Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan
foydalanishning ta’limiy ahamiyati
Masturaxon Obobakirovna To’rayeva
Andijon viloyati, Marhamat tumani, 22-IDUM
Annotatsiya: mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini olib
borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yangi interfaol uslublardan
foydalanishning ijobiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan
namunalar tavsiya qilinib yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf, o’qish, interfaol, izohli o’qish, intonatsiya,
metod, ta’lim, ifodali o’qish, badiiy o’qish.
The educational importance of using interactive methods in
primary school lessons
Masturakhon Obobakirovna Turaeva
Andijan region, Marhamat district, SSGS №22
Abstract: This article highlights the positive importance of the use of pedagogical
technologies in the teaching of elementary school, the use of new interactive methods.
Samples of interactive methods are also recommended and illuminated.
Keywords: elementary school, reading, interactive, explanatory reading,
intonation, method, teaching, expressive reading, art reading.
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan ona tili, matematika, o’qish, odobnoma,
tabiatshunoslik darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida
alohida o’rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya
asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar
qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich
sinflardanoq «dars» degan muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi
kunda o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o’qituvchilar
turli didaktik o’yinlardan foydalanishmoqda. Interfaol metod - ta’lim jarayonida
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati
ta’sir ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga
xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv
materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish,
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
768
o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar
bajarish va boshqalarda iborat.
Interfaollik, bu - o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o’quv- biluv jarayoni
o’zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o’qituvchi -
o’quvchilarning o ‘zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o’zaro faollik,
harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi - o’qituvchi, o’quvchi - o’quvchi suhbatlarida sodir
bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit
va vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj,
qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar
shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o’quvchi chetda qolmay, eshitgan,
o’qigan, ko’rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega
bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni hosil bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas,
qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta’lim o’z
xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat -
dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali
kreativ - ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga
oshirish metodlarini o’z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o’z navbatida kompyuter
dasturlari yordamida o’qitish, masofadan o’qitish, internet tarmoqlari asosida o’qitish,
media - ta’lim metodlaridan iborat. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh
hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko’ra didaktik o’yinlar orqali
evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo’llanilmoqda. Agar
o’qitish jarayonida har bir o’quvchi o’zining o’zlashtirish imkoniyati darajasida
topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo’lar edi.
Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi
ta’lim jarayonlarini didaktik o’yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz:
Interfaol o’yinli metodlar o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga
ega. Interfaol o’yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash
o’yinlardan iborat. Bular o’quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy,
psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko’nikmalarni
rivojlanishiga yordam beradi.
Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o’ylashga, erkin fikr
yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni
bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni qanday yengish va tanqidiy
fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
769
Ta’lim - tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni
turi yo’lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini
ko’rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Interfaol o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa
yo’nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o’quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o’lchash,
yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish,
guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o’stirish, til o’rgatish yangi bilimlar
olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha
o’yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va
harbiy o’yinlarga ajratiladi. Interfaol o’yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga
rioya qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo’yicha, ya’ni o’g’il
bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o’yinlar :
- ishtirokchilarning soni bo’yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o’yinlar :
- o’yin jarayoni bo’yicha fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlarga asoslangan,
musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan;
- vaqt me’yori bo’yicha -dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi,
o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan o’yinlar.
Bularning bari o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam
tuzilishini ilmiy asoslarini to’liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish,
ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang’ich sinflarning o’qish
darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi.
Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi.
Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib
bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk
bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim
standarti (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv
ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish
ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga boigan inti-
lishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda “O’qish kitobi” darsliklariga ona tabiat,
atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar
hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va
tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan
badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O’qish darslari savod
o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni
o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi
egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-
ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
770
Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darshklariga kiritilgan muayyan mavzular
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy
istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga
ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini
ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida
o’rganiladigan asarlar-ning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil
fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol
va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya
berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi
mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol,
vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar
matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi
matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan
chambarchas bog’lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan
matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim
darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar
darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak
hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim
vazifalardandir.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va “Ona tili” o’quv dasturida o’qish ta’limi
oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil qilish,
o’qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or pedagogik
texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Umuman olganda, o’qish darslari oldiga qo’yiladigan didaktik vazifalar
quyidagilardan iborat:
1. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qishlarini
shakllantirish.
2. O’quvchilarni
kitobdan
foydalanishga,
undan
kerakli
bilimlarni
olishgao’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur
mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.
3. O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
771
5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o’stirish.
6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasawurlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’Iiq holda va sinfdan tashqari
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.
O’qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat
haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q.
Boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi.
Lеkin o’qishga o’rgatishning yo’l-yo’riqlarini oqish mеtodikasi ishlab chiqadi. O’qish
mеtodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi,
xususiy mеtodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutug’i asosida shakllanib boradi.
Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish mеtodida o’rganilgan bo’lsa,
hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib boriladi. Yod olish mеtodida
matndagi so’zlarga izoh bеrishga, mazmunini tushuntirishga, o’qilganini qayta
hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor
bеrilmagan. Ularda ko’proq turli talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, ifodali o’qishga
katta e’tibor bеrilgan. Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib borilyapti.
Izohli o’qishga kеyingi ma’ruzalarda to’xtalamiz. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat,
jamiyat, unda yashovchi, kishilar xayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi,
mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati, ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va
boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bilim olish jarayonida ularga nisbatan
munosabat uyg’onadi. Bilim bеrish bilan o’quvchi shaxsi tarbiyalanib boradi.
V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday dеydi: «Bolalar dunyoni va o’z-o’zini bila
borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun
o’zining mas’ulligini oz-ozdan bila borishlari kеrak. …bolaga yaxshilik va yomonlikni
to’gri ko’rish imkonini bеrish kеrak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma’naviy
go’zallikka ergashish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g’azab, murosasizlik
uyg’otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga to’ldiradi.
(1-4 sinf "O’qish kitobi" da bеrilgan asarlar misolida ochib bеriladi).
Dostları ilə paylaş: |