Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


G‘avvos Muhammadni aravadan uloq tirib yuborishga  buyurganda Badia tabiatidagi qanday jihatlar namoyon  bo‘ldi? 2



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

1. G‘avvos Muhammadni aravadan uloq tirib yuborishga 
buyurganda Badia tabiatidagi qanday jihatlar namoyon 
bo‘ldi?
2. G‘avvos Muhammadning qumli sahroda jazavaga tushib, 
to‘polon qilishi sababini izohlashga urinib ko‘ring.
3. Me’morga Amu suvining Zarafshonnikiday totli tuyulgani 
sababini izohlang.
4. Bo‘ronning dahshatli holatida ham o‘z orzu, rejalari ha-
qida tinimsiz o‘ylagan Me’morning kasbiga munosabati 
to‘g‘risida gapiring.
5. Yozuvchining bo‘ronni tasvirlashdagi mahorati aks etgan 
o‘rinlarni topib, izohlang.
6. Bo‘ronda qolgan yo‘lovchilarning har biriga xos jihatlar 
qanday tasvirlanganiga e’tibor qiling. Ularni o‘zaro so-
lishtiring.
7. Dahshatli bo‘ron ko‘tarilgan paytda butun fi kr-u zik-
ri xayo lida gavdalanayotgan qasrning tarhini chizishda 
bo‘lgan Me’morning shaxsiyatini izohlang.
 
ROMAN VA UNING TURLARI
Roman nasr yo‘lida yozilganligi, hayotni keng qam-
rovda ko‘rsatganligi, sujeti ko‘p tarmoqli bo‘lganligi, inson 
taqdiri va ruhiyati tasvirining ko‘lamdorligi, katta hajmga 
ega bo‘lishi bilan hikoya va qissadan ajra lib turadi. Ro-
man tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko‘ra dilogiya, 
tri logiya, tetralogiya ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Roman-dilogiya – ikki kitobdan iborat bo‘lib, inson 
taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliy-
ning «Farg‘ona tong otguncha», H. Nu’mon va A. Sho-
rahmedovning «Ota», P. Qo dirovning «Yulduzli tunlar» va 
«Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir.
Savol va topshiriqlar:


79
Тrilogiya – uch kitobdan iborat bo‘lib, jamiyat hayo-
tidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko‘ra ham 
ko‘proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham
ko‘proq bo‘ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya na-
munasi bo‘lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq 
bo‘sag‘asida» nomli uchta alohida romandan iborat. 
Tetralogiya – to‘rt kitobdan iborat romanni bildiradi. 
Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi «Jahon-
gir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo», 
«Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat.
Roman necha kitobdan iborat bo‘lishidan qat’i na-
zar, ularda ichki birlik, bog‘lanish bo‘ladi. Dilogiya yoki 
trilogiya qismlarini o‘zaro bog‘laydigan bir insoniy taq-
dir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha 
qah ramon bo‘lishi talab etiladi. «Farg‘ona tong otguncha» 
dilogiyasida G‘u lomjon, «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida 
Тe mur obrazlari barcha ki toblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilo-
giyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar 
markazida turadi.


80

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin