Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ularni o’quvchilarda qo‘llash usullari


Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi



Yüklə 33,25 Kb.
səhifə5/6
tarix28.09.2023
ölçüsü33,25 Kb.
#150127
1   2   3   4   5   6
Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ular-fayllar.org

Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi.
Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo‘ldi. 15-20 yildan so‘ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So‘nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda.
Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo‘lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo'Iib, ular asosida texnika va texnologiyalaming yangi avlodlari yaratildi. Ishlab ehiqariladigan mahsulotlar o'zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o'zgarib bordi, ta'lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo'yila bordi.
Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta'lim tizimga u tomonidan qo'yiladigan talablar nima bilan belgilanadi?
Birinchidan - fanning o'sib borayotgan o'rni bilan, XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur'atlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. Shuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo'ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur'atlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda.
Fanning jadal taraqqiyoti, ilmi-texnik informatsiyaning tegishli taraqqiyotiga olib keladi.
Faning eksponenta bo'yicha rivoji uning ko'chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik informatsiyaning ham rivoji ko'chkisimon jarayon hisoblanadi.
Informatsiya oqimining ko'chkisimon o'sish sur'atini saqlash, uchun zamonaviy telekommunikatsion informatsion tizimlar yaratilmoqda va faoliyat ko'rsatmoqda.
Ko'rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o'sish sur'ati va hajmi, 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi.
Fan tarqqiyoti, bu oliy ma'lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. Shuning uchun, oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim - zamonaviy axborot oqimini o'zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnikaviy axborotlar va o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta'minlashi lozim.
Ikkinchidan - zamonaviy fanning ko'chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq ma'lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo'lishi bilan ham ta'minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fiziko-kimyoviy mexanika va ko'pgina boshqa fanlar. Fan daraxti paydo bo'ladi. Ma'lum fanlar ulanmalarida tug'ilgan yangi fan - yangi ilmiy yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o'z ichiga oladi. Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim original va noan'anaviy fikrlash qobiliyatini, o'z ustiga tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.
Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o'zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.
Uchinchidan - faning ko'chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o'suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi. Zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanishni, o'qitishni individuallashtirishsiz tasavvur qilib bo'hnaydi. Shunday ekan, zamonaviy o'qitish tizimining markaziy o'zagi - o'qitishni individuallashtirishdir. Shuning uchun o'qitishni individuallashtirish, mustaqil ta'lim, masofaviy o'qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
To'rtinchidan. muhandislik yechimlar turining keskin ko'payishi ilmiy-texnik taraqqiyotining xususiyati hisoblanadi. Materiallar, texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo'ladi. Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga qo'llash muddatlarini qisqaradi. Masalan, telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasidan 56 yil o'tgan bo'lsa, radioga-35, televizorga-14, atom energiyasiga-6, tranzistorga-5 yil o'tdi. Hozirgi paytda bu muddat, odatda 1 yilga ham yetmaydi.
Shunday qilib, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlovchi tizim, ularda ishlab-chiqarish, texnika texnologiyaning uzluksiz o'zgarib turuvchi sharoitiga zudlik bilan moslashuvchanlikni shakllantirishga yo'naltirilishi zarur. Ular bilimlar harakatlanuchanligi, tanqidiy fikrlash, ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim.

Yüklə 33,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin