Boshlang‘ICh sinf ona tiliva o‘qish darslarida turli qiziqarli o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə2/7
tarix19.05.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#117215
1   2   3   4   5   6   7
BOShLANG‘ICh SINF ONA TILIVA O‘QISh DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISh

"TOPOG‘ON" o‘yini.
1. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq;
2. Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;
3. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;
4. Ovchi. Muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt:
5. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.
Berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.
BEGONA” o‘yini:
Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi.
Masalan: "O‘gay” "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.
“KIM KO‘P SO‘Z TUZADI” o‘yini
O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping.
So‘z boshida: ayiq, asal,... .
So‘z orasida : sariq, maktab
So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi.
HARFLARNI ShUNDAY O‘ZGARTIRINKI
SO‘Z HOSIL BO‘LSIN” o‘yini
Bolalarga so‘zlar beriladi. O‘quvchilarga so‘zdagi biror harfni o‘zgartirish orqali boshqa so‘z hosil qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Kim ko‘p so‘z tuza olsa. ana o‘sha o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Masalan:
Maktab - maqtab bor - bosh - bos kabi.
«Berilgan harflar asosida
she’rlar to‘qing» o'yini
Mavzuga oid biror so‘zning bosh harfiga moslab she’r, matn yaratish vazifasi qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘z mazmunini inobatga olib she’rlar to‘qishlari kerak. Masalan:
Vatan azizdir Azizdir elda.
Tinchligin istaydi Aziz elimda Nomi o‘chmas Mening dilimda, kabilar.
BERILGAN BOG‘INLARGA VITTADAN HARF
QO‘ShIB, SO‘ZLAR HOSIL QILING” o yini
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil qilishlari kerak.
Masalan:
Far: farq, fard. farz
Dar: dard, dars, darz ...kabi.
BERILGAN SO‘ZLARDAGI HARFLARNI KO‘RSATILGAN
RAQAMLAR TARTIBI BILAN” o yini
Berilgan so‘zning har bir harfi ketma-ketlikda (1,2,3,4...) raqamlanadi. O‘quvchi yangi so‘z hosil qilish uchun o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida berilgan raqamlar tartibini inobatga olib, yangi so‘zlar hosil qilishlari lozim.

Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin