Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar.
Bolalarni predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Buni atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, darxt, mashina, idishtovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.
O‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga o‘xshashligi, ularni qanday o‘lchamlarda, qaysilarini kattaroq, kaysilarini kichikrok olish, qanday izchillikda joylashtirish kerakligini aniqlaydilar. Rangli qog`ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarni har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat`iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bilan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |