Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom


III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari



Yüklə 41,72 Kb.
səhifə2/5
tarix13.08.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#63110
1   2   3   4   5
Baholash nizomi

III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari
6. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:

  1. o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;

  2. quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezonini bajargan holda o‘quvchilarda shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mustahkamlab borilishini ta’minlash, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish;

  3. umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha reyting tizimining birligi va yaxlitligi;

  4. ta’lim jarayoni qatnashchilari uchun reyting tizimi va natijalarining tushunarliligi hamda ixchamligiga erishish;

  5. o‘quvchilarning bilimlari sifatini baholashga haqqoniylik, odilonalik va teng huquqlilik asosida adolatli yondashish.

7. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlarigamuvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat – so‘rovlar, topshiriqlar, testlar, kontrol ishlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat – chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. Ular kontrol ishlar, test sinovlari va malakaga doir ishlar shaklida o‘tkaziladi.
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
bosqichli nazorat – 4-sinfda o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, sinovlar, topshiriqlar shaklida amalga oshiriladi.
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin.

IV. O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting


ko‘rsatkichlarini aniqlash

8. Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
9. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar,
besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib etishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olish, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
10. 1-sinf o‘quvchilarining bilimlari o‘quv yilining birinchi yarmida baholanmaydi. Bu vaqtda baholashning pedagogikada mavjud bo‘lgan rag‘batlantirish, ruhlantirish, ilhomlantirish metodlaridan foydalaniladi.
11.  CHorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
choraklik baholar asosida yillik baho aniqlanadi.
4-sinflarda bosqichli nazorat o‘tkaziladigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ballar asosida aniqlanadi.
12. Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.
13. O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar va ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga faqat joriy o‘quv yilida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
14. O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting ko‘rsatkichi aniqlanadi:
Bunda o‘quvchining yillik bahosi:
“5” bo‘lganda – 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“4” bo‘lganda – 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“3” bo‘lganda – 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri qo‘yiladi.
Yillik reyting ko‘rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat bo‘lib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Agar o‘qituvchi o‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich balini
56 baldan kamligini e’tirof etsa, u holda o‘quvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
15. O‘quvchilar tomonidan foydalanilgan balni quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni asosida to‘ldirish, qo‘shimchalar kiritish, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholarni va yillik reyting balini aniqlash faqat fan o‘qituvchisining vakolatida bo‘lib, bu jarayonga chetdan aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.
17. O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
18. O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.



Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin