Bosh shamollatishda ventilyator qurilmalari. Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Ventilyator qurilmalarining elektr yuritgichlari va avtomatlashtirish apparatlari.
3. Ventilyator qurilmalari sxemalari.
1. Umumiy ma’lumotlar. Havfsizlik qoidalariga asoslangan ventilyator qurilmalari unumdorlik buyicha zahirasi 20 dan 45 % gacha va 10 minut ichida havo oqimini ortga harakatlantira olishi bunda unumdorlik urtacha unumdorlikning 60 % dan kam bulmasligi kerak.
Bundan tashqari havfsizlik qoidalari buyicha zamonaviy qurilmalar ikkita bir xil ishchi va zahiradagi ventilyatorlardan tashkil topgan bulishi shart.
Ventilyator qurilmasining samarali va ishonchli ishlashi uning sxemasi va qushimcha uskunalarga ham bog’liq buladi. Bosh ventilyator qurilmasining tuplash sxemasini shunday tanlash kerakki chetdan havo surish, havoning chetga chiqib ketishi normativ buyicha 10 % dan oshmasligi kerak.
Oqimning ortga haydash usullari ventilyator turiga bog’liq bulib, markazdan qochma ventilyatorlarda ishchi g’ildirakni ortaga aylantirib havo oqimini teskari yunaltirish mumkin emas, shuning uchun bu qurilmalarda havo oqimi yunalishini uzgartirish lyadalar tuplami yoki tik eshiklar va aylanib utuvchi kanallar orqali bajariladi. Bu esa o’z navbatida markazdan qochma ventilyator qurilmalarini o’qiy ventilyatorlarga nisbatan murakkablashuviga olib keladi.
2. Ventilyator qurilmalarining elektr yuritgichlari va avtomatlashtirish apparatlari. Bosh ventilyator qurilmalari ko’pincha o’zgartirilmaydigan asinxron yoki sinxron elektr yuritmalari bilan jihozlanadi. Ventilyator elektr yuritmalari 100-150 kVt gacha past kuchlanishda ishlaydigan qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr yuritmalari, 150-350 kvt gacha past kuchlanishda ishlaydigan (380V) sinxron elektr yuritmalari, quvvati 350kVt oshganda yuqori kuchlanishda ishlaydigan (kuchlanish 6kV) sinxron yuritmalari SD, SDS, SDV va yuqori kuchlanishli asinxron yuritma AKN va AKS quvvati 400-1000kVt kuchlanish 3000/6000 V va aylanishlari soni 290-490 min-1.
Boshqariladigan yuritgichli ventilyator qurilmalari: pog’onali boshqarishda – ko’p tezlikli asinxron elektr yuritmasi, ikki asinxron yoki asinxron va sinxron yuritmadan iborat bo’lib, har xil aylanish tezligiga ega; pog’onasiz boshqarishda – o’zgarmas tor yuritmalik, G-D (generator-dvigatel) sistemasida boshqariladigan va UPV-D (boshqariladigan to’g’irlagich-yuritma); kch fazalik kaskad agregatlik va boshqa turlari.
Texnologik nazorat apparatlari. Ventilyator qurilmasi holati ko’p ko’rsatgichlari bilan tavsiflanib: bosim, havo unumdorligi, ventilyator podshipniklari va yuritmalaridagi harorat, chulg’amlar, moyning bosimi, oqib kirishi va boshqalar.
Xavfsizlik qoidalariga ko’ra ko’mir va slants shaxtalarida bosh ventilyator qurilmalarini ishlatishda ularning unumdorligi va bosimi to’g’ri oqimida va iteskari oqimda o’lchanishi shart. Buning uchun bosh ventilyator qurilmalari gazsiz shaxtalarda depressiometrlar bilan, III-toifadagi va o’ta toifalik shaxtalarda o’zi yozuvchi depressiometr va rasxodomer bilan jihozlanadi.
Bosimni va unumdorlikni tekshirish uchun datchikli, birlamchi va ikkilamchi priborli apparatlar qo’llaniladi.
Unumdorlik va bosim datchiklari ventilyator qurilmasini nazorat qirqimida o’rnatilgan bo’lib, pnevmometrik impulsьlarni oladi va bu impulsьlarning kattaligi havo oqimi tezligining kvadratiga proportsional bo’ladi.
Birlamchi pribor xavo bosimi va unumdorligini to’g’ridan to’g’ri o’lchashga mo’ljallangan. SHurf ventilyatorlari uchun ADSHV apparatlari qo’llaniladi .
Hozirgi paytda UKAV-2 turidagi apparatlar ishlatilmoqda, ular yordamida boshventilyator qurilmalari to’liq avtomashlashtiriladi. SHuningdek sungi paytlarda VOD turidagi shaxta ventilyator qurilmalariniavtomatlashtirish uchun qo’yidagi avtomatik stantsiyalar qo’llaniladi: VOD-16 uchun SHGS 8803- 13B2UCH, VOD-21M uchun SHGS8802-13N2UCH, VOD-30M uchun SHGS8801-13N2UCH, VOD-40M va VOD-50 uchun SHGS8801-13N2.