BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI
O’zlashtirmaslikning oldini olish uchun sindda o’tkaziladigan tadbirlar.
Sinfda o’tkaziladigan tarbiyaviy ta’sir o’qituvchilar, ota – onalar, jamoatchilik va o’quvchilar tashkilotlarining kuchlarini o’quvchilarning o’qish muvafaqqiyatiga tarbiyaning ta’sirini oshirish maqsadida birlashtirish bilan bog’liq. O’qishda qiynalayotgan bolalarga nisbatan qulay ahloqiy iqlim yaratish muhimdir. Bunda birinchi navbatda bolaning ustidan kulish, haqoratlashlariga yo’l qo’ymaslik, ta’sirini antipedagogik usullarga yo’l bermaslik zarur.
Bunday iqlim yakdil tashkil e’tilgan jamoadagina yaratish mumkin. Shuning uchun ham o’zlashtirmaslikning oldini olishning muhim tarbiyaviy ta’sirlaridan biri o’quvchilar jamoasida birdamlikni tarbiyalash, o’qishga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda yoshlar tashkilotining rolini oshirish bo’yicha tadbirlar tashkil e’tish muhim hisoblanadi.
Jamoa barcha tarbiyaviy kuchlarning maqsadga yo’naltirilgan ta’siri va birlashishi natijasida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi o’zini-o’zi tarbiyalashi va o’qishga qiziqishi oshadi.
O’quvchilarni o’zlashtirmaslik sabablari haqidagi psixologik pedagogik konsimum xulosasi bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq, uy vazifalarini bajarishning oqilona yo’llarini ko’rsatish, uy vazifalarini bajarishga ketadigan vaqtni domo tahlil qilish zarur.
Boshlang’ich sinflarda o’quv ishlarini tashkil etish elementlarini egallash bo’yicha maxsus mashg’ulotlar tashkil e’tilishi maqsadga muvofiq. O’quvchilarning o’z kun tartibini oqilona tashkil e’tishga o’rgatish, uyda va maktabda mustaqil o’quv ishlarini asosiy bosqichlarini ajratish, kitob bilan to’g’ri ishlash, o’quv va mehnat topshiriqlarini bajarishda domiy o’z o’zini tekshirishni, amalga oshirishga qaratish lozim. Diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarini rivojlantirish yo’llari bilan o’quvchilarni tushuntirish muhim.
Tarbiyaviy ishlar vositasida o’zlashtirilmaslikning oldini olish sinf jamoasi hayotini shunday tashkil etish bilan bog’liqki, bunda har bir o’quvchi, ayniqsa, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchio’rtoqlari bilan doimiy aloqani his qiladi. Ular bilan muloqotga ehtiyoj sezadi. Bu esa sinfdan tashqari ishlarning har xil shakllarini tashkil etish va har xil o’quvchini maktabdagi o’zini o’zi boshqarish organlari tizimiga jalb etishni anglatadi.
Bunday ishlarni tashkil etishda o’g’il va qiz bolalarning qiziqishlari hisobga olinishi, o’quvchilarda mustaqillikni rivojlantirishga olib keladi. Bu ishda o’quvchilarga ota onalari yordam berishi mumkin. O’quv yili boshida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar ota – onalar bilan yaqin aloqa o’rnatish uchun barcha chora tadbirlarini ishlab chiqish , ularning uylariga borish, farzandlari o’zlashtirmasliklarini oldini olish bo’yicha hamkorlikda ishlarini ishlab chiqish lozim. Oilaning tarbiyaviy ta’siri mahsuldorligini oshirish maqsadida ota – onalar majlislarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasidagi ularning rolini oshirish haqidagi masalalarni muhokama qilish zarur.
O’qishda orqada qolishning oldini olish olish bo’yicha sinfdagi tadbirlar individual ishlar bilan olib borish lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning o’quv ishlarni oqilona rejalashtirish va tashkil etishda ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga, muhimini ajratish ko’nikmasiga o’qishda o’z o’zini nazorat qilish uy vazifalarini bajarishga, oraliq va mustaqil ishni shakllantirishga e’tibor berish lozim.
Maxsus to’garaklardan ma’lum bo’lishicha boshlang’ich sinflarda uy vazifalarini bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni nisbatan ko’proq yordam yo’li bilan yechimda o’quvchilar qiynaladigan savollarni o’zlashtirishini, albatta, nazorat qilinishi zarur. Dars qoldirgan o’quvchining o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganligini nazorat qilish lozim.