3. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida grammatik mashqlar va ularning turlari, uyushtirilishi.
Yordamchi maktabda ona tili o‘qitish metodikasida olimlardan Gnezdilov M. F. , Smirnova Z. N. , Aksyonova A. K. , Voronkova V. V. , Ko‘do‘kbayeva S. , Kolevatova L. I., Raxmanova V. S. va boshqalar fikricha grammatika va orfografiyaga o‘rgatish samarali bo‘lishi bolaning analiz va sintez qilish kobiliyatini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘likdir.
Bu ishlarni ular ikki boskich bo‘yicha tashkil kilishni tavsiya etadilar: 1. tayyorgarlik; 2. almashtirilayotgan tovushlarni eshitish yo‘li bilan va talaffuz jixatdan farklash.
Birinchi boskichda og‘zaki nutqni o‘stirish, almashtirilayotgan xar bir tovushning talaffuzini aniqlash va uni eshitish yo‘li bilan ajratish, idrok etish, tovushlar ketma-ketligini aniklashga o‘rgatiladi. Bu boskichda olib boriladigan ishlar kuyidagilardir:
-ko‘rish, eshitish, taktil (sezish yo‘li bilan) idrokini rivojlantirish, talaffuz etish yo‘li bilan so‘zni bo‘g‘inlarga, tovushlarga ajratish; so‘z ichida tovushlar o‘rnini aniqlash, so‘zdagi tovushlarning ketma-ketligini aniklash.
Ikkinchi boskichda almashtirilayotgan tovushlarning talaffuz kilinishi aniklanadi va eshitish jixatdan o‘xshash tovush, bo‘g‘in, so‘fzlarni kiyoslash ishlari olib boriladi. (unli, undosh, jarangli, jarangsiz) Bu boskichning asosiy maksadi - tovushlarni bir-biridan farklashdir.
Grammatik tahlil-tarkib usuli yozuv darsining xar bir bosqichida ishlatiladi. Fonetik, morfologik, sintaktik tahlil ketidan yozish, yozilgan matnni tahlil etish, nuqtalar o‘rniga kerakli xarflarni yozish, so‘zlarni bir biridan ajratish, buyum nomi, harakati, belgisini bildiradigan so‘zlarni guruxlarga jamlash, gap tuzish va shu kabi dastur bo‘yicha olib boriladigan ishlar o‘quvchilarning nafaqat analiz-sintez qilish malakalarini, balki kuzatuvchangligi, diqqati, tafakkuri, idroki va boshqa psixik jarayonlarning rivojlanishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini korreksiyalash imkonini beradi.
Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ona tili va yoquv darslarida grammatik tahlil usuli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Grammatik tahlil orqali o‘quvchilarning grammatika va imlodan olgan nazariy bilimlarini nutqiy amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari shakllanadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif bolalar nazariy bilimga ega bo‘la turib, qoidalarni yod olib, biroq ularga amal qilmasligi mumkin. Bunday kamchilik nazariyaning amaliyotdan ажралиб qolishi natijasida vujudga keladi. Aqli zaif bolalar egallab olgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliyotga tadbiq eta olmaydilar. Grammatik qoidadan mashqka o‘tish – grammatik nazariyani grammatik amaliyot bilan bog‘lash demakdir. Grammatik tahlil усули xarakteriga ko‘ra analitik mashq bo‘lib, o‘tilganlarni qaytarish va mustahkamlash, grammatika va imlodan o‘quvchilar bilimini nazorat etish va baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Yordamchi maktabda mazmuniga ko‘ra grammatik tahlilning to‘rt xili qo‘llanadi: fonetik, morfologik, sintaktik va aralash. Fonetik tahlilda so‘z ichidagi bo‘g‘in, tovush va xarflar ajratiladi, ularning turlari (unli, undosh, jarangli, jarangsiz) aniqlanadi. Ushbu turdagi tahlilda tovush artikulatsiyasi, qanday talaffuz etilishi va yozuvdagi uning belgisi - harf shakliga ham alohida e’tibor beriladi.
Morfologik tahlil ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi: so‘z tuzilishi va so‘z turkumlariga ko‘ra. So‘z tuzilishi tahlilida o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar, o‘zakdosh so‘zlar farqlanadi. So‘z turkumlariga ko‘ra tahlilda o‘quvchilar so‘zga svol berib, qaysi so‘z turkumi ekanligini aniqlaydilar, ma’nosi(nimani bildirishi)ni, ayrim grammatik belgilarini aytib o‘tadilar. Masalan paxtakor so‘zi kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, so‘z turkumlaridan otga kirishi, birlikda kelishi aniqlanadi. Ot so‘z turkumini таҳлил etishda avval so‘roq beriladi, narsa номини bildirishini, bosh kelishik shaklida ekanligi, birlik yoki ko‘plikda kelishi tahlil etiladi. Agar egalik qo‘shimchasi bo‘lsa shaxsi aniqlanadi.
Grammatik tahlil xajmiga ko‘ra to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. To‘liq tahlilda nafaqat o‘rganilayotgan grammatik hodisa, balki ilgari o‘rganilganlari ham tahlil etiladi. Masalan, yordamchi maktabning oltinchi sinfida «o‘qidim», so‘zini tahlil etganda, so‘roq berish bilan fe’l ekanligi, uning bosh shakli (o‘qi), bo‘lishli yoki bo‘lishsizligi (bo‘lishli), shaxsi (1 shaxs), soni (birlik), zamoni (o‘tgan zamon) aytiladi.
To‘liq bo‘lmagan, qisman tahlilda esa faqat o‘rganilayotgan grammatik hodisagina tekshiriladi.
Shakliga ko‘ra grammatik tahlil og‘zaki, shartli belgilar bilan, yozmalarga bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq shartli belgilar yordamida og‘zaki tahlil o‘tkaziladi va ba’zan yozuvga tushiriladi. Og‘zaki tahlilni sintetik mashq bilan bog‘lab o‘tkazish qulay bo‘lib, unda o‘quvchilardan o‘z fikrlarini tushuntirish, isbotlash va bog‘lanishli bayon qilish talab etiladi.
Yozma tahlil, ko‘p vaqt talab etishiga, yozuvdagi texnik qiyinchiliklarga qaramay, turli yozuvlar va sxemalar vositasi bilan quyidagicha bajariladi:
1. So‘z ustiga yoki yoniga (qavs ichida) so‘z turkumi, uning shakli qisqartirib masalan ot-o. , sifat-s. , fe’l-f. ,1shaxs-1sh. kabi yozib qo‘yiladi.
2. Ot tagiga bir to‘g‘ri chiziq, sifatga to‘lqinli, fe’lga ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi. Gap bo‘laklari ham xuddi shunday belgilanishi mumkin.
3. So‘zning morfologik tarkibini turli belgilar bilan ko‘rsatish mumkin. Masalan, gul-zor-ning, pax-ta-kor-lar kabi yoki kuyidagi sxemaga solib yozish:
So‘z
|
O‘zak
|
So‘z yasovchi qo‘shimcha
|
So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha
|
Gulchi
Paxtazorga
Bog‘bonchilik
|
Gul
paxta
Bog‘
|
Chi
zor
bon
|
ga
chilik
|
Grammatik tahlil mavzuni o‘rganish izchilligiga qarab ma’lum tartibda o‘tkaziladi. Masalan, so‘zning tarkibi yuzasidan og‘zaki hamda yozma tahlilda ham avval o‘zak, so‘z yasovchi, so‘ngra so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar ajratiladi. So‘z turkumlarini tahlil qilishda esa mavzuni o‘rganishdagi izchillikga asoslanadi. Masalan, har bir so‘zga so‘roq berib, nimani bildirishi, so‘z turkumining nomi, birlik va ko‘plik - otda; fe’lning bo‘lishli yoki bo‘lishsizlikni bildirishiga aytiladi. Keyingi sinflarda esa qo‘shimcha, masalan otning kelishigi, agar egalik qo‘shimchasi bilan kelgan bo‘lsa, shaxsini ham; fe’lning esa shaxs-soni, zamoni ham aytiladi.
Gap bo‘laklari jixatidan tahlilda so‘zga so‘roq berib, avval ikki bosh bo‘lak (avval ega, so‘ngra kesim) keyin esa ikkinchi darajali bo‘laklar (avval ega va kesimga bog‘lanib kelgan, so‘ngra ikkinchi darajali bo‘laklarga bog‘lanib kelgan, ikkinchi darajali bo‘laklar).
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi etadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqilishlashuchuntopshiriq 1-sinfdan boshlabberiladiva u asta-sekinmarakkablashtirilibboriladi. 1-sinfda “Yozganso’zlaringiznilug‘atdantekshiring”, “Rasmgaqarabsabzavotnomlarini alifbo tartibidayozing”, “Rasmnikuzating. Undatasvirlangannarsalarnianiqlangvaularningnominiyozing” kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88- mashqda“O’lkamdabahor” mavzusidasyujetlirasmberilgan. O’quvchilarrasmnikuzatib, narsanomlariniyozadilar. Bundabiro’quvchi 5ta, ikkinchio’quvchi 10ta vahokazoso’zyozishimumkin. Aslidarasmda 30 tadanortiqnarsatasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak,tol, o’rik, ko’ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’l, oyoq, quloq, ko’z, burun, yuz, og‘iz, barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper, daraxtvahokazo. Bu o’quvchilarninge’tiborbilankuzatishga– kuzatuvchanlikkao’rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |