2.2. O’quvchilarni mehnat darslarida qog`ozdan applikatsiya va
mozaika yasashga o’rgatishningishlarining shakl va usullari
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida kabul qilingan materiallar xisobiga mustaxkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga kura xilma-xil bajarilishi texnikasining uxshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini uz ichiga oladi. Xar bir material applikatsiyasi bajarilish texnikasiga jiddiy ta`sir kursatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog`oz, limon, daraxlar pustlog`lari fonga turli elimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yin uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar, shu kabilarni yaratishdan keng qo‘llash imkonini beradi. Dekorativ applikatsiya – u nashk, gullardan tashkil topib, aloxidaaloxida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, xodisa, xarakatlar uygunligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bulishi mumkin.
Applikatsiya tasvirlash texnikasini turli formalarini qirqish va ularning fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlar orasida paydo bo‘lgan. Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turar joylarini bezatishda ishlatganlar.
Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida pustlog`dan foydalanishgan, bo‘yalgan pustlog`dan qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshka shimoliy xalqlari applikatsiyada teri, sukno, muyna ishlatishgan. Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uyro‘zg`or predmetlarini bezashda foydalanishgan.
Applikatsiya ishida asosiy material qog`ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan bo‘lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan o‘simliklar, urug`-danaklar, barglar va shu kabilardan ham foydalansa bo‘ladi.
Qog`ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik qog`ozi navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya bilan shug`ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlanishida katta axamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, tasvirni his qilish, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi. Rangli qog`oz yoki boshqa materialdan tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan izchillikda ado etiladi. Istalgan applikatsiya syujetni tanlashdan boshlanib, undan keyin applikatsiya eskizi, qog`oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni fonga qo‘yish, elimlash va nihoyat quritish jarayonlari keladi. Oddiy applikatsiyalar eskizsiz bajariladi.
Applikatsiya ishlarini bajarishda asosiy e`tibor uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi uylangan kompozitsiya, ya`ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish – applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir.
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan ornamental applikatsiyalardir.
Avval ornament eskizi tuziladi,so‘ngra krakli detallar o‘lchami va mikdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma`lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi.
Applikatsiyada avval eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar o‘lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma`lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. So‘ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |