Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

1. Yulduzlarning paydo bo‘lishi va so‘nishi bilan odamlar 
taqdiri o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risidagi afsona haqida 
she’rda nima deyil gan?
2. She’rdagi «Boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh
tun oy xumor, Koshki unga ko‘zgu bo‘lsam, deya hatto 
sho‘x soy xumor» tasviriga tayanib, Hulkarning qizi hus-
niga ta’rif bering.
3. «Ko‘zin ochib boqsa Hulkar, sho‘x qizidan yo‘qdir da-
rak, Sekingina tebranardi ko‘z o‘ngida bo‘sh belanchak» 
satrlarida kutilmaganda bolasidan ayrilib qolgan ona holati 
qanday aks etganini izohlang. Shu vaziyatdagi ona ruhi-
yatini ta’rifl ang.
4. «Shundan beri quvsa Hulkar qochar yetti tund qaroq-
chi» misralari orqali nima deyilayotganini tushuntiring.
Savol va topshiriqlar:
12 – Adabiyot, 7-sinf.


338
KO‘KRAK OCHDIM 
SHAMOLLARGA
Ko‘krak ochdim shamollarga,
Bisotimni sarf etdim.
Ular shirin xayollarga
Meni butkul g‘arq etdi.
Shamollarga bitib sho‘x kuy
Taklif etdim bog‘imga.
Chamanlardan ular xushbo‘y
Sepishdi dimog‘imga.
Tunda uyqum qochib ketdi
Xushlab yellar ta’bini.
Ular tongda ochib ketdi
G‘unchalarim labini.
1. She’rda shamollarga «ko‘krak och»gan orzumand lirik 
qah ramon holati qanday tasvirlanganiga e’tibor qiling.
2. She’rning ikkinchi bandida shoir va shamol munosabati 
qanday aks etganini sharhlashga urining. 
3. «Chamanlardan ular xushbo‘y Sepishdi dimog‘imga» 
satrlarida lirik qahramonning qanday kayfi yati aks etgan?
4. Shoirning: «Ular tongda ochib ketdi G‘unchalarim la-
bini» ifodasida norozilik aks etganmi yoki quvonch? Fik-
ringizni asoslang. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin