Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Takya qilgan
– suyangan. 
2
Shig‘
о
vul
– sarоy marоsimlarini bоshqarib turadigan 
amaldоr. 
3
G‘ayri
– bоshqa, o‘zga. 
4
Hamnishin
– birga o‘tirganlar. 


294
– Iqrorman.
– Tuzumni unutding‘!
– Tonmayman!
– Iqrorsan, tonmaysan, o‘bdan ish, – dedi zaharxanda 
qilib xon, – o‘luvdan ham qaytmaysan!
– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi 
iljayib Anvar. – O‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni 
qutqa rish uchun kelganman!
Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli 
kuldi.
– Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
– Albatta! – dedi Anvar. – Boshqalar kishi gunohi 
uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men 
pu sul monlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida 
terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.
– Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it 
uvli?!
– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al 
uylan moqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qib-
layi olam!
– Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar:
– Xanjarimiz qonsirag‘an!
Anvar bosh chayqab kuldi.
– Gunohsiz mening ko‘z oldimda banddan ozod qilin-
mas ekan, Anvarni bu yerdan chiqara olmaslar, qiblayi 
olam, – dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni 
arslonlarcha siltab yubordi. – Sizda adolat bormi, janob!
Qo‘rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi. Jal-
lodlarni to‘xtatishga va hudaychini Sultonalini hozirlashga 
buyurdi. Ko‘zi qonlangan Anvar ikki qo‘lini yoniga tashlab 
Xudo yor qarshisida turib qoldi. Hamma sukutda. Shunday 
fursatlarda gunohkorni odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi 


295
Xudoyor ham jim. Chunki a’yon nazarida har bir odobsiz-
ligiga Anvar tarafi dan kuchli haqorat olish ehtimoli bor. 
Shayx Sa’diy ayt gancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguv-
chidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, insonni razolatga 
solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu 
ikkisidan kechguvchiga esa podshohning qahri va jahan-
namning qa’ri farqsizdir.
Ko‘p fursat o‘tmay hudaychining orqasidan Sultonali 
kirdi, xonga qarshi turuvchini tanib, titradi... Titrar ekan, 
Anvardan biroz keyinda turib xonga ta’zim qildi.
– Siz ozod bo‘lding‘iz! – dedi xon. – Devong‘a chiqib 
o‘z ishing‘izg‘a qarang!
Sultonali ixtiyorsizcha xon tomon bukilib oldi... Anvar 
«istehzoli» vaziyatda Sultonaliga yon qaradi:
– Menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq 
qolsa ngiz ham, sadoqatingiz sizni najotga chiqara olmadi
bil’aks, siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim... 
Siz shuni unutmasangiz bo‘ldi, Sultonali aka, – dedi An-
var va xonga ishorat qildi, – qo‘limni bog‘lasinlar, chiqarib 
o‘ldirsinlar!
Sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha 
tomchi yosh oqib tushdi. Jallodlardan biri Anvarning qo‘lini 
orqasiga bog‘ladi. Anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, Muham-
mad Niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi.
– Shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar.
Xon yuzini chetga o‘girdi:
– Rastag‘a chiqaring!
Anvar xonni va hamnishinlarni masxaralagandek ta’zim 
ado qildi. Jallod oldinga tushdi, uning orqasidan Anvar yur-
di va orqadan ikki nafar qurollik yasovul ergashdilar. An-
var o‘zini o‘rdaga kirishda qanday tetik tutgan bo‘lsa, o‘lim 
sari chiqishda ham o‘shandog‘ parvosiz edi. Ko‘zi tush-
gan tanish har kimsa bilan «xayr», «xo‘sh» degan kabi im-
lashib olar edi. Rangi quv o‘chib, hushsiz kabi tashqi dar-


296
voza yonida turgan Sultonali bilan ham alohida vidolash di. 
Anvarning qarashidagi ma’noga tushungan Sultonalining 
yuragi suv bo‘lib oqdi va hushsiz, hissiz Anvar ko‘zdan 
yo‘qolguncha qarab qoldi...
Yangi rastada xalq qaynar edi. Qo‘lida yalang‘och 
xanjarini ushlab, beliga oyboltasini qistirgan manfur jal-
lod orqasidan keluvchi mahkumga ko‘zi tushgan xalqdan 
ba’zisi... nafratlangan ko‘yi o‘zini chetga tortdi. Jazo may-
doni yangi rasta bilan o‘rda bog‘ining muyushida bir dor 
va dor ostiga qon oqizish uchun qazilgan chuqurdan iborat 
edi. Dor ostiga kelib yetdilar. Bir onda dor atrofi ga yuz lab 
yig‘ilgan tomoshabin xalqni yasovullar chetlanishga bu-
yurdilar. Xalq orqaga siljigan bo‘lib, yana siqilisha berdi. 
Dor ostida Anvarning qo‘li yechilib, tahorat olish uchun 
unga suv berildi. Chunki bu mahkumning qonuniy haqqi 
edi, Anvar tahorat olar ekan, jallod va yasovullar xanjar 
yalang‘ochlab, uning tevaragini qurshab turdilar. Anvar 
tahoratlanib, ustidagi to‘nini yerga yozdi. Jallodlar doirani 
biroz kengaytirib, Anvar ikki rakat namoz o‘qidi. Duodan 
so‘ng Anvar o‘rnidan turdi, qo‘lini bog‘lashga berib, atrof-
ga besaranjom alangladi. Tevarakni sirib olgan xalq ol dida 
manfur ko‘zini moylantirib o‘z ustiga to‘ppa-to‘g‘ri qarab 
turgan mulla Abdurahmonni ko‘rdi.
Anvar titradi, Abdurahmon iljaydi.
– Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! – 
dedi Anvar. Birdan hammaning ko‘zi Abdurahmonga 
tush di. – Faqat siz ifl oslik natijasida kulasiz, men... men 
to‘g‘rilik samarasini o‘raman; siz ifl os vijdon bilan g‘olib-
siz, men sof vijdon bilan mag‘lubman... Meni dor ostiga 
kim keltirdi? Vij don emasmi, taqsir! Sizni bu yerda kim 
tomoshabin qildi? Ifl oslik emasmi, taqsir?
Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turgan «peshvo»ga kiy-
nalik
1
ko‘z bilan tikilgan edi... Jallod qo‘li bog‘langan An-
varni dor tomonga olib bordi. Anvar o‘z ixtiyoricha chuqur 
1
Kiynalik
– dushmanlik. 


297
yoniga o‘tirdi va xanjarini yanib
1
kelgan jallodga qo‘li bi-
lan «ozgina to‘xtang» ishorasini qilib, Abdurahmon tomonga 
kuldi:
– Mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi Anvar ku-
lib, – qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin 
men kulaman... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon 
rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko‘milgach, 
qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar... Ni-
madan bu? Bu – sizning kabi tubanlar solgan iz!..
Tomoshabinlar toqatsizlangandek ko‘rindilar, Anvar 
uzanib yotdi... Jallod xanjarini yengiga yanib Anvar ustiga 
engashdi...
Engashdi, biroq orqadan berilgan kuchli bir zarb bilan 
Anvar ning ustidan oshib, munkigancha chuqurga yi-
qildi. Jalloddan besh qadam narida turgan yasovullar ham 
ko‘kdagi xanjarlik qo‘llarini ostiga bukolmay, kimlar bilan-
dir olishib yotar edilar va shu onda kuchli shapaloq tovushi 
eshitilib, sallasi chuvalgan bir yosh mulla yerga o‘tirib qol-
di... Xalq tartibsizlandi... Qobilboy Anvarning dastbandini 
kesdi va ikkisi tartib sizlik ichiga kirib yo‘qoldilar. Qurol-
sizlantirilgan yasovul lar gurr etib turli tomonga sochilgan 
xalq ichidan do‘st-dush manni ajratolmay garangsidilar. Shu 
vaqt butun a’zosi eski qonlarga belangan jallod chuqurdan 
chiqishga intilar edi...
1.
Ra’noning boshqa qizlarga o‘xshamaydigan darajada ja-
surligi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi tas-
virlangan o‘rinlarni topib o‘qing va izohlab bering.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin