Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
4. Rasmlar ustida ishlash. «Ko‗cha» rasmi.
O‗qituvchi:- Bolalar, bu rasmda nimalar bor ekan? (uylar, mashinalar, 
odamlar) 
- Qaysi uy balandroq? Pastroq? Sariqning chap tomonidachi? Yashilning 
o‗ng tomonidachi? 
- Mening qo‗limda nima? (daftar, kitob) Nima qalinroq? (kitob) 
- Diqqat bilan atrofingizga qarang, nima sinfda bittadan?(doska) 
5. Kitob bilan ishlash. Yangi mavzuni tushuntirish. –Bolalar, rasmga qarab 
ayting. 1 raqami nimaga o‗xshaydi? (ninaga). Endi bir raqami haqida she‘r 
eshiting.
Ona Vatan yagona, 


53 
Kurramiz ham yagona 
Bittadandir har odam 
Yozishga ham o‗ng‗ayman, 
Chizg‗ichga o‗xshayman.
O‗qituvchi bir necha marta bolalar bilan qaytaradi. 17-betdagi rasmga 
qaraymiz. Tepadagi qatordan boshlaymiz.
- Birinchi rasmda nima yozilgan? Ikkinchisida-chi? Uchinchisida-chi? 
Oxirgisida- chi? Bir so‗z bilan shu rasmlarni aytingiz. (transport)
- Avtobusning chap tomonida nima bor? Vertolyotda-chi? Vertolyot bilan 
samolyot o‗rtasida nima bor? 
- Nechtadan samolyot? Vertolyot-chi? Mototsikl-chi? (bittadan) 
- Ikkinchi rasmga qarang. Transportlarning tagida nima tasvirlangan? Kim 
qo‗g‗irchoqning chap tomonida? O‗ngida-chi? (quyonlar) 
- Nechta avtobus? Nechta quyonlar? 
- Pastdagi rasmda nima chizilgan? 
- Ular nimalar? Bir so‗z bilan ta‘riflang. (9yovvoyi hayvonlar) 
- Yovvoyi hayvonlarga qaysi hayvonlar kiradi?
- Ularni qaerda ko‗rishimiz mumkin?.
6. Daftar bilan ishlash. Bugun bizning darsimizga Bilmasvoy tashrif 
buyurdi. U bizdan rasmdagi hayvonlarni sanab berishni so‗radi. Qaysi raqamni bu 
rasmning tagiga yozish mumkin.
Men oldinda turaman, 
Chizg‗ichingga qarab boq.
Tartib sonlar ichida, 
Birinchiman, hoy o‗rtoq.
Daftaringizni ochib, qizil siyoh bilan yozilgan 1 raqamini bir katak tashlab 
yozing. Yozishni boshlaymiz.
1 1 1 1 1 1 1
Katakning o‗rtasidan boshlab, o‗ng tomonidagi burchakka yozib, to‗g‗ri 
tayoqchasini pastki chiziqning o‗rtasiga tushuramiz.


54 
Bolalarga raqam bilan son farqi nimaligini tushuntirib berish. Raqamlarni 
yozamiz, sonlarni sanaymiz. Bolalar, Bilmasvoy bizdan yordam so‗rab kelibdi.
Qomatini ko‗rganlar, 
Qiyos etar oqqushga.
Mendan dir-dir titraydi, 
Ixlosi yo‗q o‗kishga.
Doskada ikki raqamining yozilishini o‗qituvchi o‗rgatadi.
2 2 2 2 2 2 2
Ikki raqami o‗rtadan sal balandroq boshlanadi. Qo‗l uzmay yoziladi.
Yozish tushuntiriladi. O‗quvchilar katak tushlab yozadilar.
7. Darsni yakunlash. Bugungi darsda nima o‗tilganini eslatib o‗tish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin