269
– Bo‘tam Anvar, – dedi bir kun maxdum, – dunyo de-
gan ko‘b noyob narsa; kishining bir kuni bo‘lsa yig‘lab-
sixtab o‘tib keta beradir, illo, zar qadriga yetish kerak...
menda bo‘lsa o‘zingda turg‘andek gap, bolam.
Bunday «muassir
1
» nasihatlar ham Anvarga kor qil-
madi. Chunki Nigor oyim va Ra’nolar bilan bu to‘g‘rida
qat’iy bi tishib qo‘yg‘an edi. Shu bilan birga maxdumning
oyliq vazifasini ikki tillodan ham kamaytirmadi. Inson har
narsaga qobil... Bora-bora maxdum shunga ham qanoat
qiladirg‘an bo‘lib, hisob-kitobni esidan chiqardi. Biroq, oy
sayin ikki tilloni olg‘anda «qolg‘ani» to‘g‘risida biroz yura-
gi achishib qo‘yar edi...
1.
Asardagi:
«Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rmaga-
nidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qquzinchi
kun belandi emas, tiqildi»
tasvirini izohlang.
2.
Yozuvchining:
«Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkinchi
kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi»
tarzidagi
ta’kidi sababi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
3.
«To‘qquzinchi», «yigirma ikkinchi»
kabi aniqliklarning
ha yotiy sababi va badiiy vazifasi haqida fi krlang.
4.
Anvarlar oilasidagi og‘irchilikning bu qadar quyuq tas-
virlanayotganligi sababi haqida fi kr yuriting.
5.
Nodiraning Anvarga ayricha mehri asarda qanday tasvir-
langaniga e’tibor qiling.
6.
Anvar hayotidagi o‘zgarishlarda opasi Nodiraning o‘rni
qandayligiga to‘xtaling.
7.
Solih maxdum bilan Mohlar oyimning Anvarga munosa-
batidagi farq tasvirlangan o‘rinlarni sharhlang. Bu obraz-
larga baho bering.
Dostları ilə paylaş: