakatchan bo’ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof-olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o’zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularga, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo’ysunishi qiyin kechadi. Boshlangach sinf o’quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim rtirishdir. O’qiguvchilar o’quvchilarning doimo jim o’tirishiga harakat qxglishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo’lgan o’quvchigina dars jarayoiida uzoq vaqt jim o’tira oladi. o’quvchini qanday qilib maktab qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish mumkin? Bu borada o’qit}'vchinish' o’quvchilari bilan qiladigan muomala-munosabat uslubining ahamiyati juda katta. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o’qituvchiga ishonch hissi bo’lib, bunda o’qituvchining o’quvchiga ta’sir ko’rsagish imkoniyati juda katgadir Bola o’qituvchini aql sohibi, ziyrak. sezgir, mehribon inson deb biladi. O’qituvchining obro’si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh uruglarining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar o’qituvchining har bir so’zini qonui sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik maktab yopshdagi o’quvchilar rivojida yetakchi bulgan o’quv faoliyati o’qituvchi shaxsi va o’quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyata juda katta.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsining shakllanishi
O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar- o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zlari erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek, o’smirlik davrida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o’zlariga o’zlari baho beradilar. O’quvchining o’ziga-o’zi beradigan bahosi, asosan, to’g’ridan-to’g’ri o’qituvchining beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffahiyatlariga bog’liq. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’z-o’ziga berddigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo’lishi mumkin. Bu yoshdaga bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan bir qatorda, mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo’lsa, unda asta- sekinlik bilan bo’ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani vaqtli mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki hayotiy tajribalarni, asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda o’zlashtiradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
11 yoshli bolalar o’zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o’z-o’zshsh anglashi ham jadal rivojlana boradi va musеahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’nroq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o’z-o’zini anglashida ahamiyati juda kata. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida o’zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o’zi gomonidan muvofiqlashtiryash qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga hamda bilim olishi jarayoniga bo’lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O’quvchi xulq atvorining motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy his tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi. 5-6 yoshlarda ko’zga tashlangan bolalarning xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi, o’smirlik davrining boshlariga kelib, juda ko’pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko’rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kuchayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi, ayniqsa, o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolgiz holda sevimli maxshulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.
Takrorlash va muhokama qiljsh uchun savollar:
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’ziga xos psixologik
xususiyatlari.

  1. Maktabga ijtimoiy -psixologik moslashuv yo’llari qanday?

  2. Bolalar intellektual rivojlanishida kichik maktab davrining ahamiyati.

  3. O’quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar;

  4. Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar.


Yüklə 432 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin