Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

 Jozvar, jazval – chizg‘ich, lineyka.
2
Handasaviy – geometrik.


71
shi bino ko‘zimga ko‘rindi. Anavi girvatlar minoralarga 
o‘xshaydi, uchib borayotgan sariq qum devor-u ravoqlar-
ning o‘zginasi. Keksalik, yana yodimdan ko‘tarilib ketma-
sin, deb daftarga chiziqlar tortib, belgilab qo‘yishni lozim 
topdim. 
Yarim qorong‘i arava tagida Me’mor qo‘lidagi toshqa-
lam bilan daftar sahifalariga chiziqlar tortar, yozar va yana 
yangi sahifalarni ochib, chiziqlar chizardi. Shogirdlarning 
ko‘zi daf tarda. Horunbekning nigohi Me’morda, Badia 
bo‘lsa Zulfi qorga tikilardi. Ma’suma beka aravaning ich-u 
tashida o‘tirgan larga javdirab, hammaning xatti-harakatini 
kuzatib o‘tirardi. Mushfi q ona uchun bunda hamma qadr-
don edi. U hammadan ko‘ra ham G‘avvos Muhammad-
ning ko‘nglini o‘ksitmaslik maqsadida unga mehribonlik 
ko‘rsatmoqchi bo‘lardi.
Me’mor daftarga handasaviy chiziqlar chizib, shogird-
lariga nimalarnidir tushuntirardi. Uchburchaklar va uni 
kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar burchagiga raqamlar qo‘yib 
ko‘rsatardi. Me’morning hayajonlanib aytayotgan, «mislsiz 
qasr» tasviri va handasaviy hisoblari shogirdlar nazdida 
afsonaga o‘xshardi. Ustodning ko‘p gaplariga ishongilari 
kelmasa-da, unga itoat va e’tiqod yuzasidan hamma gapla-
rini ma’qullashardi.
Tashqarida kuchli shamol namat-u chodirlarni tortqilar, 
G‘avvos bilan Horunbek bo‘lsa damo-dam uzoqdagi «fa-
lak ustunlari»ga qarab qo‘yishardi.
– Hay, usta, – dedi Ma’suma beka, – shu paytda bu 
chiziqla ringiz kimning qulog‘iga kiradi-a?! Halizamon 
ustimizdan qum bosib ketadimi... Shogirdlaringizni o‘z ho-
liga qo‘ying, otlarga qarashsin. Laa havla va laa quvvata!
– Sen duoyingni o‘qib, dam solib o‘tiraver! – dedi il-
jayib Me’mor, shogirdlariga ko‘z qisib. – Qo‘limiz bo‘sh, 
baribir bekor o‘tiribmiz. Bu bizning kasbimiz.
– Axir qo‘rqib ketyapmiz!


72
– Kim? Sen o‘zingmi yoki Badia hammi?
– Men o‘zim, – dedi Ma’suma beka bo‘ron tortqilayot-
gan chodirni mahkam ushlab.
– Qo‘rqma! Hammamiz shu yerdamiz. Bo‘ron tezda 
o‘tib ketadi, biz Jayhunning narigi tomoniga o‘tganimizdan 
keyin bunaqangi yomon ofatlar bo‘lmaydi. U tomon − 
Movarounnahr. Badia, sen qo‘rqmayapsanmi?
– Yo‘q, otajon.
– Ana, eshitdingmi, onasi.
– Eshitdim, – dedi Ma’suma beka, – ammo sizlar shat-
ranj o‘ynayotgan odamlardek o‘zlaringiz bilan o‘zla ringiz 
gap lashib o‘tiraverasiz, biz bu gaplaringizga tushun maymiz. 
Mundoq tushunadigan gaplardan ham gaplashinglar. 
Oradan ko‘p o‘tmay, allaqanday qudratli bir kuch 
aravalarga kelib urildi. Otlar kishnadi. Hamma yoqni 
qorong‘ilik bosib, yuzlarga qum urildi. Aravalar ham borib 
kela boshladi. Birinchi arava tagida o‘tirganlar beixtiyor 
g‘ildiraklarga yopishishdi. Qandaydir dahshatli bir qo‘l 
qorong‘ilik ichida hamma narsani tortib, osmonga otardi. 
Bu bir daqiqa ichida paydo bo‘lgan yovuz kuch zilzilaga 
ham o‘xshardi, yer ostin-ustun bo‘lib ketayotganday, hech 
narsani ko‘rib bo‘lmasdi.
– Bu girdibod! – dedi og‘zi-burniga qum kirgan 
Me’mor, bir daqiqadan keyin jonholatda. – Bir-birlaringizni 
mahkam ushlanglar!
Me’mor beixtiyor qizi bilan xotinini ushladi. Zulfi qor 
bir qo‘li bilan borib-kelib turgan arava g‘ildiragini, bir qo‘li 
bilan Badiani mahkam ushladi. Zavrak ustodining oyog‘iga 
yopishdi. Horunbek bilan G‘avvos arava g‘ildiraklariga 
mahkam yopishgancha ko‘zlarini yumib turaverishdi.
Qorong‘ilik bir necha daqiqa davom etdi. Yuzlarga 
urilayotgan beto‘xtov qum bo‘roni ko‘z ochirgani qo‘y-
masdi. G‘ujanak bo‘lib bir-birlariga yopishib olgan yo‘-
lov chilar «girdibod» degan gapni eshitishdi-yu, ammo 
nima bo‘layot ganini bosh ko‘tarib ko‘ra olishmadi. Ot-


73
larning kishnashi ham to‘xtadi. Ko‘p o‘tmay qorong‘ilik 
ketib, kun yorishayotganga o‘xshadi. G‘uvullab esayotgan 
bo‘ronga qaramay, Me’mor sekin boshini ko‘tardi, girdi-
bod o‘tib ketgan edi.
Hamma sekin bosh ko‘tarib u yoq-bu yoqqa qaradi. 
Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga 
ke tardi. Osmon-u falakka bo‘y cho‘zgan girdibod ichi-
da namat-u chodir-u xashaklar uchib yurardi. Girdibod 
qayer larnidir yalab, qayerlargadir qum tepaliklari uyib 
ketibdi. Ikkinchi arava to‘nkarilib, uchinchi aravani an-
cha nariga olib bo rib, g‘ildiraklarining yarmigacha qum-
ga ko‘mib qo‘yibdi. Uning ustida na xashak va na yuk-
lar bor. Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot 
bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q. Yuz qadamcha narida 
qumga botib yotgan uchinchi aravaning o‘ng tomonida 
saman yo‘rg‘a qumga botib, chiqa olmay unnalardi. Ara-
vaga qo‘shib bo‘lmaydigan ikki begona otdan tamoman 
darak yo‘q. Qum bo‘ronining ancha pasaygani, girdibod-
ning bu yerdan o‘tib ketganini ko‘rgan Me’mor arava 
tagidan chiqib, atrofga qaradi. Aravalar qup-quruq. Gi -
la m-u sholchalar, qotgan non-u tolqon solingan xaltacha-
lar, kiyim-kechaklargacha olib ketibdi. Olis qum tepa lik-
lari ustida xashak qoldiqlari sochilib yotardi. Qiyshayib 
yotgan uchinchi aravada faqat dekcha-yu belkurag-u ket-
monlar qolibdi...
Me’mor arava tagidan chiqib, qumda cho‘qqayib 
o‘tirgan Ma’suma bekaga yalt etib qaradi:
– Katcha
1
bormi?
– Bor, – dedi xotini, – biri menda.
– Menda ham bor, – dedi Badia.
– Xayriyat, – dedi Me’mor... Bu ham Xudoning 
xohishi.
Zulfi qor Shoshiy bilan Zavrak Nishopuriy shu lahza 
1
Katcha – hamyoncha, yonchiq.


74
yugurgancha otni qumdan qutqarib olish uchun narida 
qiy shayib yotgan uchinchi arava yoniga kelishdi. G‘avvos 
orqama-orqa belkurak olib chopib, ot tepasiga bordi. 
– Jonimiz omon qoldi, – dedi Me’mor, – bo‘lmasa, 
bu girdibod yomon narsa. U qaroqchilardan ham badtar. 
Jonimiz omon qolganiga shukur qilaylik!
– Girdibodni ko‘rar edim-u, ammo mundoq ichiga 
tush magan edim, – dedi tepalikdan tushib, ustod yoniga 
yaqinlash gan Horunbek. – Bizni dabdala qilib ketdi-ya! 
Endi qolgan otlar bilan tezda Xalachga yetib olmasak, 
otlar xo‘raksiz
1
, suvsiz halok bo‘ladi.
– Shunday qilaylik, birodar, – dedi Me’mor, – bu 
ko‘rgulik ham bor ekan. Lekin bu ziyonni qoplaydigan 
aqchalarimiz bor, biz hammasini to‘laymiz.
– Bu Xudodan kelgan narsa, ustod, men bu ofat yet-
kazgan ziyon uchun haq olmayman.
– Hozir mol-jon o‘rtada, inim, Buxoroga yetib olay-
lik, u yog‘i bir gap bo‘lar.
Uch yigit saman yo‘rg‘ani qutqarib olib kelishdi.
Shundan so‘ng atrofga sochilib, biron narsa 
ko‘rinarmikan, deb qum tepaliklarni, pastliklarni izlashdi. 
Hech vaqo yo‘q. Girdibod qiladigan ishni qilib, oladiga-
nini olib, yana qumliklarga kirib ketgan edi.
– Yigitlar, uzoq-uzoqlarga qaranglar, otlar ko‘rinmay-
dimi? – dedi Horunbek. – Jonivorlar qayoqda qolgan 
ekan? 
– Hech narsa ko‘rinmaydi, – dedi Zavrak.
Qumda talanib, bor-yo‘g‘idan ajragan kichik karvon 
sochilgan narsalarini yig‘ib, otlarni aravalarga qo‘shishga 
hozirlik ko‘rdi. Tomog‘i qaqragan Badia qumlarning 
qayeri gadir ko‘milib ketgan mesh-u xumchani qidirardi. 
Otlar tashna ... Lablari lablariga yopishib qolgan Me’mor 
ham o‘z tashnaligini bildirmay, tupuk yutar, ochlikka chi-
1
Xo‘rak – yegulik, yemish.


75
dash mumkin, ammo tashnalikka bardosh berish g‘oyatda 
mashaqqat ekanligini dilidan o‘tkazardi. Bu holatni sezib 
turgan G‘avvos bi rinchi arava shotisiga bog‘log‘lik katta-
gina chelakni va qumda to‘nkarilib yotgan xumchani olib, 
kun chiqish tomonga jo‘nadi.
– Daryo ancha olisda. Topa olarmikansiz? – so‘radi 
Horunbek.
– Qiblanamoga qarang, to‘g‘ri ketyapmanmi?
– To‘g‘ri ketyapsiz, – Horunbek kaftidagi qiblanamo-
ga qaradi.
– Unda topaman.
– Kechikmang, o‘g‘lim, biz bunda uzoq turolmaymiz, – 
dedi Me’mor.
G‘avvos Muhammad bir qo‘lida chelak, xumchani 
qo‘l tiqlab olganicha qumlar osha yugurib ketdi. U fursat-
ni qo‘ldan bermaslik uchun kuchining boricha yugurar-
di. Hozir yugurish kerakligini, chunki suv bilan yugurib 
bo‘lmasligini bilardi.
– Harqalay u G‘avvos! – dedi Zavrak, – suv topib keli-
shiga ishonaman. Lekin bu boyvachchaning ro‘parasidan 
biron ilon chiqib qolsa, paqir bilan xumchani tashlab, 
dod solib qochib kelmog‘i ham mumkin.
Badia kulimsiradi:
– Unda o‘zingizga navbat keladi!
– Men hoziroq zing‘illab ketardim, idish yo‘q, bekam.
– Sabr qilib turinglar, – dedi Ma’suma beka, – lekin 
G‘av vos Muhammadni o‘ksitadigan gaplarni aytmanglar...
Barcha tayyorgarlik ishlariga kirishib, otlarni qo‘ shib, 
aravalarga chiqib, G‘avvosni kutardi. G‘avvos dan esa da-
rak yo‘q. Bir damdan so‘ng Me’mor ning to qati toq bo‘la 
boshladi.
Bir mahalda uzoqda qora nuqta ko‘rindi. Arava ustida 
o‘tirgan Zavrak o‘rnidan tik turib G‘avvos kelayotganini 
aytd i.
Xonumoni talanib, qilichi sinib, qalqoni teshilib, yen-


76
gilgan sarbozdek xomush tortib o‘tirgan Me’mor bilan 
Horunbek jonlandi. Ular miq etishmay, uzoqda terlab-
pishib suv olib kelayotgan G‘avvosdan ko‘z uzishmasdi. 
Hatto aravaga qo‘shilgan otlar ham G‘avvosga tikilishar-
di. U yetib kelmasdanoq, Horunbek pastga tu shib kutib 
turdi. Terga botib hal loslab kelayotgan G‘avvos chelak-
dagi suvni Horunbekka uzatdi. U halloslaganidan tili 
gapga kelmasdi.
– Suv loyqaroq.
– E, uka, loyqaroq bo‘lsa ham suv-ku! Omon bo‘l!
– Baraka toping! – dedi Ma’suma beka.
– Ustod, nima deysiz?– Horunbek Me’morga qaradi.
– Xumchadagidan hammamiz ichaylik. Paqirdagi suv-
ni otlarga oz-oz ichiring, – dedi Me’mor.
– Ustod, men yana zing‘illab borib kelaveraman! 
Daryo uzoq emas ekan, ammo yurish qiyin. Daryo nega-
dir loyqa oqyapti...
– Jayhun doimo loyqa oqadi – dedi Me’mor, – biz 
shu suv bilan Xalachga yetib olamiz, o‘g‘lim. 
G‘avvos ustozini andak bo‘lsa ham mamnun qilolgani-
dan quvondi. Aravalar birin-ketin yurib ketgach, Zavrak 
yoniga o‘tirgan G‘avvos yonidan bir ilon chiqarib, bilin-
tirmay unin g tizzasiga qo‘ydi. Tizzasi ustida buralayot-
gan chipor ilonga ko‘zi tushgan Zavrak kapalagi uchib, 
dod deb sakrab yerga tushdi.
– Ha, nima gap? – deb Horunbek otning boshini tortdi.
– Nima qildi? – Zulfi qor bilan Badia ham Zavrakka 
qarashdi.
– Hali bu ishni siz qildingizmi?! – dedi boshi yan-
chilgan ilonni ko‘rib Zavrak zaharxanda bilan G‘avvos 
Muham madga.
– Sizni ilon-u ajdarlardan qo‘rqmaydi, deb eshitgan 
edim, bahodir Nishopuriy!
– Haligi gapimni eshitgan ekansiz-da. Qanday qilib 
eshit dingiz? Ancha narilab ketgan edingiz-ku?
– Har kim o‘ziga taalluqli gapni narilasa ham eshitadi. 


77
Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi 
ajdarni tutib kelaman.
– Ofarin, G‘avvos! – dedi Zavrak yana sakrab aravaga 
chiqib. Keyin uning yelkasiga qo‘l tashladi. – Qani, menga 
ayting-chi, qanday qilib bu yaramasni tutib o‘ldirdingiz?
– Ketayotsam, ro‘paramda turgan ekan, bosh ko‘tarib 
tilini chiqaraverdi. Yaqinroq borib, xumchaning qorni bi-
lan boshini ezdim-qo‘ydim. Vassalom! Sizning gapingizni 
eshitganim yo‘q, lekin orqamdan, albatta, bir nima de-
yishingizni ko‘nglimdan o‘tkazib qo‘ygan edim. Chunki 
siz gapirmay turolmaydigan odamsiz!
– Zehningizga qoyilman, G‘avvos!
– O‘sha ilonni men ham ko‘ray, – dedi Badia.
– E, qo‘ysang-chi! – dedi Ma’suma beka e’tiroz bildirib. – 
Ilonni ham o‘ynaydimi odam! Turqi qursin!
...Suv ichgan otlar ancha o‘zlariga kelib, pishqirib yo‘lga
tushishdi. Shu tunda ular Xalachga kirib borishdi. Kar-
vonsaroyga tushib, otlarga ham hordiq berib, o‘zlari ham 
dam olishdi. Ertasiga erta bilan ot-aravalarni sol
1
usti-
ga chiqarib, daryodan o‘tkazish mashaqqati boshlandi. 
Ulkan yog‘och sol har arava-otni alohida-alohida qilib, 
uch bor daryoni kechdi. To‘rtinchi o‘tishda solga Badia, 
Ma’suma beka, Me’mor va Zulfi qor tushishdi. Daryo ning 
narigi tomoniga o‘tgan ot-ara valar, Xo‘jaabbos manzil -
go hida to‘xtamay, to‘g‘ri Tollimarjon yoki Fayz obod sha -
har lariga qarab yurishni ko‘zlab shay tu rishardi.
Jayhundan o‘tib, Xo‘jaabbos yo‘liga tushgan uch arava 
Tollimarjon shahri, qaydasan, deb ketaverdi. Ular endi, 
garchi yana qumliklar aro borayotgan bo‘lsalar ham, asli-
da, Movarounnahr tuprog‘ida edilar. 

Sol – yog‘ochlar arqon bilan bir-biriga matashtirib bog‘lanib, 
suv ga cho‘k maydigan qilingan moslama. Daryolardan odam va 
narsalarni o‘tkazishda foydalanilgan.


78

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin