malakalarini egallaydi. Bu ishlar o‘quvchilarni bundan keyingi yanada murakkabroq
vazifalarni bajarishga tayyorlaydi.
2. Yarim mustaqil yoki oraliq mustaqil ishlar. Mustaqil ishlarning bu turi
yetaklovchi
savollar, darslik, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollardan
foydalanish asosida bajariladi. 3-sinfda “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi”
mavzusini
o‘qitishda quyidagicha mustaqil ish o‘tkaziladi.
1. Gapni so‘zlarga ajrating, har bir so‘zning so‘rog‘ini aniqlang.
Qor yog‘di. Qor-nima?, yog‘di- nima qildi?
2. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘yib, gapni kenggaytirib yozing.
...qor yog‘di. (oppoq,qizil, ko‘m-ko‘k) - .. Oppoq qor yog‘di.
3. Gapni “bugun” va “qalin” so‘zlari yordamida kengaytirib yozing.
Bugun oppoq, qalin qor yog‘di.
3. Natijasi matnga teng mustaqil ishlar. Ta’lim rivojlangan sari o‘quvchilar
yanada murakkabroq vazifalarni bajara oladilar. Shuni hisobga olib, grammatikadan
o‘rganiladigan bilimlarga bog‘langan
holda ijodiy diktant, hikoya, ish qog‘ozlari,
bayon, insho va boshqa ish turlaridan mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin. Bu
ishlar hajmining kattaligi, bajarish uchun ko‘p vaqtni talab qilishi bilan mustaqil
ishning oldingi turlaridan farq qiladi.
4. Darslik materiallari ustida mustaqil ishlarni tashkil etish yo‘llari.
“Ona tili” darsliklari materillari o‘zida
grammatik kategoriyalarni, so‘z yasash
shakllari va usullari, so‘z o‘zgartirish va gap tuzish yo‘llari,
orfoepik va orfografik
hamda punktuatsion qoidalarni mujassamlashtirgan. Darslikdagi qonun-qoida1ar
o‘zining abstrakgligi, umumiyligi bilan xarakterlanadi. Demak, o‘quvchining
umumiy taraqqiy qilishda ona tili alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy
vazifalaridan biri bolalarning tafakkurini o‘stirish,
ularda kitob ustida ishlash
malakalarini takomillashtirishdan iborat.O‘quvchi maktabda darslik ustida mustaqil
ishlashni qanchalik puxta o‘rgansa, maktabni bitirib chiqqandan so‘ng o‘z bilimini
oshirish uchun shunchalik muvaffaqiyatli ishlay oladi.
Boshlang‘ich ta’limda “Ona tili” faniga oid mustaqil ishlar o‘quvchilarni bilim,
malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bilim
esa ana shu mustaqil ishlar orqali bola faoliyatiga o‘tadi va puxta egallanadi.
Mustaqil ishlar orqali egallangan bilimlar o‘quvchining amaliy faoliyat mahsuliga
aylanadi va bu bilimlardan u istagan joyda: tanish sharoitida ham, notanish sharoitida
ham bеmalol foydalana oladi.
Dostları ilə paylaş: