1. Odob va axloqqa doir tushuncha va misollarni kundalik hayotimizdan olish.
2. Ana shu tushunchani ifodalovchi asosiy va asosiy bo’lmagan xossalarini aniqlash
3. Agar mavjud bo’lsa,bu tushunchaning muhim holatlari ham qaraladi
4.So’zning asosiy mazmuni
5.G’oyaning asosiy mazmunini ajratish va uni ta’riflash
Sezish va idrok qilish
Idrok qilishdan tasavvur
qilishga o’tish
Tushunchani hosil qilishga o’tish
Tushunchaning hosil bo’lishi.
Tushunchani o’zlashtirish
«Aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir» (Kaykovus,154).
1) Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko’nglingga keltirmagil. Bilgilkim, ular sening uchun o’limga ham tayyor turadilar
2)Ota-ona farmonbardordir
3) «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa intil».
4) Bilgilki, aql bir moldirki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvda cho’kmas.
5)Ota-ona seni aslida jon va dil ila parvarish qiladi.
6) Ota-onanga izzat va hurmat qancha ko’p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo’lur.
Ijodiy faollikni shakllantirishning abstrakt-deduktiv metodi Bunda o’rganiladigan tushuncha uchun ta’rif tayyor ko’rinishda oldindan konkret misol va masalalar yordamida tushuntirilmasdan kiritiladi. Masalan, 4-sinflarga mo’ljallangan «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Husayn Voiz Koshifiyning «Salomlashish odobi» (2-chorak), Jonatan Sviftning «Gulliverning sayyohatlari»(3-chorak), Nizomi Aruzi Samarqandiyning «Sulton Mahmud va Beruniy» (4-chorak), Xondamir qalamiga mansub «Tanbeh» kabi hikoyatlar abstrakt-deduktiv metod orqali quyidagicha taqdimot qilishni tavsiya etamiz:
Maktablardagi mavjud ahvol o’rganilganda, ilg’or o’qituvchilar o’zlarining o’quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o’quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha o’quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishga, unda erkin fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga, quyilgan masala yechimini ijodiy topishga undash motivi kuzatilmaydi.
Ma’lumki, o’qish orqali bilishga pedagoglar eshitishni, ko’rish, motor-harakat, sezish organlarini, ba’zida esa hid sezishni ham ishtirok ettirib, o’quvchilarni ob’ektiv reallikni bilishga jalb kiladilar, bunda jonli mushohada, abstrakt tafakkur va amaliyot uzviy qo’shilib ketadi. SHuning uchun ham o’qish jarayoni bevosita yoki bavosita shaklida ta’lim vositalari va pedagogik imkoniyatlar orqali sodir bo’ladigan o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Demak, o’quvchilarning o’quv faoliyati metodlarini ham o’qitishning o’ziga xos sharoitlarida qo’llaniladigan bilish metodlarining turidir, deb hisoblashga hamma asoslar bor.
O’quv faoliyati metodlarini bilish metodlari bilan qiyoslashdagi o’ziga xos xususiyat shundan iboratki, o’qitish jarayonida yangi ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy o’zlashtirish vazifasi hal qilinadi. O’qitish davomida yangi bilimlarni egallash uchun umumiy bilishga xarakterli bo’lgan sinab ko’rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha "engillashtirilgan" sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham o’quv faoliyati metodlari bilish operatsiyalari bilan qo’shib olib boriladigan o’quv jarayoni sharoitlari uchun moslashtirilgan. O’quv faoliyati metodlarni hosil qilish uchun ko’plab yillar sarflangan o’quv axborotini bilishga qisqaroq yo’lni topib beradi. Ular o’quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog’liq bo’ladi. O’quv faoliyati metodlarining o’ziga xos xususiyati mana shunda ham namoyon bo’ladi.
Dars berish metodlari o’rganish metodlarini, o’qish-bilish faoliyatining jarayonini faollashtirishga yo’llab, uni kuchaytiradi.
Maktablardagi amaliyot tahlili shuni ko’rsatadiki, fanlarni o’qitishda o’quvchilarda fikrlar ketma-ketligi va bog’liqligi masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 4-sinfning 4-choragida «O’qish» o’quv predmetida o’rganiladigan Xans Kristian Andersenning «Bolalar gurungi» ertagiga atab chizilgan rasmlar, mini-hikoyalar bolalarda ijodiy tasavvurni kengaytirishga zamin yaratadi. Ushbu ertakning sahnalashtirilgan ko’rinishi esa ularni ijodiy faollikka undaydi.