152
Erta muhlat tamom bo‘ladi, bek Ravshanni shu yerga
olib keladi. Kallar to‘rtovi barvaqt borib, gashtagini qilib,
palovini yeb, choyini ichib, kayfi ni qilib, bahuzur dimog‘ini
chog‘lab, «Ertaga qudag‘ay kimga qo‘y so‘yadi», – deb
to‘rtovi o‘tirib edi. Shu kuni kun pora-pora bo‘lib yerga
o‘tirgan vaqtda jonivor G‘irko‘k suzilib, buyiri-buyiriga
1
qapishib, qorni-qorniga yopishib ter bilan qotgan changlar
yong‘oqday dumaloq bo‘lib, Shirvonga kirib bordi.
Shaharning o‘rtasida bozorjoy. Do‘konlarni shipirib-
sidirgan. Bozorjoyning o‘rtasida bir yangi dor qurilgan.
Hasan ko‘nglida: «Shu dor bek Ravshanga deb qurilgan
chiqar; bo‘lsa-bo‘lmasa, erta shu yerga keladigan bo‘lsam,
kel, shu bugun shu yerda turib damimni olayin», – deb
tushib, bir do‘konga otini tortib o‘tira berdi. Endi gapni kal-
lardan eshitin g.
To‘rtovi o‘tirib edi, Hasan mard ham shularning qavati-
ga tomon borib qo‘ndi, u ham o‘tira berdi. Shunda mas-
xaraboz kal
2
aytdi: «Aynoq, ishimiz yaxshi bo‘ldi, o‘ng kel-
di. Ravshanni endi ayirib oladigan bo‘ldik, balki ayirib oldik.
Ana qara, Hasan mard ham keldi. Shu o‘tirgan yigit Cham-
bilning belidan, Yovmitning elidan kelgan Hasan mardning
o‘zi shu». Shunda Aynoq aytdi: «E, uchchangdan
3
urgur, har
kimni ham odam deyberasanmi! Xudo urgani yo‘q. Hasan
mard shunday bo‘lsa, G‘irko‘k ot – ovozasi olamni tutib yur-
gan ot; bu ot Ishrat devonaning otidan ham yomo n, o‘libdimi
shunday bo‘lsa! Men ertaga urush bo‘lsa, boyadan beri
shuni chog‘lab-ko‘zlab o‘tiribman; anov tolni, manov qayra -
g‘ochni sug‘urib olib, ertaga to‘dada «qadama og‘och»
4
1
Dostları ilə paylaş: