Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash metodikasi


Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va individual tadbirlar



Yüklə 432 Kb.
səhifə10/16
tarix19.05.2023
ölçüsü432 Kb.
#117892
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va individual tadbirlar.
Boshlang’ich sinf o’quvchisi tarbiyaviy ta’sirlarni tanlashda, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi ham jamoat topshiriqlaridan chetga qolmasligi, balki bunday topshiriqlarga faol ishtirok etishiga e’tibor qaratmog’i lozim. O’quvchilarda bu topshiriqlarni bajarish jarayonida ongli tartib intizom va javobgarlik hissi shakllanadi.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishga qiziqishni ortirish uchun turli xil ommaviy tadbirlarga jalb etish lozim, bu ularda irodaviy sifatlarni shakllantiradi.
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishda har xil turdagi yordam uyushtirishi lozim. Bunda yaxshi o’qiydigan bolalarga biriktirishi, har xil fanlar bo’yicha maslahatchilar guruhini tashkil e’tish lozim. O’qish va jamoat faoliyatlarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning kichik muvaffaqiyatiga ham e’tibor berish, maqtash muhim.
Ba’zi hollarda topshiriqlarni almashtirib turib, oldindan turlicha yordam ko’rsatib, o’ziga ishonch va hissiy faollikka undash uchun o’qishda va mehnatda muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish ham mumkin. Javobgarlik va tartib – intizom evaziga bazi o’quvchilarning o’zlashtirishi yaxshilanayotganligini doimo ta’kidlash lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar, tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashda ba’zi hollarda majburlash va bo’ysunish choralarini qo’llashlari mumkin, lekin ulardan foydalanish vaqti – vaqti bilan bo’lib, tarbiyaviy ta’sirining boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. Talabchanlik, adolatli, to’g’ri va me’yoriy bo’lish lozim.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi shaxsining irodaviy intelektual va hissiy sohalarida o’zaro muvofiqlik yo’qligini hisobga olib, topshiriqlarini va o’z – o’zini tarbiyalash vositalarini topishda har kuni yordam ko’rsatish lozim. Bu ishlarni xulosa qilganda jamoa oldida qo’llab quvvatlash orqali ularni rag’batlantirishi mumkin.


O’quvchilarda o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar tizimi.
Bo’sh O’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdan orqada qolishini bartaraf etishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimi har doim ham maqsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash joyining o’zgarish va boshqa bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi.
Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldini olish chora tadbirlari bilan bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi. Agar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy xarakterga ega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar individual xarakterga ega bo’ladi.
Psixologik – pedagogik konsimumda o’zlashtirmaslik sabablari muhokama qilingach, hozirgi vaqtdagi asosiy sabablar aniqlanadi. O’quvchi o’zlashtirmasligining asosiy sababini bilish ko’pincha pedagogik ta’sir vositalari orasidagi qo’llashini tanlash, qisqa vaqt ichida ijodiy natija beradigan o’qishdan orqada qolishini asosiy sababini yo’qotishga qaratilgan usullarni tanlash imkonini beradi.
O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar ekan, tanlanadigan chora – tadbirlar tuzish dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf etishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan chora va tadbirlarni tuzish maxsuldor bo’lishi uchun bilim va ko’nikmalardagi bo’shliqning chuqurligi va xarakterini birinchi navbatda aniqlash zarur. Bu maqsadda kursning qaysi bo’limlari o’zlashtirilmasligini, bu bo’limdagi qaysi tushunchalar bo’sh o’zlashtirmaslikning, tushunchaning qaysi elementlari yaxshi o’zlashtirilmagan, amaliyotda misollar yechishda, mashqlar bajarishda, o’rganilgan ko’nikmalarni amaliyotda qo’llashda qanday bo’shliqlar borligi aniqlanadi.
Bilimdagi bo’shliqlarni to’ldirishda programmalashtirilgan tipdagi mashqlar katta ahamiyatga ega. Muammoni kichik qismlarga bo’lish, har biri to’g’ri o’zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o’qishda orqada qolish sababini bartaraf etishda mahsuldor hisoblanadi.
Ko’pincha o’zlashtirlovchi o’quvchilar o’qida orqada qolishda o’quv ishlari o’rgatishning rolini tushunmaydilar. Ular o’zlarining o’zlashtirmaslik sababini dangasalik yoki materialni yaxshi eslab qola olmaslikdan izlaydilar. Ba’zan o’qituvchilar ham o’quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni yodlay olmaslik deb baholab, xatoga yo’l qo’yadilar.


Yüklə 432 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin