O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari. O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:
O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o’kituvchi eng avvalambor o’quvchilarda taqdim qilinayotgan o’quv materialiga qizxiqtirish uyg’otish zarur. Buning uchun u:
Asosiy mavzuni bayon etishda o’quvchilarni qanday yo’l bilan qiziqtirishi mumkin?
Oddiy bo’lmagan ma’lumotlarni so’zlab berish;
Barcha o’quvchilarga to’g’ridan-to’g’ri taaluqli bo’lganlarni gapirib berish;
So’zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish
Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish
3. Qay tarzda o’quv axborotini tugatish lozim? O’qituvchi nutqining so’ngida qo’yidagilarga amal qiladi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida
Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etishi;
Xushmuomalali va ziyrak bo’lishi;
Qo’yidagi so’z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.
Ko’rish kontakti (bog’lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
Har bir javob va taklifni doimo rag’batlanirishi maqsadga muvofiq.
Boshlang’ich ta’limda mehnat darslari ham o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o’lchashlar, qog’oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang’ich ta’limda o’quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko’rinishini yasash», «Harakatli o’yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang’ich ta’lim DTS va o’quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o’qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Jumladan, «Urug’lardan mozaika tuzish», «Rangli qog’ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.