Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
 
 



45 
2.2. Boshlang‘ich sinflarning o‘quv faoliyatini integratsiyalash ta’lim 
samaradorligi omili sifatida. 
Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik, 
pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik. Ma‘lumki, 
o‗qitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bog‗liq, lekin inson 
shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya 
ta‘lim jarayonining barcha majmuini o‗z ichiga oladi. Zamonaviy intelektual 
insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, 
iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi 
va ularning o‗zaro bog‗likligini ta‘minlaydi. 
Integrativ ta‘lim jarayonida o‗quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat 
konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o‗zaro munosabatlari haqida xar 
tomonlama bilimlarga ega bo‗lib kamol topadi. Tabiat go‗zalligini xis qila 
olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko‗nikmalariga ega bo‗ladi. 
Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‗llash 
ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari 
o‗quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. 
Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‗quv predmetlararo munosabatlarning 
murakkab jihatlarini to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki 
mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, 
integirativ yaxlitlik vujudga keladi. 
O‗quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga 
kuchli ta‘sir ko‗rsatib: 

ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o‗qitish imkoniyatlarini 
kengaytirish imkonini beradi; 
Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan 
o‗qituvchi o‗quvchilarda o‗zining faniga bo‗lgan qiziqishini oshiribgina 
qolmasdan, mazkur fanni o‗zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo 


46 
aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‗quv tarbiya 
jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. 
Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‗quvchilarda dunyoga yaxlit, o‗zaro 
aloqador bo‗lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu 
muammolar yechimini ko‗ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat.
Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bo‗lgan munosabati: ―inson va 
tabiat‖, ―inson va jamiyat‖, ―inson va inson‖, ―inson va texnika‖, ―tabiat-inson-
texnika-atrof-muhit‖ muammosi tobora markaziy o‗rin egallamoqda. 
Tabiatni o‗rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o‗rganib bo‗lmaydi. Uni 
bog‗cha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o‗rganmoq zarur. 
Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi 
muammolarni o‗rganuvchi turli o‗quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va 
integratsiyasini aks ettirmog‗i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat 
jihatdan yangi o‗zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o‗ziga xos sintez, tabiiy 
fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo‗nalishlar majmui sifatida namoyon 
bo‗ladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi 
tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.
Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, 
inson faoliyatini o‗rganish, tinchlik uchun kurash bo‗yicha global masalalarning 
yechimini topishda tabiiy fanlarning o‗rnini samarali tarzda belgilab berish 
mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab o‗quv fanlaridagi maxsus bilimlar 
bilan umumiy-madaniy bilimlar o‗rtasidagi o‗zaro nisbatning uzviylik asosida 
o‗zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi.
Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi 
mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‗ladi.
Tadqiqotlarimiz tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – 
jamiyat – inson» uzviylik tizimida o‗rganish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini 
insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bo‗lib hisoblanishini 
ko‗rsatib berdi.


47 
Yangi didaktik tizimni ishlab chiqishda dunyoni yaxlit idrok etish, tizimli 
tafakkur va «tabiat – inson» tizimini aksiologik jihatdan baholash dastlabki ko‗zda 
tutilgan maqsad bo‗lib hisoblanadi. Bunday yondashuvda o‗qitishdagi ilmiylik 
tamoyili butunlay yangicha sifat kasb etadi.
Ilmiylik mezonlarida zamonaviy ilmiy uslubda fikrlashning bilimlar 
oldidagi shubhasiz ustunligi hisobga olinadi.
Tabiiy fanlar mazmunini insonparvarlashtirish konsepsiyasi asosida 
integrativ yondashuvni amalga oshirish borasidagi tajribamiz natijalari 3-4-sinflar 
uchun «Tabiatshunoslik» kursi dasturining ishlanmasida nisbatan aniq taqdim 
etilgan.
«Tabiatshunoslik» kursi konsepsiyasini ishlab chiqishda biz zamonaviy, 
rivojlanayotgan jamiyatga o‗tish davrida o‗quvchilar dunyoqarashining real 
dunyodagi ob‘ektiv munosabatlarni uzviylik asosida integratsiyalashgan tarzda 
aks ettiruvchi «inson – tabiat» tizimidagi o‗zaro aloqadorlik to‗g‗risidagi 
bilimlarga asoslangan bo‗lishi kerakligini hisobga oldik. Bunday yondashuv 
o‗quvchilarning zamonaviy jamiyatning ma‘naviy timsollari ekologiyaning qat‘iy 
talabiga teran bog‗liq ekanini tushunishlariga olib keladi (tabiatdan ilmiy 
asoslangan tarzda foydalanishgina insoniyatning omon qolishini ta‘minlab va 
uning kelgusi rivojlanish yo‗lini belgilab bera oladi xolos). 
Bunda quyidagilar yetakchi g‗oyalar hisoblanadi: 
1. Tabiatning birligi, yaxlitligi va tizimli tarzda tashkil topganligi g‗oyasi. 
2. Jonli mavjudotlar, jumladan inson tabiatni maxsuli. 
3. Tabiat va insonning o‗zaro uzviy bog‗liqligi g‗oyasi. 
4. Insonning koinotdagi burchi va tabiatdan ilmiy asoslangan tarzda 
foydalanishni anglash orqaligina «tabiat – inson» tizimini uyg‗unlashtirish 
mumkinligi g‗oyasi. 
Kursning vazifalari: 

o‗quvchilarda dunyoning hozirgi tabiiy-ilmiy manzarasi kontekstida 
tizimli tafakkur ibtidosini rivojlantirish; 

o‗quvchilarda tabiat ob‘ektlari va hodisalari, unda kechadigan jarayonlar 


48 
qonuniyatlari, tabiat birligi ta‘limoti tizimidagi tabiat qonunlari to‗g‗risida 
bilimlarni shakllantirish; 

tabiatshunoslikda bilishning o‗ziga xos metodi sifatida o‗quvchilarning 
fenologik kuzatish qobiliyatini, tarkib toptirish; laboratoriya ishlarini bajarishda 
eksperimental ko‗nikma va malakalarini rivojlantirish; kichik tadqiqot ishlarini 
o‗tkazish. 

o‗quvchilarda ekologik ta‘lim-tarbiya asosi hamda zamonamizning 
global muammolari mohiyatini anglashning muhim bo‗g‗ini sifatidagi «tabiat – 
texnika – inson» munosabatlari tizimida aniq yo‗nalish beruvchi qat‘iy ishonch 
tizimini hosil qilish; 

o‗quvchilarning erkin, mustaqil fikrlashi hamda muammolarni to‗g‗ri 
payqay olish, xulosa chiqarish va ularni hal etish yo‗lini topish layoqatini 
rivojlantirish; abstrakt tafakkur va bilimlarni umumlashtirish (tahlil, sintezlash, 
qiyoslash, analogiyasini topish, sabab-oqibatiga ko‗ra aloqalarini belgilash) 
malakalarini rivojlantirish; 

o‗quvchilarda tabiatni estetik idrok etishni rivojlantirish – ularni 
ma‘naviy rivojlantirish vositasi va dunyoni anglash usullaridan biri sifatida; 

o‗quvchilarda ekologik tafakkur va tabiatga qadriyatli munosabatda 
bo‗lishning asosi sifatida insonparvar, ma‘naviy timsollarni shakllantirish. 
Ko‗p yillik tajriba va mavjud tadqiqotlar taxliliga suyangan holda shuni 
qayd qilish mumkinki, tabiatshunoslikka oid asosiy bilimlarni 3-4 sinfdan 
boshlash yaxshi natija beradi.
«Tabiatshunoslik» integrativ kursi o‗quvchilarda dunyoning hozirgi tabiiy-
ilmiy ko‗rinishiga muvofiq keluvchi fikrlash uslubi (tizimli tafakkur)ni 
shakllantirishga yo‗naltirilgan, bu hozirgi dunyoning insonparvar yo‗l bilan hal 
etilishini kutayotgan dolzarb muammolarini anglab yetishga imkon yaratadi. Kurs 
tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirish konsepsiyasi asosida ishlab 
chiqilgan bo‗lib, u bilimlarni yagona metodologik negizda integratsiyalashni: 
tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» tizimida 
o‗rganish lozimligini asoslab beradi. 


49 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin