Ma’ruza. Interfaol ta’lim metodlari Reja



Yüklə 79,66 Kb.
səhifə1/7
tarix12.05.2023
ölçüsü79,66 Kb.
#112024
  1   2   3   4   5   6   7
Induallasqan bilim beriw. Bilim prossesin individuallastırıw usılları interfaol ta\'lim metdlari


Ma’ruza. Interfaol ta’lim metodlari
Reja:
1.Individual ta’lim printsiplari.
2.Interfaol darsning afzalliklari. 3.Shaxsni o’zini – o’zi rivojlantirish.
4.Interfaol dars shakl – formalari.

1.Individual ta’lim printsiplari.
Ma’lumki, mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim jarayoniga tatbiq etishning so’nggi bosqichi: sifat va samaradorlikni ta’min etuvchi eng mas’uliyatli davri boshlandi.
Standartlar takomillashtirildi, dasturlar moderinizatsiya qilinib, variativ o’quv rejalar, darsliklar tender asosida tanlanib, ularning yangi avlodlari barcha umumta’lim maktablariga yetkazildi. Maktablarning moddiy bazasi kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Yangi – yangi maktablarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy asbob – uskunalar, jixozlar, texnika vositalari, informatsion axborot vositalari, kompyuterlashtirish, axborot – resurs markazlari bilan ta’minlanmoqda.
O’qituvchilar va o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish, tabaqalashgan holda moddiy, ma’naviy rag’batlantirish mexanizmlari yaratilmoqda. Qisqa qilib aytganda, xalq ta’limi xodimlariga har tomonlama jahon talablariga mos jixozlangan maktab, akademik litsey, kasb – hunar kollejlarida farzandlarimizga zamonaviy o’quv xonalar va laboratoriyalarda ta’lim berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilib berilgan. Bu haqda chet ellik ekspertlar ham o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirmoqdalar.
Ana shunday sharoitda yangilangan innovatsion pedagogika asosida dars o’tishga barcha o’qituvchilar tayyormi? Ular mas’uliyatni xis qilgan holda jonbozlik ko’rsatishyaptimi? Maktablarda hamon eski qolipdagi zerikarli darslardan voz kechish uchun nima qilmoq, ishni qanday tashkil etmoq kerak?
Umumta’lim maktablarida interfaol usullarni qo’llash, ta’lim sifati va samaradorligini ko’tarish, takomillashtirilgan standart va moderinizatsiya qilingan dasturlarni o’zlashtirishni kafolatlash, o’quvchini faollikka, erkin fikr yuritishga o’rgatish, o’z nuqtai nazarini himoya qilishga erishtirish uchun nima qilmoq, qanday choralar ko’rmoq kerak?
Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun o’qituvchi faoliyatini innovatsion asosda qayta ko’rib chiqish, interfaol ta’limni yo’lga qo’yish dolzarb bo’lib qolmoqda.
O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga tanqidiy yondashib, psixologik qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni ta’lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish orqali ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga barcha kuchlarini va e’tiborlarini qaratishni talab etadi.
Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy etilmog’i kerak. O’quv jarayoni markazida o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. Shaxsga qaratilgan ta’lim o’quvchini o’quv – biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Innovatsion, interfaol ta’lim o’qituvchi va o’quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o’z shaxsini rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi.
Yuqorida aytganimizdek, o’quvchi shaxsiga, uning qiziqish, hoxish, istagiga, extiyojiga qaratilmog’i kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog’i talab etiladi. Endi ta’limni individuallashtirish deganda nimani tushunish kerak? degan savolga javob beraylik.

  • Ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o’qitish usuliki, bunda har bir o’quvchi o’quv jarayonida faol ishtirok etib, o’quv – biluv jarayoniga shaxsiy xissa qo’shishi hisobga olinadi.

  • Ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o’quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.

  • O’quv – metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o’quvchi o’quv – biluv jarayoni markazida bo’ladi.
    Yüklə 79,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin