Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Rasul 
Hamzatov
(1923–2003)


40
Iste’dodli shoirning dastlabki yozganlariyoq she’riyat shi-
navandalarining sevimli asarlariga aylandi. Deyarli barcha 
asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi. Rus tili 
orqali jahonning turli tillariga tarjima qilindi. Jahonga ta-
niqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o‘tdi.
R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim 
tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduz-
lar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovul-
dan xat» singa ri o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari 
shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or vakillari 
qatoriga olib chiqdi. Uning she’rlari o‘z xalqining milliy 
odatlarini juda yor qin aks ettirishi bilan, bo‘ysunmas, erk-
sevar tog‘ xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi 
bilan diqqatga sazovordir.
Rasul Hamzatov o‘z millatidan g‘ururlanar ekan, uni 
boshqa millatlarga qarshi qo‘ymaydi. O‘z sha’ni yo‘lida 
sovuq yiltira yotgan xanjar tig‘iga qarshi bora oladigan er 
yigitlari, go‘zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg‘ularini 
sevib kuylagan. 
1. Rasul Hamzatov hayoti sanalarini sinchiklab o‘rganing. 
Uning dastlabki asarlari chiqqan davrga xos xususiyat-
larni aniqlang.
2. Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering. 
Bu she’r larning mashhurligi sabablarini izohlang.
3. Shoirning avar xalqi milliy ruhiyati yorqin aks etgan 
she’rla rining bosh qa xalqlar she’rxonlariga ma’qul 
ke lish sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
Savol va topshiriqlar:


41
ONA TILIM
Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O‘lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,
Tog‘lar orasida yotibman bejon.
Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.
Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.
Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,
Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.
Na onam, na yorim beradi sado,
Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.
Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,
(Go‘yo fi g‘on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.
Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.
Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.


42
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fi do.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.
1. Tushdagi o‘lim tasvirida qaysi yurtning manzarasi ko‘r-
satilgan deb o‘ylaysiz? Shoir tani qayerda yotibdi, atrofi -
dagi tabiat manzarasi qayerni eslatadi?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun o‘lib yotgan lirik qahramon-
ga avarc ha so‘zlar eshitilgach, tirilib ketdi ekan? She’rning 
shu bandla ridagi tagma’noni aniqlashga urinib ko‘ring.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin