Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Uchinchi faza – yangilikni amaliyotga kiritish.
1. 
Boshqaruv resurslari. Keng masshtabli yangiliklarni amalga 
oshirishda boshqaruv resurslari ishga solinadi. U holda rahbar tashabbus va 
mas‘uliyatni o‗z bo‗yniga oladi va butun pedagogik jamoani ekperimentga jalb 
etadi, qatnashishni talab etadi. 
2. 
Innovatsion o‗quv. Innovatsion texnologiyalarni o‗qish – o‗rganish 
butun pedagogik jamoani jalb qilish orqali amalga oshirish yaxshi samara beradi. 
Bu jarayonni amalga oshirishda rahbarning avtoriteti muhim rol o‗ynaydi.
To‘rtinchi faza – yangilikni joriy etishni mustahkamlashdan iborat. 
Bu fazada yangilikni o‗qish – o‗rganish butun pedagogik jamoa qatlamini 
to‗la qamrab oladi. Xattoki yangilikka qarshi bo‗lganlar ham bu jarayonga jalb 
etiladi. Bunday hollarda maktab rahbarini vazifasi ikki barobar oshib, u faqatgina 


40 
tashkiliy pedagogik ishlar bilan chegaralanib qolmay, bir vaqtning o‗zida ruxiy 
psixologik muhit yaratishi, ijodiy yondashuv asosida ish yuritishga to‗g‗ri keladi. 
Shunda maktabda yangilik tizimiga adaptatsiya qilishga optimal sharoit yaratish 
zaruriyati tug‗iladi. Bu holat bir tomondan pedagog va o‗quvchilar bilan 
psixokorreksion ishlarni o‗tkazish, yangicha sharoitda, yangicha fikr yuritish, 
yangicha ish yuritadigan o‗qituvchi va pedagogik jamoani shakllantirish eng 
muhim zaruriy shartlardan bo‗lib qoladi.
Biz hozir ko‗rib chiqqan model innovatsion jarayon rahbarlar tomonidan 
tashkil etiladigan, ularning tashabbuslari bilan ―yuqoridan‖ yangilikni o‗quv 
jarayoniga kiritishdan iborat. 
Innovatsion jarayonni, yangilikni yuqoridan emas, pastdan, o‗zini – o‗zi 
rivojlantirish prinsipidan kelib chiqib innovatsion g‗oyani ma‘lum guruh 
o‗qituvchilar tashabbus ko‗rsatib, ishlay boshlaydilar. Innovatsion g‗oyani amalga 
oshirish ishlarini boshqa hamkasblari qo‗llab – quvvatlab, ular ham shu yo‗sinda 
ish tuta boshlaydilar.
Bunday holatlarda bir guruh o‗qituvchilar ham yangicha ishlash ishtiyoqi 
bilan tajriba – sinov ishlarini amalga oshiradilar. Shu asosda maktab o‗quv 
jarayoniga yangilikni kiritish ishlari boshlanib ketishiga sabab bo‗ladi. Albatta bu 
holatda ham yangilikni tatbiq etishda qarama – qarshiliklar bo‗lishi mumkin. 
Bunday holatda ko‗pchilikning fikrlari g‗olib chiqadi. Va asosda yangilikni 
zarurligi, o‗z vaqtida amalga oshirish ta‘lim sifatiga erishish garovi ekanligiga 
ishonch hosil qilinadi. 
Yuqorida keltirilgan ―yuqoridan‖ tashabbus asosida yangilikni o‗quv 
jarayoniga qo‗llanishini ―pastdan‖ tashabbusga nisbatan qarama – qarshi qo‗yish 
mumkin emas. Ammo yangilikni yuqoridan markazlashtirilgan holda kiritilganda 
o‗qituvchilarning innovatsion tashabbuskorligi pastroq darajada bo‗lishi 
kuzatiladi.
Shu sababli maktab rahbarlari yangiliklarni pedagogik faoliyatga kiritishni 
rejalashtirishda: yangilikni maqsad va vazifalarini, uni o‗quv jarayoniga 
kiritishning real imkoniyatlari, ped.jamoa uchun ijodiy muhit yaratish, ta‘lim – 


41 
tarbiyaviy ishlarni yangicha ishlash modelini, maktabning moddiy – texnik 
imkoniyatini, tajriba – sinovni olib borish texnologiyasini boshidan oxirigacha 
mantiqiy ketma – ketligini ped.jamoaning o‗zi bilan hamkorlikda ishlab chiqishi 
kerak. Kelgusida maktab rivojlanuvchi rejimida ishlashi, sifat samaradorlikni 
kafolatlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Pedagogik jamoa esa, ijodkor 
o‗qituvchidan – ijodkor pedagogik jamoa majmuasiga aylanishiga ishonch hosil 
qilishi kerak. 
Pedagogik innovatika pedagogikaga nisbatan yangi shakllanayotgan fandir. 
Uni paydo bo‗lganiga 15 yillar bo‗lgan. Umuman innovatika fani oldingi asrning 
80 yillarida paydo bo‗lgan. O‗zbekistonda esa mustaqillik yillarida shakllana 
boshladi. 
Innovatika fan sifatida yangiliklarni yaratilish qonuniyatlarini, ularni 
o‗zlashtirish va tarqatish, tatbiq etish jarayonini o‗rganadi. (V.A.Slastyonin, 
P.S.Podыmova) 
Avvalo innovatsiyalar novator, bunyodkor, izlanuvchan ijodkor, yil 
o‗qituvchilari ko‗rik tanlovlarda ishtirok etgan o‗qituvchilar faoliyatida kuzatiladi. 
Hozir mamlakatimizda innovatsion texnologiyalar iqtisodchilar, tadbirkorlar, 
fermerlar harakatlarida ham uchramoqda. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin