Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


ijodkorning fi kr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

ijodkorning fi kr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari 
singdirilgan manzara tasviri badiiy obraz
dir deyish mum-
kin. Demak, adabiyot adibning fi kriga uning his, tuyg‘u va 
se zimlari ham aralashgani uchun boshqalarga ta’sir qiladi. 
Biror joyda biror kishi bilan bo‘lgan voqea shunchaki aytib 
berilsa, u jo‘ngina aхborot bo‘lishi mumkin, lekin ada biyot 
bo‘lolmaydi.
Badiiy obrazga berilgan ta’rifdan ham ko‘rinib tu-
rib diki, ijodkor yaratgan asari orqali fikr aytish bilan-
gina kifo ya lanmay, o‘z tuyg‘u va hissiyotini ham aks et-
tiradi. Bunga to‘laroq erishish uchu n tasvirni e’tiborni 
torta digan ohangga bo‘ysundirishga, kishiga ta’sir qiladi-
gan qiziqarli shaklga so lishga urinadi. Oddiy axborot berish 
yoki aytib qo‘ya qolish bilan obrazlilikka erishish mumkin 
emas. 
Tasvirning obrazliligini ta’minlash uchun so‘zning od-
diy odamlar nazaridan yashirin imkoniyatlaridan foydalana 
bi lish lozim. Chunonchi, inson hayoti ham og‘ochning um-
riga o‘xshaydi: avval nozik ko‘chat bo‘ladi, keyin barq urib 
ko‘karadi, so‘ng qiyg‘os gulga kiradi, bir payt daraxt yap-
roqlari to‘kiladi va vaqti kelib qurib qoladi yo‘sinidagi fi kr 
shoir tomonidan:
Umr deganlari o‘tmakda shoshqin,
Tilla barglarini elab yo‘limga, –
tarzida ifodalanadi. Umrning o‘tkinchiligi haqida biz av-
val bildirgan fi krlar to‘g‘ri bo‘lsa-da, ularda favqulodda 
o‘ziga xoslik yo‘q. Shu bois ular esda qolsa-da, eshituv-
chiga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. She’riy parchada esa
yorqin, o‘ziga xos obrazli ifodalar borki, bular asarning 
ta’sirchanligini ta’minlagan. 


11
Badiiy adabiyot san’atning nihoyatda qadimiy turidir. 
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon badiiy asarlar yaratilib 
kelinmoqda deb bemalol aytish mumkin. Rivoyat qilishla-
richa, dunyo dagi birinchi she’rni hazrati Odamota (Odam 
Ato) o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan aytgan 
ekan.
Insonning hayotiga yozuv kirib kelib, keng yoyilgunga 
qadar badiiy asarlar og‘zaki tarzda yaratilgan va iste’dodli 
kishilar tufayli og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan. Yozuv paydo 
bo‘lgach va savodli kishilar birmuncha ko‘paygach, badiiy 
asarlar turli narsalarga yozila boshlagan va bu bilan insoni-
yatning yo‘qolmas mulkiga aylangan. Qay tarzda yaratil-
ganligi va kishilik хotirasida qaysi shaklda saqlanib qolgan-
ligiga ko‘ra badiiy adabiyotni ikki turga ajratishadi: 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin