16
ko‗rsatdi: mana shu maqsad yo‗lida toshkentda ilg‗or fikrli ziyolilar va turli
guruhlardan iborat ―Turon‖ jadidchilar jamiyatini tashkil etdi. Munavvar qori
Turkiston o‗lkasining iqtisodiy va ma‘daniy taraqqiyot yo‗liga kirishida,
musulmon bolalariga dunyoviy bilimlar berishning birdan-bir yo‗li eng avvalo
mavjud eski maktab va madrasalarni isloh qilish, yangi maorif tarmoqlarini
yaratishda deb tushungan holda, o‗ris-tuzem maktablariga qarshi yangi usuldagi
maktablarni ochishga ahd qiladi. O‗zbek halqini ma‘rifatli qilishga intilgan
Munavvar qori 1918 yil may oyida Toshkent shahrida ―Turk o‗chog‗i‖ ilmiy-
ma‘daniy jamiyatini tuzadi. Ushbu jamiyat Turkiston turklarini milliy tug‗ ostiga
to‗plab, ularga milliy ruh , milliy g‗oya va milliy tarbiya berish, milliy urf-odatlar
asosida ilm-ma‘rifatli, tijorat, adabiyot va san‘atni rivojlantirib, chin bir turk
ma‘daniyatini vujudga keltirishni va shu tariqa millatimizning ruhiy va jismoniy
quvvatini orttirishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Munavvar qori ana shu
g‗oya asosida astoydil ish olib bordi.
Dostları ilə paylaş: