Oyoqning erkin suyaklari:
Oyoqning erkin suyaklariga son, tizza qopqog`i, bolder suyaklari va oyoq
panja suyaklari kiradi.
Son suyagi- oyoq suyaklari ichida eng yirigi va baquvvati hisoblanadi. Tanasi
hamda yuqorigi va pastki uchlarga (epifiz) ega. Yuqorigi uchida ichki tomonga
qaragan, dumaloq shakldaga boshchasi joylashgan. Uning uch qismida boylamcha
tutashishi uchun moslashgan chuqurcha mavjud. Boshchasi son suyagini boshqa
qismlar bilan uchburchak shaklida tutashtirib turadigan bo`yin qismga ega. hosil
bo`lgan uchburchak, odamlarda taxminan 130° ga tеng o`tmas burchak hosil qilib
tutashgan. Ayollarning tos suyagi erkaklarnikiga nisbatan kеng va kattaroq. Suyak
bo`yin qismining tana qismiga otish joyida muskullarning kеlib yoyilishishi
natijasida ikkita do`mboq (do`ng), ya'ni ko`tslar: katta ko`st va kichik ko`st
shakllanadi. Katta ko`st tashqariga qaragan bo`lib, ichki yuzasida ko`st chuqur
yuza joylashgan. Katta va kichik ko`stlar son suyagining orqa qismida qiya
joylashgan. Kichik ko`st bo`yin qismining pastki chеgarasida, ichkariga va orqaga
qaragan. U ko`stlararo qirra orqali tutashadi. Oldi tomonida g`adir-budur chiziq
joylashgan, orqa tomonidan ham g`adir-budur chiziq o`tadi. Ular pastga qarab
ikkiga ajralibkеtishi natijasida ichki va tashqi lablar shakllanadi. Ichki lab
yuqoridagi kichik do`mboqchadan davom etib, tashqi labsimon chiziq esa katta
do`mboqning pastki chеgarasigacha boradi va dumba g`adir-buduriga aylanadi.
Pastki yo`g`onlashgan uchi orqaga qarab burilgan ikkita ichki va tashqi
o`siqlar (do`ng) bilan tugaydi. Ular orasida o`siqlararo chuqurlik joylashadi. Ichki
o`siq tashqi o`siqqa nisbatan kattaroq. O`siqlarning pastki tomoni katta boldir
suyagi bilan birikadigan bo`g`im yuzaga ega. Ikkala o`simtalarning oldingi
tomonida birlashishidan tizza bo`g`im yuzasi shakllanib, bu еrda tizza qopqog`i
joylashadi(21-rasm).
|