Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi


Dars- deb bevosita o‘qituvchining rahbarligida muayyan o‘quvchilar



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Dars- deb bevosita o‘qituvchining rahbarligida muayyan o‘quvchilar 
guruhi bilan olib boradigan ta’lim mashg‘ulotiga aytiladi. 
Maktablarimiz bosib o‗tgan tarixiy davr ichida ta‘limni tashkil qilish 
shakllari o‗zgardi, rivojlandi. Xozir maktablarimizda qo‗llanilayotgan sinf-dars 
tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi. 
1. Xar qaysi sinf yoshi va bilimiga ko‗ra bir xil darajadagi bolalarning 
doimiy guruhiga ega bo‗ladi. 
2. Dars mashg‗uloti asosan 45 minutga mo‗ljallangan bo‗lib, qat‘iy jadval 
orqali olib boriladi. 
3. Dars bevosita o‗qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib 
boriladi. 
4. Dars o‗tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan 
olib boriladi, ta‘lim tizimining bir qismi sifatida , albatta, tugallangan bilim beradi 
va navbatdagi bilimlarni o‗zlashtriish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. 
Darsning muayyan miqdordagi tiplarini belgilashning turlari, yo‗llari bilan 
uning ancha jiddiy strukturasi ishlab chiqilgan. T.A.Ilina darsning o‗z 
strukturasiga barcha asosiy elemenlarini olgan tipini, ya‘ni umumiy yoki aralash 
darsni tavsiya etadi. 


19 
Darsning birinchi bosqichi-Tashkiliy qism. Odatda, bu qismga 
salomlashish, o‗quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorligini 
tekshirish, darsda yo‗q o‗quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e‘lon qilish kiradi. 
Tashkiliy qismning maqsadi- darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir. 
Darsning ikkinchi bosqichi - yozma uy vazifasini qo‗yilgan maqsaddan 
qat‘iy nazar , turli metodlar bilan tekshirish. 
Darsning uchinchi bosqichi- o‗quvchilarning bilimlarini og‗zaki tekshirish 
(yoki ulardan so‗rash). 
Darsning to‘rtinchi bosqichi- o‗qituvchining bayon etishi asosida yoki 
o‗qituvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin