Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom



Yüklə 41,72 Kb.
səhifə4/5
tarix13.08.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#63110
1   2   3   4   5
Baholash nizomi

II. O‘quvchilar bilimlarini
quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni

Reyting tizimida ballar “1”, “2”, “3”, “4”, “5” raqamlari bilan qayd etilib, ular so‘zlar bilan quyidagicha ifodalanadi:


“1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanildi;
“2” ball – 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanildi;
“3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanildi;
“4” ball – 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanildi;
“5” ball – 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanildi.

“1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 1 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “1” balga ega bo‘ladi.


O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatini egallashga bo‘lgan intilishi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun daftar yuritishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “2” balga o‘zgartirilishi mumkin.
“2” ball– 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish. O‘quvchi 1 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni eslab, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, asosli javob berishga va javobini isbotlashga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “2” balga ega bo‘ladi.
O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “3” balga o‘zgartirilishi mumkin.
“3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanish. O‘quvchi 2 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘quv materiali bo‘yicha egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni qisman o‘zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to‘g‘ri bayon eta olsa, u berilgan imkoniyatning 3 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “3” balga ega bo‘ladi.
O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “4” balga o‘zgartirilishi mumkin.
“4” ball – 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanish. O‘quvchi 3 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil eta olsa, mustaqil ish bajarib, javoblarida yoki harakatlarida qisman hayajonlanish (mavzuni bayon etishda to‘xtalish, takroriy eslash yoki yordamchi savollarga muhtojlik, amaliy ishlarni bajarish ketma-ketligida ikkilanish kabi) holatlar uchrasa, mavzuga oid shakllangan malakaga nisbatan murakkab bo‘lmagan xulosalar chiqara olsa, u berilgan imkoniyatning 4 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “4” balga ega bo‘ladi.
O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “5” balga o‘zgartirilishi mumkin.
“5” ball – 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanish. O‘quvchi 4 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuning mohiyatini chuqur anglab qoidalar, ta’riflar, teoremalar, qonunlar va g‘oyalar asosida topshiriqlar, masalalar hamda mustaqil ishlarni ijobiy bajarib, amaliy faoliyatlarida qo‘llay olishini tasavvur qilib, uni turmush tajribasidagi misollar bilan isbot qilib bera olsa, u berilgan imkoniyatning 5 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “5” balga ega bo‘ladi.
O‘quvchining o‘quv faniga nisbatan shakllangan ijodiy munosabati va alohida iqtidorini batafsil tahlil etib, o‘qituvchi muntazam “5” ball imkoniyatidan to‘liq foydalanadigan o‘quvchini rag‘batlantirish yuzasidan ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kun tartibiga alohida masala sifatida tavsiya kiritishi mumkin.
Alohida iqtidori shakllanib kelayotgan o‘quvchilar ta’lim muassasasida e’tirof etilgan holda e’lon qilinadi va tegishli stend, fotoalbom yoki rag‘batlantirishning boshqa ko‘rinishlarida qayd etiladi.
Har bir fan o‘qituvchisi darsga va tarbiyaviy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish davrida o‘quvchilar uchun beriladigan so‘rovlar, kollokvium materiallari, seminarlar, kontrol ishlar, testlarni avvaldan aniqlab olishi lozim. O‘qituvchi avvaldan belgilagan imkoniyatlar-so‘rovlar, topshiriqlar, testlarni dars jarayonida to‘ldirishi va ularga qo‘shimchalar kiritishi mumkin.



Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin