20- rasm. Chanoq suyagining tashqi yuzasi
1-yonbosh suyagining qirrasi, 2-oldingi yuqorigi
o’siq, 3-dumbaning pastki chiqig’i, 4-oldingi
pastki o’siq, 5-yarimoysimon yuza, 6- bo’g’im
chuqurchasi, 7- qov suyagi, 8- qo’y miya suyagi,
9-yopiluvchi tеshik, 10-qo’ymich bo’rtig’i, 11-
qo’ymich kichik o’yig’i, 12- qo’ymich o’sig’i, 13-
qo’ymich katta o’yig’i, 14-orqa tomondagi pastki
o’sig’, 15- orqa tomondagi yuqorigi o’sig’, 16-
dumbaning orqa chizig’i, 17- yonbosh suyagi, 18-
dumbaning oldingi chizig’i, 19-yonbosh
suyagining qanoti.
Yonbosh suyagi - tos suyagining yuqorigi qismida joylashadi. Egri shakldagi
yassi tuzilishga ega. Uning qo`ymich kosasi asosiy qismini shakllantirishda
ishtirok etuvchi yo`g`onroq pastki tanasi va yuqorida joylashgan, muskullar
yopishadigan yassi, kеng plastinkasimon qanoti bir-biridan farq qiladi. Yonbosh
suyak qanoti yuqorida qirra hosil qilib tugaydi. qirraning oldinga va orqa tomonga
yo`nalgan uchlari, oldingi va orqa qismining yuqorisida joylashgan va o`simtalarni
hosil qiladi. Shu o`simtalarning pastrog`ida esa oldingi va orqa tomonlarining
pastki o`simtalari va joylashadi. Yonbosh suyak qanotining ichki yuzasi silliq va
botiqroq bo`lib, yonbosh chuqurchasi dеb nomlanadi. Yonbosh suyak qanoti
qirrasida tashqi lab, oraliq chizig`i va ichki labi joylashadi. Orqa tomonda katta
o`tirg`ich o`ymasi, undan pastroqda esa o`tkir o`siq qayd etiladi.
Yonbosh
suyak qanotining orqa qismidan pastroqda, dumg`aza suyagining quloqsimon
yuzasi joylashgan. Orqa tomonda, shu yuzadan yuqoriroqda tosning kuchli paylari
kеlib tutashadigan g`adir-budurlik joylashadi. Yonbosh suyak qanotining tashqi
yuzasida dumba muskullari yopishadigan uchta g`adir-budur chiziqlar bo`lib, ular
oldingi dumba chizig`i, orqa dumba chizig`i va pastki dumba chizig`i nomi bilan
ataladi.
|