Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom



Yüklə 41,72 Kb.
səhifə3/5
tarix13.08.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#63110
1   2   3   4   5
Baholash nizomi

V. YAkuniy qoida
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 20 iyuldagi 178-sonli buyrug‘iga 2-ilova


Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari bilimlarini nazorat qilishning takomillashtirilgan reyting tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya


I. Reyting tizimiga sharhlar

Ushbu reyting tizimi ko‘pgina davlatlar tomonidan qo‘llanilgan


“5” baholik tizimdan bolalarning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlashi, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini samarali rag‘batlantirish hamda ta’limning keyingi bosqichiga tortishga oid amaliy ishlarning bajarilishi bilan tubdan farq qiladi. Jumladan, “5” baholik tizimda o‘quvchilar faqat “4” va “5” baholar bilan rag‘batlantirilib, qolgan baholar esa o‘quvchi shaxsini kamsituvchi, jazolovchi baholar sirasiga kiritilgan. Natijada, “uch baho-puch baho”, “ikkichi” kabi atamalar o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qolishiga sabab bo‘lib, ularda bilim olishga bo‘lgan intilishni pasaytirgan.
Bundan tashqari, “1” baho qo‘yishning aniq me’yori bo‘lmaganligi sababli mazkur bahodan deyarli foydalanilmagan, bu esa “5” baholik tizimda asossiz ravishda faqat 4 ta baho (2, 3, 4, 5) dan foydalanilganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1992 yilda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya e’tirof etildi hamda 2008 yilda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur Nizom bilan tartibga solingan o‘quvchilar bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimiga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqadigan tamoyillar singdirildi.
Eng muhimi, o‘quvchi hech qachon o‘zining salohiyati yoki imkoniyati darajasida egallayotgan bilimi, shakllanayotgan ko‘nikma va malakalariga nisbatan kamsitilmaydi. Hatto, u eng kichik – “1” ballik imkoniyatdan foydalansa ham uni o‘z ustida ishlashga undaydi.
SHuningdek, so‘nggi yillarda amalda foydalanilgan, har ikki–uch yilda yangilanib turilgan, murakkab va noaniq talablarga muvofiq ishlab chiqilgan Nizomlar asosidagi ko‘p ballik reyting tizimida o‘qituvchi ko‘p vaqtini o‘quvchilarga bilim berishga emas, aksincha o‘quvchi to‘plagan ballarni hisob-kitob qilish ishlarini bajarishga sarflagan. Bunda, balning o‘nli ulushlarini qo‘llanilishi, kamida 13 ta turli murakkabliklarga ega bo‘lgan nazorat va reyting ballarini hisoblash shakllari, formulalari va tartiblari o‘qituvchida, xususan, ijtimoiy-gumanitar o‘quv fanlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, xorijiy tillar, boshlang‘ich sinf va boshqalardan) dars berayotgan o‘qituvchilarda qiyinchiliklar tug‘dirgan. Ota-onalar bu chigal tizimni hech qachon tushunmaganlar.
O‘qituvchining butun fikri xayoli reyting tizimidagi chalkashlik va chigalliklarni echish, ballarni sanash va umumlashtirish bilan band bo‘lib, ta’lim-tarbiya berish, o‘z ustida ishlash maqsadlari keyingi o‘rinlarda qolib ketish hollari mavjud bo‘lgan.
Pirovard natijada, reyting ballarini yana qaytadan 2, 3, 4, 5 baholarga aylantirilishi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari uchun beriladigan shahodatnomalarga ushbu yaxlitlangan baholar (3, 4, 5) dan birining qo‘yilishi barcha hisoblash ishlari mantiqan noto‘g‘ri va samarasiz bajarilganligini ko‘rsatadi.
Takomillashtirilgan reyting tizimining ixchamligi, oddiyligi, keng jamoatchilik (o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar) uchun tushunarliligi, eng muhimi o‘quvchini bilim olishga bo‘lgan intilishini rivojlantirish uchun osoyishta, ijobiy, iliq muhit shakllantirish, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishi bilan avvalgilardan farqlanadi.
Mazkur reyting tizimini tayyorlash davrida maqsad va vazifalarning to‘liq bajarilmay qolish holatlarini keltirib chiqaradigan ko‘plab xato va kamchiliklarga e’tibor qaratildi, shuningdek, bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalari o‘rganildi va natijada, baholashning yangi, o‘ziga xos, samarali mexanizmi ishlab chiqildi.



Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin