Oyoq kamari suyaklari:
Chanoq, tos suyagi - juft yassi suyaklardan tashkil topgan bo`lib, harakat,
himoya va tayanch vazifalarni bajarishda bеvosita ishtirok etadi (20-rasm). Chanoq
suyaklari dumg`aza bilan birikib, oyoq kamarini hosil qiladi va son suyaga bilan
birikib, odam harakatida ishgarok etadi, tos bo`shlig`ida joylashgan a'zolarni
himoya qiladi. Asosiy vazifasi gavdaning unga tushgan og`rligini oyoqqa o`tkazib
bеrishidir. Chanoq suyagi uchta suyakning birikishrgdan tashkil topgan: yon bosh
suyagi ,qo`ymich (o`tir g`ich) suyagi va qov suyagi . Bu uch suyak bo`g`im
yuzalarining uchlari son suyaklari kirib turadigan, eng ko`p og`irlik tushadigan
qo`ymich kosasi bo`lib uning yarimoy bo`g`im yuzasi ichki dеvorini tashkil
etadi. Tashqi qismida qo`ymich o`ymasi,qo`ymich kosa ichida, ya'ni markaziy
qismida kosa chuqurchasi joylashadi. Qo`ymich kosasi yangi tug`ilgan bolalarda
qisman yassilangan bo`ladi suyaklarning birlashishi tog`ay to`qimasi orqali sodir
bo`ladi. Qo`ymich va qovuq suyaklarining birlashgan joylaridagi tog`ay to`qima
taxminan 6 yoshlarda suyak to`qimasiga aylanadi. Uchchala suyak bo`g`imlarining
suyaklashishi qizlarda 12-14 yoshda, o`g`il bolalarda esa 13-16 yoshda
yakunlanadi. Yosh ulg`ayishi bilan qo`ymich kosa kattalashib va chuqurlashib
boradi.
Dostları ilə paylaş: |