Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Shu jihatdan maqsad sari yurish(ni)
Dengiz orqali zarur deb kelishdilar.
Andakim, Mehr kemasin ko‘lok
Surdi bahr ichra o‘ylakim xoshok.
O‘z vaqtida Mehr kemasini (bo‘ron) to‘lqinlari
Dengizda хashak singari surib ketgandi.
Go‘yiyokim esib hamul
2
yel tez,
Soldi bu elga dog‘i rustoxez
3
.
Go‘yo o‘sha shiddatli shamol esib,
Bu elga ham g‘avg‘o soldi.
Suvg‘a surdi Suhayl kemasini,
Oyirib borcha xayl-u nimasini.
(To‘fon) Suhayl kemasini suvga surdi,
Barcha hamrohlari va narsalaridan ayirib qo‘ydi.
Beribon kemasiga muhlik
4
mavj,
Bir zamoni haziz-u
5
gohi avj.
Kemasiga halokatli mavjlar urilib,
(To‘fon) bir zamon pastlar, goh (yana) avj (olardi).
To kema bo‘ldi ul sori obir,
Kim, qo‘yub erdi didbon Jobir.
Kema (yana) o‘sha tomon o‘tguvchi bo‘ldiki,
Jobir (bu yerga) qo‘riqchi qo‘ygan edi.
1
Murur – o‘tish, kеchish. 
2
Hamul – o‘sha.
3
Rustоxеz – g‘avg‘о. 
4
Muhlik – halоkatli. 
5
Haziz – pastrоq, sеkinrоq. 


192
Didbon ul taraf boqib nogoh,
Yana Jobirni ayladi ogoh.
Didbon nogoh bu tarafga boqib,
(Kema haqida) yana Jobirni xabardor qildi.
Ul kirib zavraqig‘a ayladi azm,
Bo‘lub ul kema ahli qatlig‘a jazm.
U kemasiga o‘tirib, (darhol) yo‘lga tushdi,
Bu kemadagilarni qatl (qilmoqchi bo‘ldi).
Chun yetib qildi el halokig‘a mayl,
Razm-u kin ichra chobuk
1
erdi Suhayl.
Yetib(oq) ularni halok etmoqchi bo‘ldi,
(Lekin) Suhayl (ham) jang va o‘q otishda epchil edi.
Qila boshlab aning birla parxosh
2
,
Ishlari kema ichra bo‘ldi savosh.
U bilan jang qila boshlab,
Ishlari kema ichida savashish bo‘ldi.
Jobir ar
3
zarb urur edi behad,
Borcha zarbin Suhayl etar edi rad.
Agar Jobir behad (kuchli) zarba ursa (ham),
Suhayl barcha zarbalarini qaytarar edi.
Qilsa ul dog‘i zarb izhori,
Munga ham tushmas erdi ul kori
4
.
U yana zarba beradigan bo‘lsa,
Bunga (hech) kor qilmas edi.
1
Chоbuk – chaqqоn, epchil. 
2
Parxоsh – jang. 
3
Ar – agar. 
4
Tushmas erdi ul kоri – zarba kоr qilmas edi ma’nоsida. 


193
Ikkisi chunki erdilar cholok
1
,
Bir-biridin alarg‘a yo‘q edi bok
2
.
Ikkisi (birday) chaqqon edilar,
Bir-biriga zarar yetkizolmasdilar.
Ko‘rdi Jobirki, qoyim
3
o‘ldi ishi,
Olida nomuloyim
4
o‘ldi ishi.
Jobir ko‘rsaki, ishi – jangi (dushmani bilan) baravar,
Bu holat (uning uchun) ko‘ngilsizlik edi.
G‘olib o‘lmoq aro bo‘lub ojiz,
O‘zin ul nav’ ko‘rmayin hargiz.
G‘olib bo‘lishga ojiz bo‘lib,
O‘zini hargiz u holatda ko‘rmagan edi.
Ilgiga hiyla shevasin oldi,
Yalang‘ochlab o‘zun sug‘a soldi.
Qo‘liga hiyla odatini oldi, ya’ni hiyla yo‘liga o‘tdi,
Yalang‘och bo‘lib, o‘zini suvga otdi.
Xasmning
5
kemasi tubiga kirib,
Tig‘ ila kemaning tubini yorib.
Raqibining kemasi ostiga kirib,
Tig‘ bilan kemaning tubini yordi.
Taxtani uyla kov-kov etti
6
,
Ki, suv yo‘lin nechukki nov etti.
(Kema) taхtasini shunday kovladiki,
Go‘yo suv yo‘lini (kemaga) ariq qildi.
1
Chоlоk – chaqqоn. 
2

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin