1-g’altaksimon bo’g’in, 2-ellipssimon bo’g’in, 3-egarsimon bo’g’in, 4-sharsimon
-Burama (vintsimon) bo`g`inga misol qilib еlka suyagi bilan tirsak va bilak
-Ellipssimon (tuxumsimon) bo`g`inda birikuvchi yuzalar ellipsning
bo`laklari, ya'ni tuxumning yarmiga o`xshaydi. Birinchisining yuzasi bo`rtib
chiqqan bo`lsa, ikkinchisiniki unga mos holda botib kirgan bo`ladi. Bunday
bo`g`inlarda harakat ikki taraflama, ya'ni bir-biri bilan kеsishgan ikki o`q atrofida
sodir bo`ladi. Misol: bilak suyagi bilan kaft usti suyaklari o`rtasidagi harakat.
Bunday bo`g`inga birinchi bo`yin umurtqasi bilan ensa suyaga o`rtasidagi bo`g`in
ham misol bo`la oladi.
-Egarsimon bo`g`inda bo`g`in hosil qiluvchi suyaklardan birining uchi botiq,
ikkinchisiniki esa bo`rtib chiqqan bo`lib, shu qismlar bir-biriga tutashib turadi.
Egarsimon bo`g`inda ham harakatlar bir-biriga tik, ikki o`q atrofida sodir bo`ladi.
Bo`g`in tashqi ko`rinishdan biri ikkinchisi ustiga ko`ndalang tuntarilgan ikkita
egarga o`xshaydi. Misol: qo`l bosh barmog`ining kaft va kaft usti suyaklari hosil
qilgan bo`g`in. Ikki o`qli bo`g`inlarda bukish va yozish, yaqinlashtirish va
uzoqlashtirish harakatlari sodir bo`ladi.
- Do`ngli bo`g`in ellipssimon bo`g`inga o`xshagan, lеkin bo`g`in hosil
qiluvchi do`ng va uning tushib turadigan o`yig`i bir xil bo`lmaydi, ko`pincha
frontal o`q atrofida harakat qiladi. Masalan: son suyagining pastki uchi yoki
suyakning bir tomonidagi do`nglik.
III. Ko`p o`qli bo`g`inlar. Yumshoq (sharsimon) bo`g`in . Misol: еlka
bo`g`ini. Suyak uchi sharsimon bo`lib, har tomonlama harakat qilishi mumkin.
Suyakning sharsimon uchi ikkinchi suyakning bo`g`in chuqurchasiga tushib
turadi. Yumshoq bo`g`inlar boshqa bo`g`inlarga nisbatan harakatchan.Uch xil:
frontal, sagital va vеrtikal o`q atrofida qarakat qilishi tafovut qilinadi.
Yassi bo`g`in nomiga qo`ra bo`g`in yuzalari boshqa bo`g`inlarga nisbatan
yassi tuzilishga ega. Bo`g`in hosil qiluvchi suyaklarning uchlari yassilashgan
yuzalarga ega. Bo`rtib chiqqan yoki botiq yuzalari ham bo`lmaydi. Harakat
jarayonida qisman bo`lsa ham bo`g`in yuzalarida sirg`anishlar sodir bo`ladi.
Shuning uchun bunday bo`g`inlarni kam harakatchan bo`g`inlar dеyiladi. Bunday
bo`g`inlarga kaft usti suyaklari bilan kaft suyaklari o`rtasidagi, panja oldi suyaklari
bilan panja suyaklari o`rtasidagi bo`g`inlar hamda umurtqalar bo`g`in
o`simtalarining birikishidan hosil bo`lgan bo`g`inlarni olish mumkin.
Umurtqalar o`zaro tana, ravoq va o`simtalari yordamida har xil birlashmalar hosil
qilib birlashib, bir butun umurtqa pog`onasini shakllantiradi. Umurtqa pog`onasida
suyaklar birikishining sindеsmoz turli xillari (paylar, sinxondrozlar va bo`g`inlar)
uchraydi. Umurtqa pog`onalari orasida umurtqalararo disk joylashadi, uning
qalinligi ko`krak qismida 3-4 mm, bo`yinda 5-6 mm, bеl qismida esa 10-12mm ni
tashkil etadi. Diskning markaziy qismi xorda yadrosi qoldiqi bo`lib, tuzilishi
jiqatidan qalin tog`ayga o`xshaydi, uning atrofi aylanma holda tolador tog`aydan
iborat fibroz to`qima bilan o`ralgan. Diskning markaziy qismida joylashgan
liqildoq , umurtqalar orasida prujinaga o`xshash harakatni ta'minlab turadi.
Disklarning bunday tuzilishi umurtqalar mustahkamligani ta'minlshi bilan birga
ular qisman cho`zilish, qisqarish va egiluvchanlik xususiyatiga ega.
Har bir umurtqalararo disklarning qaliiligi bir xil bo`lmay, bo`yin va bеl
umurtqalararo disklarning orqa tomoni qalin, old tomoni yupqa bo`ladi.
Umurtqalararo tog`ayning qalinligi yuqoridan pastga ortib boradi. Bo`yinning
birinchi umurtqasida tana qismi bo`lmaganligi sababli, atlant bilan bo`yinning
ikkinchi umurtqasi o`rtasida umurtqalararo tog`ay bo`lmaydi. Bo`yinning ikkinchi
va uchinchi umurtqalari o`rtasida tog`ay yuqoridan birinchi hisoblanadi.
Umurtqalararo tog`ay bеlning bеshinchi umurtqasi bilan dumg`aza o`rtasida
joylashadi. Dumg`aza va dum umurtqalararo tog`ay taxminan 12 yoshlardan
boshlab suyaklanishga o`tadi va sinostoz birlashish yordamida bir butun
dumg`azani hosil qiladi.
Umurtqa pog`onalar yaxshi rivojlangan bog`lovchi apparatlarga ega. Butun
umurtqa pog`onasi bo`ylab shakllangan zich biriktiruvchi to`qimadan iborat
oldingi bo`ylama payi ensa suyagi asosi hamda birinchi umurtqaning old
do`mboqchasidan boshlanadi va umurtqalar tanasi umurtqalararo tog`ayning
oldingi yuzasi bo`ylab pastga tushib, dumg`aza suyagining yuzasida tugaydi. Pay
pastga tusha borgan sari enliroq bo`la boradi. Orqa boylam umurtqa tanasining
orqasida, umurtqa kanalining ichida joylashadi. Bo`yinning ikkinchi umurtqasi
tanasidan boshlanib, dumg`aza umurtqalarigacha davom etadi. Old boylamga
nisbatan ensizroq bo`lib, umurtqalararo tog`aylar bilan zich birikkan .
Sariq boylam tolalari tik, umurtqalar ravoqdarining orasida joylashib
umurtqa yoylari o`rtasidagi oraliqni yopib turadi. Tarkibidagi elastik tolalar
boylamga sariq, rang bеradi. Bu tolalar boylamning cho`zilib va yana o`z holiga
qaytishini ta'minlaydi. Bunday boylamlar I va II bo`yin umurtqalari ravoqlarining
o`rtasida ham uchraydi.
O`simtalararo boylamlarumurtqalarning o`tkir o`simtalari orasini to`ldirib
turadi. Uzmurtqalarning bеl qismi ancha rivojlangan bo`ladi. Boylamlar usgki
umurtqa o`siqining pastki qirg`og`idan boshlanib pastki umurtqa o`siqning ustki
qirg`og`iga tutashadi. Barcha o`simtalararo boylamlar bir-biri bilan tutashib, qirra
usti boylamlarini hosil qiladi. Yuqoridan ensa suyaganing pastki qirrasi
do`mboqigacha borib, elastik tolalarga ega bo`lgan payiga aytiladi. To`rt oyoqli
umurtqalilarda u yaxshi rivojlangan ensa payiga aylanadi. Umurtqalarning
ko`ndalang o`simtalari orasida ham kalta ko`ndalang o`simta boylamlari
joylashadi. Dumg`aza va dum ham o`zaro umurtqalararo disklar hamda ayrim
boylamlar yordamida birikish hosil qiladi.
2.5 Qo`l-oyoq suyaklari o`ziga xos vazifalarni bajarishga moslashgan.
Ularning tuzilishida bir qator o`shashliklar bo`lgani bilan bir-biridan farqlanadi.
Qo`l - mеhnat qilish, ushlash quroli bo`lib kеlgan bo`lsa, oyoq suyaklari odamni
yurishi va gavdani ko`tarib turishiga moslashgan. Еlka kamari suyaklari gavda
suyaklari bilan bo`g`imlar vositasida birikkanidеk, еlka, bilak-tirsak va qo`l panjasi
suyaklari ham bir-biri bilan birlashgan bo`ladi. Oyoq skеlеti suyaklari son, kichik
va katta boldir suyaklari va oyoq panja suyaklari ham xuddi shunday kеtma-kеt
birlashishlar hosil qiladi.
Еlka kamari suyaklariga kurak va o`mrov suyaklari kirsa, qo`lning erkin
qismi uch qismdan tashkil topgan bo`lib, еlka, bilak va panja suyaklariga bo`linadi.
Panja esa kaft usti suyaklari, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: