187
Uning havosi jannatdek emish,
Fazosi zangori osmon kabi keng ekan.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u
1
himmati oliy.
Unda bir shoh hokimlig-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati obod-u, (o‘zining) himmati baland (edi).
Oti Nu’mon-u mulki oti Yaman,
Adlidin mulki guliston-u chaman.
(O‘zining) oti Nu’mon, mulkining nomi Yaman,
Adolatidan mamlakati guliston ham chaman.
Anga bir o‘yla nozanin farzand,
Kim, bashar
2
ichra yo‘q anga monand.
Uning shunday bir nozanin farzandi bo‘lib,
Insonlar orasida unga o‘хshashi yo‘q edi.
Yuzidin bargi gul xijil erdi,
Qaddidin sarv munfail
3
erdi.
Yuzi(ning go‘zalligi)dan gul bargi xijolat tortardi,
Qaddi(ning kelishganligi)dan sarv daraхti uyalib ketardi.
Borcha fazl-u hunarda yo‘q misli,
Ko‘zguga boqsa o‘zi-o‘q misli.
U barcha fazilat-u hunarda tengi yo‘q,
Ko‘zguga boqsa (husnda) o‘ziga o‘xshashi yo‘q.
Hunar avji sori kelib anga mayl,
Yuzi andoqki mehr, oti Suhayl
4
.
Hunar (egallashda) yuksaklikka mayl qilardi,
Yuzi xuddi quyoshdek oti Suhayl edi.
1
Ma’mur – оbоd.
2
Bashar – оdamzоd, insоniyat.
3
Munfail – xijоlat.
4
Suhayl – yorug‘ yulduz nоmi, yigitning ismi.
188
Mehr zulfi g‘a ko‘ngli bog‘lig‘ edi,
Bu anga go‘yiyo atog‘lig‘ edi.
(Uning) ko‘ngli Mehrning sochlariga bog‘langan edi,
Bu (qiz) ham go‘yo unga atalgan(dek yaratilgan) edi.
O‘ylakim, Mehrning xarobi Suhayl,
Mehrg‘a ham Suhayl sori mayl.
Shundayki, Suhayl Mehrning (ishqida) хarob bo‘lgani kabi
Mehrda ham Suhaylga moyillik bor edi.
Maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vaslig‘a xaridor ul.
Mayl demaki, u (Suhaylning ishqida) shaydo-yu zor (edi),
Jonini berib (bo‘lsa ham) visoliga хaridor (edi).
Bo‘ylakim hajr qo‘ydi bag‘rig‘a dog‘,
Manzil o‘lmish edi anga ul bog‘.
Dostları ilə paylaş: