Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə26/35
tarix17.02.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#52707
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limida amaliy ishlar

Mavzuli applikatsiya. Mavzuli applikatsiya ma`lum mavzuni aks ettirishi lozim u badiiy asr uchun illyustratsiya, applikatsiya plakat bo‘lishi mumkin. Badiiy tematik applikatsiya ishi predmetlar formasini, asosiy anikliklarni, qismlarning o‘zaro aloqasini, manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug`lik tushayotgan tomonini munosib rang berib ko‘rsatish kabilarni ifodalashi kerak

Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.

Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg`unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog`ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.

Tayyorlangan detallar elimlanadigan sath, ya`ni fonga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma`qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.

Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq tondagi qog`oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog`ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e`tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.

Namuna tariqasida 1-sinf o‘quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini sinaydilar va rangli qog`ozdan ingichka oq va sariq to‘g`ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog`ozdan doira qirqsa bo‘ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda qirqiladi.

Suhbatni o‘qituvchi ―8 Mart kuni‖ haqida olib boradi va bunda sovg`a masalasini eslatib o‘tadi. Eng yaxshi sovg`a o‘z qo‘li bilan yasagan sovg`adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo‘lishi mumkin.

SHundan keyin namuna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi. 1. Tabriknoma uchun qog`oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;



  1. Ko‘k rangdagi qog`ozga to‘g`ri burchak chiziladi, uning o‘lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;

  2. Ko‘k qog`ozdan qirqilgan to‘g`ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko‘k qog`oz taklifnomani bo‘yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig`ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;

  3. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog`ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;

  4. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;

  5. Och ko‘k va jigar rang qog`ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;

  6. Gullar qirqib yopishtiriladi.







Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar gullarni shoxlarga o‘zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o‘qituvchi tarqatgan andoza bo‘yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so‘zi yoziladi.

Mozaika monumental dekorativ sa`nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra ham, naqo‘ va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyo madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental sa`natga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa`nati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.

Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog`oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po‘sti va shu kabilar) qo‘yib chiqishdir.

1.Qog`ozdan mozaika ishlarini bajarish uchun keraksiz chiqindi qog`oz bo‘laklari olinadi.

2. Qog`oz bo‘laklari tanlangan rasmga ko‘ra mayda va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.

3.Qog`oz bo‘lagidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak.


  1. Kontur qora qog`oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.

  2. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga qog`oz bulagi terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.

  3. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, qog`oz yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.

Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.


Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin