Ma’ruza. Interfaol ta’lim metodlari Reja


An’anaviy darslarning kamchiligi



Yüklə 79,66 Kb.
səhifə5/7
tarix12.05.2023
ölçüsü79,66 Kb.
#112024
1   2   3   4   5   6   7
Induallasqan bilim beriw. Bilim prossesin individuallastırıw usılları interfaol ta\'lim metdlari

An’anaviy darslarning kamchiligi:

  • Darslarning bir xilligi, bir qolipdaligi;

  • Boshlang’ich ma’lumot berilib, uni o’zlashtirish jarayoni uyda, reja, vazifa, mashq orqali amalga oshishi;

  • O’quvchilar passiv eshituvchi va mustaqillikning yo’qligi;

  • O’quvchilar bir – birlari bilan nutqiy fikr almasha olmasliklari;

  • Qayta aloqalar yo’lga qo’yilmaganligi;

  • Har bir faoliyat o’rtacha o’quvchiga yondashuv asosida kechishi; - Ta’lim mazmunini yetkazish asosan o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi.


    Endi mamlakatimiz maktablarida foydalanilayotgan ta’lim modeli bilan tanishamiz:
    Passiv usul. O’quvchi o’qituvchining so’zidan, aytib berishi, hikoya qilib berishi, ma’ruzasi, og’zaki tushuntirishi, bayon etishidan o’quv materiallarni eshitadi, ko’radi, o’zlashtirishga harakat qiladi. O’quv materiali uy vazifalarni qo’llanma, masala, mashqlar to’plami, darsliklardan o’qib o’rganiladi. Bu jarayonda o’quvchi bilan o’qituvchi orasida muloqat, aloqalar munosabatlari tizimli o’rnatilmagan. O’quvchi o’z darajasida – qobiliyali, qiziqishi, istak, hoxishi asosida o’zlashtiradi. Unda ta’lim mazmunini standartlar darajasida o’zlashtirish kafolatlanmaydi.
    Faol usul. An’anaviy usuldan keng foydalaniladi. O’qituvchi ta’lim mazmunini bayon etishda bor kuchini, mahoratini ishga solib, dalil, ko’rgazmali qurollar, didaktik tarqatma materiallar yordamida ta’sirchan qilib tushuntirishga harakat qiladi. O’qituvchi o’quvchilar bilan Nazoratfikr almashadi. Muloqat o’rnatadi. Ijodiy ishlar berish orqali mashqlar yechadi. Uy ishlarini ham mustaqil ishlash, takrorlash orqali amalga oshiradi. Ta’lim mazmunini bir muncha yuqori o’zlashtirishga erishadi.
    Interfaol usul. O’quvchilarga dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr almashishlari uchun ijodiy muhit, o’zaro axborot berish va olish uchun sharoit yaratadi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muxokama etadilar va yechadilar, vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida o’z bilimlarini bir – birlariga namoyish etadilar. Bir – birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Chizmalar, yozma konspektlar yuritadilar. Har bir ishtirokchi ta’lim mazmunini mualliflaridek xis etadilar. Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar. Yana qo’shimcha ma’lumotlar to’plash uchun qo’shimcha adabiyotlarga, internet orqali ma’lumotlar to’plashga kirishadilar.
    Endi interfaol metodlarga batafsilroq to’xtalamiz.

    Yüklə 79,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin