Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə21/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Uchinchi bob bo`yicha xulosalar.
Milliy qadriyatlar qachonki, o’quvchilrda shakllanar ekan, ular tarbiyasida dunyoqarash va ma`naviy-ma`rifiy xususiyatlar o’z aksini topib boraveradi. Milliy qadriyatlar munosabatlar shakllantirilgan sharoitdagina uning faoliyati va xulq-atvori yuksalishiga imkon beradi.Tajriba-sinov ishlari avvali va so’ngida olingan natijalarning qiyosiy tahlili tajriba so’ngidagi natijalar tajriba guruhidagi yuqori ekanligini yaqqol ko’rsatadi. Bundan tashqari biz o’z tajriba-sinov ishlarimiz jarayonida maktab jamoasi tomonidan o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar hamda fan o’quvchilarining darslari davomida milliy qadriyatlardan foydalanishga doir munosabatlari ham o’rganildi.
O’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlarni shakllantirishga ta’sirni qay darajada muhimligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot ishimizda dastlab, sinaluvchilar guruhida “qadriyat”, “milliy qadriyat” tushunchalarining mohiyatini anglaganlik darajasini aniqlovchi savolnoma o’tkazildi.
Har bir bosqichda olingan ma’lumot va axborotlar jamlanib, tahlil qilindi va amaliy ahamiyati o’rganildi. Tajriba-sinov ishlari nihoyasiga yetgach, tajriba avvalida o’tkazgan so’rovnoma, test, suhbat metodlarini qaytadan qo’llagan holda boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarning takomillashishiga muvaffaq bo’ldik.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida so’rov, anketa va amaliy topshiriqlar (milliy va pedagogik qadriyatlar tasnifini yaratish, milliy qadriyatlar asosida tanlab olish) hamda so’rov natijalari yozma ravishda olindi. Bunda respondentlar tomonidan qayd etilgan mulohazalarning ishonchliligi, shuningdek, qo’lga kiritilgan ko’rsatgichlarning qat’iyligini yana bir bor tekshirish maqsadida suhbat tashkil etildi. Yozma ravishda tashkil etilgan so’rov hamda suhbat yakuniga ko’ra aniqlangan natijalar tahlil qilindi.
Tajriba-sinov ishlari nihoyasiga yetgach, tajriba avvalida o’tkazgan so’rovnoma, test, suhbat metodlarini qaytadan qo’llagan holda o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga muvaffaq bo’ldik. Olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi. tajriba-sinov ishining 1,2 va yakunlovchi bosqichida olingan natijalarga asoslangan. Tajriba va nazorat guruhi natijalarini qiyoslash ko’rsatishicha, nazorat guruhida sharqona munosabat tuyg’usi optimal darajasi 4% dan 32%gacha, yetarlicha daraja esa 24%dan 40%gacha o’sgan bo’lsa, shu paytda milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabat tuyg’usining boshlang’ich darajasi bo’lgan o’quvchilar soni 72% dan 24%gacha qisqargan. Nazorat guruhida ham ijobiy o’zgarishlar yuz bergan, ammo bu o’zgarishlar jiddiy ahamiyatga ega emas. Shunday qilib, shakllantiruvchi eksperiment jarayonida olingan natijalar taklif etilgan boshlang’ich sinf o’quvchlarida milliy qadriyatlarning takomillashganligi va samaradorligi haqida xulosa chiqarishimizga imkon beradi
Tajriba-sinov ishlari nihoyasiga yetgach, tajriba avvalida o’tkazgan so’rovnoma, test, suhbat metodlarini qaytadan qo’llagan holda boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarning takomillashishiga muvaffaq bo’ldik.
Nazorat guruhining o‘quvchisida natijalarning qoniqarsiz ekanligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
-xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari haqida aniq ma`lumotlarga ega emasligi;
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari;
-o‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyatining to’g`ri shakllantirilmaganligi;
-xalq og‘zaqi ijodi va dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatinini tushuntirish usullari maktabda tog’ri yo’lga qo’yilmaganligi;
-milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘rnini tushunmasligi;
- xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va boshqa san’at asarlaridan ta`lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanmasligi kabi belgilari aniqlashtirildi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin