Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари


O’quv faoliyatida zamonaviy texnologiya



Yüklə 219,5 Kb.
səhifə8/9
tarix06.09.2023
ölçüsü219,5 Kb.
#141686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Motivlarr

2.2. O’quv faoliyatida zamonaviy texnologiya
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish .Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang’ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli o’yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo’llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o’z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo’yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o’yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo’ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o’yin usullari sifatida o’qitishning ma’lum bir paytida o’tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ishbop o’yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo’ljallangan ishbop o’yinlar takrorlash, mustahkamlash, o’tilganlarning qay darajada o’rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o’yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday o’yinlar faqat bilishga oid bo’lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir.

XULOSA
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.
Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.
SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.



Yüklə 219,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin