192
Didbon ul taraf boqib nogoh,
Yana Jobirni ayladi ogoh.
Didbon nogoh bu tarafga boqib,
(Kema haqida) yana Jobirni xabardor qildi.
Ul kirib zavraqig‘a ayladi azm,
Bo‘lub ul kema ahli qatlig‘a jazm.
U kemasiga o‘tirib, (darhol) yo‘lga tushdi,
Bu kemadagilarni qatl (qilmoqchi bo‘ldi).
Chun yetib qildi el halokig‘a mayl,
Razm-u kin ichra chobuk
1
erdi Suhayl.
Yetib(oq) ularni halok etmoqchi bo‘ldi,
(Lekin) Suhayl (ham) jang va o‘q otishda epchil edi.
Qila boshlab aning birla parxosh
2
,
Ishlari kema ichra bo‘ldi savosh.
U bilan jang qila boshlab,
Ishlari kema ichida savashish bo‘ldi.
Jobir ar
3
zarb urur edi behad,
Borcha zarbin Suhayl etar edi rad.
Agar Jobir behad (kuchli) zarba ursa (ham),
Suhayl barcha zarbalarini qaytarar edi.
Qilsa ul dog‘i zarb izhori,
Munga ham tushmas erdi ul kori
4
.
U yana zarba beradigan bo‘lsa,
Bunga (hech) kor qilmas edi.
1
Chоbuk – chaqqоn, epchil.
2
Parxоsh – jang.
3
Ar – agar.
4
Tushmas erdi ul kоri – zarba kоr qilmas edi ma’nоsida.
193
Ikkisi chunki erdilar cholok
1
,
Bir-biridin alarg‘a yo‘q edi bok
2
.
Ikkisi (birday) chaqqon edilar,
Bir-biriga zarar yetkizolmasdilar.
Ko‘rdi Jobirki, qoyim
3
o‘ldi ishi,
Olida nomuloyim
4
o‘ldi ishi.
Jobir ko‘rsaki, ishi – jangi (dushmani bilan) baravar,
Bu holat (uning uchun) ko‘ngilsizlik edi.
G‘olib o‘lmoq aro bo‘lub ojiz,
O‘zin ul nav’ ko‘rmayin hargiz.
G‘olib bo‘lishga ojiz bo‘lib,
O‘zini hargiz u holatda ko‘rmagan edi.
Ilgiga hiyla shevasin oldi,
Yalang‘ochlab o‘zun sug‘a soldi.
Qo‘liga hiyla odatini oldi, ya’ni hiyla yo‘liga o‘tdi,
Yalang‘och bo‘lib, o‘zini suvga otdi.
Xasmning
5
kemasi
tubiga kirib,
Tig‘ ila kemaning tubini yorib.
Raqibining kemasi ostiga kirib,
Tig‘ bilan kemaning tubini yordi.
Taxtani uyla kov-kov etti
6
,
Ki, suv yo‘lin nechukki nov etti.
(Kema) taхtasini shunday kovladiki,
Go‘yo suv yo‘lini (kemaga) ariq qildi.
1
Chоlоk – chaqqоn.
2
Dostları ilə paylaş: