Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Murt – mo‘ylоv.
4
Tilin оlmоq – gapiga kirmоq.


135
Yigitlar ichida menman o‘dag‘a
1
,
Bedovga yarashar oltindan to‘g‘a,
Ravshanga bermayman Gulanorjonni,
Qizim tugul, kuchugimdan sadag‘a.
Ota, javobingni berdim, jo‘nagin!
Mundan keyin sovchi bo‘lib kemagin!
Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat,
Menga munday tuzsiz so‘zni demagin!
Eshitib ol, ota, aytgan so‘zimni,
O‘zim o‘lmay, g‘anim bosmas izimni,
Bermayman Ravshanga Gulanor qizimni!
Men Hasanga teng qilmayman o‘zimni!
...Ravshanbek darchaning orqasida turib edi. Bu so‘z-
larni eshitib, bir umrda sovuq shamol yemagan
2
bola emas-
mi, sovuq so‘z tugul, bolaning o‘mganidan
3
bir jazoyil
4
tesh ib o‘tgandan yomon bo‘ldi. Ravshanxon tovushining 
boricha «vo» deb baqirib, yig‘lab qaytaverdi.
Bola shu yig‘lagancha ko‘chaning yuzi bilan yig‘lab 
bo rayotir edi. Ravshanbekning yig‘lagan tovushi Og‘a 
Yunu s pari ning qulog‘iga yetdi. Pari aytdi: «Qanday bola 
ekan ko‘chada yig‘lagan?» Shunda qarasa, o‘zining ko‘rar 
ko‘zi, so‘zlar so‘zi, o‘z joniga teng ko‘rib yurgan Ravshan-
bek bolasi yig‘lab kela yotir. Yugurib borib, qo‘ltig‘iga qisib, 
ko‘zining yoshini betidan artib: «Bek Ravshan bolam, nega 
yig‘laysan?» – deb so‘rab turdi. Shunda Ravshanbek dim
5
o‘pkasini bosolmaydi. – Ha, bachchag‘ar Avaz, deb aslo tu-
rolmaydi.
1
O‘dag‘a – «yetakchi», «sardоr» ma’nоsidagi «o‘t оg‘a» 
so‘zining buzilgani.
2
Sоvuq shamоl yеmagan – «shashti qaytmagan», «оg‘ir gap 
eshitmagan» ma’ nоsida.
3
O‘mgan – ko‘krak, to‘sh.
4
Jazоyil – nayza.
5
Dim – aslо, hech.


136
Og‘a Yunus pari: «Ey bolam, Avazni nega urishasan. 
Menga aytgin, anglab, bilib olayin», – desa, bola har 
o‘ksiydi, gapirolmaydi.
– E ena! Avazing: «Qizimni bermayman, mening tengim 
emas», – deb bizni quzg‘un, o‘zini lochin tutdi. Bachchag‘ar 
Avaz bizdan ortiq bo‘lib ketibdi. Shu Avazdan kam bo‘lsam, 
cho‘llarga boshimni olib ketaman. Qo‘yaver, ena, qo‘yaver, 
endi Chambilda turmayman, shu Chambilni Avazga berdim, – 
deb bola dim o‘pkasini bosolmaydi. Shunda Yunus pari kulib, 
Ravshanbekning so‘zlariga hayron bo‘lib:
– E bolam, Ravshanjon, muddaong Avazning qizi – 
Gul anor bo‘lsa, aslo g‘am yema! «Qizi borning nozi bor» 
degan, shunday-shunday deydi-da. Unga sen xafa bo‘lma! 
Mana men, men borayin otangning orqasidan; uning qizda 
nimasi bor ekan? Tortib olib bersam ham Gulanorni senga 
olib beraman... Qani, men borayin, «bermayman», degan 
Avazni ko‘rayin, shu Avazmi qizini bermaydigan, – deb 
Og‘a Yunus pari bormoqchi bo‘laverdi. Shunday qarasa, 
Ravshanbek juda otashin. Shunda pari ko‘nglida: «Bu bola 
achchig‘i bilan bir yoqqa ketib qolmasin», deb xosiyatli 
uzugini ovunib o‘tirsin deb, qo‘lidan olib, Ravshanbekka 
berdi.
E Ravshanbek, shu uzukka qarab o‘tir, men borib, 
Avazning qizi – Gulanorjonni senga fotiha qilib, to‘y tarad-
dudini qilib darrov kelaman, – deb pari ham turib ketdi.
Endi Ravshanbek ko‘zining yoshini artib, shunday ni-
ginga
1
qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami pa-
rini bandiga
2
olgan
duoli yozuvi bor, olam mamlakatiga ber-
maydigan xosiyati bor; har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti 
bor; ba’zi-ba’zi juda nozik, uzik
3
suluvning ham oti bor, ham 
surati bor, shu uzukning bir chetida Qoraxon podshoning 
qizi – Zulxumor degan bir qizning oti bor, ham surati bor.
1

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin