Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash metodikasi


Birinchi ishga qabul qilishayotgan o’quvchilarni psixologik ko’rikdan o’tkazish, o’qishga tayyorlashlari bilan turli mashg’ulotlar o’tkazish. 7



Yüklə 432 Kb.
səhifə7/16
tarix19.05.2023
ölçüsü432 Kb.
#117892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI

6. Birinchi ishga qabul qilishayotgan o’quvchilarni psixologik ko’rikdan o’tkazish, o’qishga tayyorlashlari bilan turli mashg’ulotlar o’tkazish.
7. O’quvchilarning ish qobilyatlarini mustahkamlash va ularni real o’quv ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun maktablarda qishki va yozgi sog’lomlashtirish lagerlari va sport guruhlarini tashkil etish.
8. O’quvchilar o’zlashtirmasligini oldini olish bo’yicha tadbirlar tizimini amalga oshirish uchun maktab ishida doimo nazorat qilish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim.
A) Psixologik – pedagogik konsilum natijalarinio’quvchilarning qo’shimcha fandan o’zlashtirayotganligini aniqlash yozma ish natijalarini tekshirish.
B) Dars jarayonida o’qituvchi tomonidan o’zlashtirishning odini olish usullaridan foydalanayotganligiga e’tibor berish, murakkab mavzularga e’tibor berish, muhimini ajratish, o’quvchilarning yangi materiallarini tushunganligini tekshirish. Doimiy mustahkamlash va taqdirlash, xatolar ustida ishlash, o’qishda alohida qobiliyatini, o’quvchilarga individual yondashuv va boshqalar.
V) O’quvchilarning yillik, chorak va har kungi o’zlashtirish yozma ishlari va diagnostik ishlarini doimiy tahlil qilish. Kamchiliklar, ularni yo’qotish bo’yicha tadbirlar tizimini aniqlash.
G) Qishkio’quvchilarining o’zlashtirish va tarbiyalanganligi nuqtai nazaridan ularni maxsus hisobda nazorat qilish.
D) O’quvchilar faoliyatidagi kamchiliklarni o’rganish, o’zlashtirish materiallarini egallash maqsadida o’quvchilarning faoliyatini o’zlari tahlil qilishlarini yaxshilash.
Ilg’or o’quvchilar ishidagi tajribalarni umumlashtirish va eksperimental tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha o’zlashtirmaslikning oshirilishi bo’yicha umumlashtirish ta’birlaridan tashqari dastlabki jamoalardan sinflararo guruhiy va individual profilaktik tadbirlar ham zarur.
Boshlang’ch sinflarda o’zlashtirilmaslikning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish, avvalo, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar aqliy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishni taqozo etadi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bog’lanish o’z-o’zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning " Men shuni xohlayman" motividan "Men shuni bajarim kerak' motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma'lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faolikning susayishida namoyon bo`ladi. O’zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o’z oilasida o’zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga harab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholashini tushuna boshlaydilar.
Maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500-600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog`lovchilardan iborat bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o`ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qigani uchun bolada sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bolalar rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar.
10 yoshdagi o’quvchilar idroki, uning xatti-harakati, o’qish va mehnat faoliyati bilan bevosita bogliqdir. O’quvchi o`zining ehtiyoji, mayli, qiziqishi va intilishi turmush sharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qiladi.
Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to’gri tuzish va so’zlarni to’gri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni qanday eshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to’gri talaffuz etishga va yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo`ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarga berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to`plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’gri tuzish, aynan shu mazmunga mos so’zlarni o`qish va ularni to’gri yozish, tinish belgilarini to’gri qo’yish, o’z holatlarini topa olish va to’grilash aqliy rivojlanishning ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o`quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchup muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda bolalar o`z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.
Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog`lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bogliqlaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari esa so`ziishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma- xil bo`ladi. Bolani qor, yomgir qanday yog`ishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo`lgan masafoni bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir.
10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko’rganlariga tayanib ta’lim olishga senzitiv bo’lgan davr hisoblanadi. So’zsiz bugungi jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham bogliq bo’lib, ular ma’lum darajada shakllangan kishilar tomonidan tuziladi. Chunki, aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar bilan o’zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o’qishga o’tishi uning atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o’zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishni turli usullarini qo’llashdek o’ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o`smirlardan farq qiladi.
Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o’rgatish kichik maktab yoshdagi o’quvchilarni kamol toptirishning garovidir.
O’quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin, odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o’z psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish hali birmuncha murakkabdir.
10-11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo’riqish asosidagina, bola o’zini atrofdagilarning talabi yoki shaxsiy harakatga intilgandagina yuzaga, kelishi mumkin.
Boshlangich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko`proq rivojlangan bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o`quvchida beixtiyor his-tuyg'ular uyg`otadi, irodaviy zo’riqishsiz, osongina fan asoslarini egalash imkonini beradi.
1-2 sinf o’quvchilari diqqatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o’z diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektlar ustida uzoq tura olmaydi.
Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi, Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo’r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.
Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to’plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish o`quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshdagi bola ma’lum darajada o’z faoliyatini o’zi mustaqil rivojlantira oladi. U o`z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini so’z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so’zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar so’zsiz o’z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyalarni tashkil etalishini talab qiladi.
Bolaning hayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san-at asarlarini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o’quvchilarda hayol paydo bo’ladi.
O`quv faoliyati bolanngi berilgan o’quv materiallarini esda saqlab qolishini talab etadi. O’qituvchi o’quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko’rsatmalar beradi. O’quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo’lgan qiziqishi belgilab beradi. O’quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi.
Dars jarayonida o`qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so`raydi. Bu holat albapd, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur qilishga qiynaladilar.
Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6- 7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdan idishlardagi suv miqdorini belgilash so’ralgan. Bolalar suv miqdorini bir-biri bilan teng bo’lgan idishlarda ko’rganlaridan so’nggina o’z javoblari noto’griligini bilganlar. Kichik maktab davrida tasavvur, asosan, bolalar rasm chizayotganlarida, shuningdek ertak va hikoyalar to’qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma xil bo’ladi. Ayrim o’quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko’pincha o’zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur qiladilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar zamirida ularning qo’rquvni yengishi, do’st topishi, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari tasavvur etish natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ko’pincha hayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o’zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo’lishini, bu uyga o’grilar kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. O’z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o’zining kelgusi xatti- harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o’z-o’zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
O’quv faoliyatiniyag xususiyatlari
Kichik maktab yoshidagi bola o’qituvchisi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo`ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o’zlashtirib kelgan bo’lsa, endi o’z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar to’plashga, o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasini muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa davrlarga nisbatan ko’proq narsani o’zlashtiradi. Maktab ta’limi o’quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o’rnini o’zgartiradi. Uning vazifasi o’qishdan, bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, o’zlashtirishdan iborat bo’lib qoladi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o’ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o’z mohiyatiga ko’ra muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida o’z portfeliga, shaxsiy o’quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo’yish javoniga ega bo’lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Kichik maktab yoshidagi bola o’zining tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Kattalarning ko’rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg`ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o’z ahamiyatini yo’qota boradi va bola o`qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko’nikmasiga ega bo`lmasa uning o’qishdan ko’ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O’qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning o’yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. Ta’limning mazmuni o’quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi, aqliy mehnati natijasida qanoatlanish hissi bilan uzviy bog`liqdir. Bu his o’qituvchining rag`'baglantirishi bilan amalga oshiriladi va o’quvchida samaraliroq ishlash moyili, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo’lgan faxrlanish, o’z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o’zlashtirish va malakalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitish jarayoni, o’quv faoliyatining asosiy komponentlari: o’quv vazifalari, o’quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (V.V.Davidov bo’yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha irodmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo’lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. Agar bola o’quv harakatlarini noto’gri bajarsa bu uning o’quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bogliq harakatlarni bilmasligi, yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo’lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarini o’z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o’z-o’zini nazorat etish xususiyatlarini ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. O’quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo’llari bilan tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. Pedagogik psixologiyaning asosiy talablarida boshlangich sinf ta’limi dasturlaridagi ko’pgina mavzu va bo’limlarni o’rgatish bolalarni ma’lum bir sinfga taalluqli namunalarini o’zlashtirishga yo’naltirish orqali tashkil etilishi kerak deb ta’kidlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, boshlang`ich sinf o’quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yo’l va tushunchalarni yetarlicha anglamaganligi bu tushuncha va yo’llarni shakllantirishda bolalar barcha kerakli o’quv harakatlarini bajarishga o’rgatilmaganligining natijasidir. O’quv faoliyatida nazorat va o’z-o’zini nazorat etish kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o`quv harakatlarini mustaqil rejalashtirishi va bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o`quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o’z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarni o’sishiga xizmat qilib, kishi o’z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda aqliy va o’quv materialini o`zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To`g`ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar o’rta maktab dasturida ko’rsatilgan bilimlarga nisbatan ko’proq bilimlarni tushunishlari va o’zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o`quv materialini o`zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko’zga tashlanadi. O’zlashtirmasliknish asosiy sabablari: bu aqliy taraqqiyot va o`quvchanlikning birmuncha orqada qolishidir. P S.Aeyte mulohazalariga ko’ra inson yoshi ulg’aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko’tariladi, uquvchanlik esa birmuncha pasayadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, o’smir va o’spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o’smir va o’spirinlarning aqliy rivojlanganlik boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan yuqoridir. O’qituvchining muomala va munosabat uslubi o’quvchining xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatadi, o’qituvchining dars jarayonida har bir o’quvchiga ta’sir ko’rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. O’quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-kapa" munosabati " bola - ota-ona" munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, o’qituvchi bolaga, ota-onaga nisbatan ko’proq ravishda normativ talablar qo’yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o’zini to’liq anglashi va o’zi xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o’qituvchigina bolaga me’yorlar qo’yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi mumkin, xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlangich sinfda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to’la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o’z- o’zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o’quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. O’qituvchining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishi va munosabatiniig quyidagi uslublari mavjud. Avtoritar uslub: bu qattiqqo`llik bo’lib, bunda o’qituvchi so’zsiz o’ziga bo’ysunishlarini talab etadi. Lekin, nima uchun qattiqqo’llik o’quvchilarini qilayotganini yoki o’quvchilariga nima uchun o’zlarini shunday tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek, o’quvchilarni o’z xatti-harakatlarini mustaqil boshqarishga ham o’rgatmaydi. O’qituvchi dars davomida o’quvchilardan jim o’tirishini, savollarga doimo qo’l ko’tarib, o’qituvchining ruxsati bilan javob berishini, o’qituvchining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishini talab etadi. Bunday pedagoglar o’quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki asosan o’quv rejasi asosida dars o’tadilar. Dars davomida ham bahs-munozara uchun deyarli imkoniyat yaratilmagan holda asosan o’qituvchining fikri singdiriladi. O’quvchilari bilan muomala munosabatda ham ularning individual psixologik xususiyatlari jumladan, nerv tizimining qo’zgaluvchanlik darajasini ham e’tiborga olmaydilar. Bu uslub o’qituvchini sinfdan, o’quvchidan uzoqlashtiradi. Emotsional sovuqlik sinfda intizomli o’quvchida yakkalanish, xavotirlik, himoya qilinmaganlik hissini ham yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichini berish, lekin bu yakkalashtirish, asosan, xotira evaziga bo’lib, lekin mustaqil tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni rivojlanishdan ortda qolishiga sabab bo`ladi, unda doimiy xavotirlik o’ziga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.

Yüklə 432 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin