Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Bоk – qo‘rquv, xavоtir. 
3
Qоyim – tеng, baravar. 
4
Nоmulоyim – qattiq, mushkul. 
5
Хasm – dushman, raqib. 
6
Kоv-kоv etti – kоvladi, o‘ydi. 
7 – Adabiyot, 7-sinf.


194
Kemasin chunki nov ko‘rdi Suhayl,
Tubidin suv yuqori etgan mayl.
Suhayl kemasining teshilganligini ko‘rdi,
(Uning) tubidan yuqoriga suv ko‘tarila boshlagani uchun.
Daf’ig‘a necha hiylagar bo‘ldi,
Qilmadi sud-u
1
kema(g‘a) su(v) to‘ldi.
To‘хtatishga qancha hiyla, ya’ni tadbir qilsa ham,
Foydasi bo‘lmadi – kema suvga to‘ldi.
Ul su to‘ldi-yu bahr erdi amiq
2
,
Kema-yu kema ahli bo‘ldi g‘ariq.
(Kemaga) suv to‘ldi, dengiz chuqur edi,
Kema va kemadagilar g‘arq bo‘ldi.
Qo‘lni shahzoda jonidin yudi pok,
Qo‘ydi ko‘nglin suvda bo‘lurg‘a halok.
Shahzoda pok, ya’ni butunlay jonidan umid uzdi,
Suvda halok bo‘lishni ko‘ngliga tuydi.
Qildi Jobir aning sori ohang
3
,
Ul sifatkim, bolig‘ yutarg‘a nahang.
Jobir uning yoniga qasd qilib (keldi),
Хuddi baliqni yutishga (shay) nahangga o‘хshardi.
Boshig‘a yetti aylamakka qatil,
O‘lar elga nechukki Azroil.
Qatl qilish uchun boshiga keldi,
O‘layotgan odam (tepasidagi) Azroil(ga o‘хshardi).
Qo‘lig‘a chun aning qo‘lin oldi,
O‘zining zavraqi aro soldi.
1
Sud – fоyda. 
2
Amiq – chuqur. 
3
Оhang – qasd, qiliq, niyat. 


195
Qo‘liga uning qo‘lini oldi, ya’ni qo‘lidan ushlagancha,
O‘zining kemasi ichiga soldi.
Chiqti dog‘i eshib kamandini
1
chust
2
,
Bog‘lab oning ilik-ayog‘ini rust.
Darhol arqon eshib chiqdi-da,
Uning qo‘l-oyog‘ini mahkam bog‘ladi.
Bo‘ldi yonmoq ishiga omoda
3
,
Keldi nogah o‘ziga shahzoda.
Qaytish uchun tayyor bo‘lib turganida,
Nogoh shahzoda o‘ziga keldi.
Ko‘rdi o‘zni g‘arib band ichra,
Halqa-halqa xami
4
kamand ichra.
O‘zini g‘arib holda band ichida ko‘rdi,
Halqa-halqa o‘ralgan arqonda edi.
Aduv ilgida qatra suvdek tig‘,
Edi o‘z notavonlig‘ig‘a dareg‘
5
.
Dushmani qo‘lida qatra suvdek ojiz bo‘lib,
O‘z(ining) (bunday) notavon holatidan afsus qildi.
Dedi Jobirki: «Ey qo‘lumda asir,
Razm-u ko‘shishda
6
qilmading taqsir
7
.
Jobir dedi: «Ey qo‘limda(gi) asir yigit,
Urush va ( jang) harakatlarida хato qilmading.
Men bu zavraqni suvg‘a to surdim,
Ming seningdekni suvda o‘lturdim.
1
Kamand – arqоn. 
2
Chust – tеz. 
3
Оmоda – tayyor. 
4
Хam – o‘ralgan, bоg‘langan. 
5
Darеg‘ – pushaymоn, achinish. 
6
Razm-u ko‘shish – jang-u g‘ayratda. 
7
Taqsir – qusurli, kamchilikli.


196
Men bu kemani suvga – dengizga solganimdan buyon
Seningdek minglab (odamlarni) suvda o‘ldirdim.
Birida sencha ko‘rmadim jur’at,
Jur’ating bo‘ldi maxlasingg‘a
1
jihat.
(Hech) birida senchalik jur’at ko‘rmadim,
Jur’ating хalos bo‘lishingga sabab bo‘ldi.
Kim, tengiz ichra boshinga yettim,
O‘laringdin seni xalos ettim.
Dengiz ichida boshingga yetgan bo‘lsam ham,
O‘limdan seni хalos etaman – o‘ldirishdan voz kechdim.
Qatlinga garchi tab’ rog‘ib emas,
Lek qo‘ymoq dag‘i munosib emas.
Ko‘ngil qatlingni tilamasa-da,
Lekin qo‘yib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Kim, agar banddin xalos o‘lg‘ung,
Bir shahi komrong‘a
2
xos o‘lg‘ung.
Agar banddan хalos bo‘lsang,
Bir toleli shohga хos bo‘lasan.
Bo‘lmoq o‘lmas xalos domingdin
3
,
Bo‘lmog‘um emin
4
intiqomingdin.
(Shunda) tuzog‘ingdan хalos bo‘lmay,
Qasosingdan qutulolmayman.
Ish hisobin shumora
5
qilg‘ungdur,
Qatl-u kinimg‘a chora qilg‘ungdur.
1
Maxlas – xalоs, qutulish.
2
Shahi kоmrоn – baxtli shоh.
3
Dоmingdin – tuzоg‘ingdan. Bu yеrda qo‘lingdan ma’nоsida.
4
Emin – xоtirjam, ishоnchli.
5
Shumоra – hisоb-kitоb.


197
(Oramizdagi) ish – olishuvni hisob-kitob qilasan,
(Meni) qatl qilish uchun chora qilasan.
O‘lmoq avlo sanga kamand ichra,
Tirik o‘lmoq valek band ichra».
Sening arqonda (boylog‘liq) bo‘lishing yaхshi,
Tirik qolasan, lekin band ichida bo‘lasan».
Necha izhori ajz
1
qildi Suhayl,
Qilmadi kinavar
2
javobig‘a mayl.
Suhayl ojizlik bilan qancha yolvorsa ham,
Dushmani javob bergisi ham kelmadi.
Kemasin maskani sori surdi,
Oni o‘z ma’manig‘a yetkurdi.
Kemasini maskani sari surdi,
Uni (Suhaylni) o‘z makoniga keltirdi.
Qasri kunjida
3
bor edi chohe,
Kimsani band aylasa gohe,
Qasr burchagida (bir) choh bor edi,
Goho kimni bandi qilsa,
Ul choh ichra qilurdi sokin
4
,
Chiqmoq andin emas edi mumkin.
U choh ichiga tashlab qo‘yardi,
Undan (qutulib) chiqish mumkin emasdi.
Aning a’zosidin rasan
5
oldi,
Band
6
ila choh qa’rig‘a soldi.
1
Ajz – оjizlik.
2
Kinavar – kinchi, adоvatkоr, kеkchi.
3
Kunj – burchak.
4
Sоkin – turuvchi.
5
Rasan – arqоn.
6
Band – kishan.


198
Uning qo‘l-oyog‘idan arqonni yechib,
Zanjir bilan choh qa’riga soldi.
Har kim ul choh aro chu bo‘ldi g‘ariq,
Non ikita edi, su bir ibriq
1
.
Kimki u choh ichiga tashlangan bo‘lsa,
(Kuniga) ikkita non, bir oftoba suv (berilar edi).
Yuqori dilbar-u quyi bedil
2
,
Bir-biridin vale ikov g‘ofi l
3
.
Yuqorida dilbar, ya’ni Mehr, quyida g‘amgin – Suhayl,
Lekin ikkovi bir-biridan bexabar edilar.
Bu ikovga bu yerda mundoq hol,
Qavm-u xaylig‘a
4
, emdi ko‘r ahvol.
Ikkovlari bu yerda bundoq ahvolda,
Endi qavmi va yaqinlari ahvolini ko‘r(gin).

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin