Boshlang’ich sinf oquvchilannmg axborot savodxonligini shakllantirishni tushuntirish


O’zbekistonda boshlang ich sinflarda informatika ta’limining istiqboli rejalari haqida tushuncha berish



Yüklə 43,64 Kb.
səhifə14/15
tarix30.08.2023
ölçüsü43,64 Kb.
#141064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Axborot mavzular

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish
O’zbekistonda boshlang ich sinflarda informatika ta’limining istiqboli rejalari haqida tushuncha berish

Kirish.

1. Informatikani o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish


2. O‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish
3. Informatika darslarida o’yin texnologiyalaridan foydalanishning samaralari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquqtartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Yangi sharoitlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish va shu bilan birga o‘quv jarayonida o‘qitishni samarali olib borish maqsadida turli xil metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Bugungi zamon o‘quvchilari o‘zining aqliy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intiladi, u o‘z kuchini ishga solishning yanada faol usullarini qidiradi. Ilm dargohining vazifasi - o‘sib borayotgan yosh avlodga hayotda ma’no va uning munosib o‘rnini topishga yordam berish, buning uchun munosib shart -sharoitlar yaratish. Ilm dargohida yosh avlodlarning o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qiziqish bilan bajarishga imkon beradigan ta’lim tizimini amalga oshirish kerak. Har bir o‘qituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak, shunda farzandlarimiz qiziquvchanlik bilan o‘rganadilar. Informatika fanining jozibali tomonlarini, uning aqliy qobiliyatlarini yaxshilashdagi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi imkoniyatlarini tushunadilar va boshdan kechiradilar. Ta’limning noan’anaviy, nostandart shakllaridan, xususan didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hammamizga ma’lumki ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan usuldir. Ushbu o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o‘zlari ham informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan birga, faqatgina bilimdon o‘quvchilarnigina emas, balki past o‘zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o‘quv fanlaridan past o‘zlashtiruvchi talabalar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar.

  1. Yüklə 43,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin