UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR Jamiyatimizda ma’naviy yangilanishlar, yuksalishlar jadal kechayotgan, qolaversa, globallashuv jarayoni qadriyatlarimizga o’z ta’sirini ko’rsatib turgan bir paytda, o’quvchi-yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bugungi shiddat bilan davom etayotgan globallashuv davrida yoshlarimiz qalbida ota-bobolarining buyuk ishlaridan faxrlanish tuyg`ularini qaror toptirishimiz ularni milliy an`analarimiz, urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga hurmat ruhida shakllantirishimiz dolzarb masalalardan biridir.Islom olamining muqaddas kitoblari Qur’oni Karim, Muhammad alayhissalom o’gitlari, hadislari va Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi, ma’naviyati, o’quvchilar va yoshlarni yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda hamda shakllantirishda milliy qadriyatlarning o’rnini o’rganishga doir juda ko’plab qimmatli psixologik–pedagogik qarashlarni, maslahat va fikrlarni olish mumkin.
Har qanday maqsadni amalga oshirish uchun tajribalarga tayangan holda o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadryatlardan foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy tomonidan quyidagi vazifalarga e’tibor qaratmoq lozim:
-o’quvchi-yoshlarni Vataniga fidoiy, jasur, sog`lom, bilimli va har tomonlama yetuk, yuqori axloqiy pok inson bo`lishiga yo`llash;
- o’quvchi-yoshlarni o`z xalqining tarixiy, madaniy, milliy xususiyatlarini anglab olishga bulgan zaruriyatni tarkib qondirish;
- o’quvchi-yoshlarda ijodiy fazilatlarni tarkib toptirish;
-vatanparvarlik, insonparvarlik, mexnatsevarlik kabi xislatlarni tarkib toptirish.
Bugungi kunda dunyoqarashni shakllanttirish muammosining nazariy jihatdan anglanishi jadal amalga oshmoqda. Nazariy jihatdan dunyoqarashning mazmuni falsafiy, psixologik, sotsiologik hamda pedagogik yondashuvdan kelib chiqib yoritilgan. Zamonaviy sharoitda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda dunyoqarash muammosi shaxsning milliy, umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy, shaxsiy, oilaviy qadriyatlar tizimini shakllantirish, o’quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda tarbiyaviy qadriyatlardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqilmoqda.
O‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish o‘ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega bo‘lib, mazkur jarayon samaradorligini ta’minlashda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan makro, mezo va mikro omillar ta’sirini inobatga olish lozim.
Milliy qadriyatlar o’quvchilarning nafaqat ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi, shuningdek, kerakli mutaxassislikni egallab, ularni mamlakat va dunyo taraqqiyotida faqat bunyodkorlik uchun yo‘naltirishda ham yetakchi kuch Shu bois, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’lim tizimiga keng joriy etilishi, ushbu talim jarayonida an`nanaviy va interfaol metodlardan foydalanish lozim. Jamiyatimizda ma’naviy yangilanishlar, yuksalishlar jadal kechayotgan qolaversa globallashuv jarayoni qadriyatlarimizga o’z ta’sirini ko’rsatib turgan bir paytda, o’quvchi-yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning birinchi bosqichida asosiy e’tibor o‘quv jarayonidagi mavjud holatlarni, ta’lim muassasalarida yaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minotni, bunda davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, namunaviy dasturi, o‘quv adabiyotlar, darsliklar shuningdek o‘quv qo‘llanmalar hamda o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni tahlil qilinib sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari kuzatildi.
3-sinf o‘quvchilarida dunyoqarashni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot ishlarini o‘tkazishdan oldin tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan sinflar bilan olib borgan jamoaviy suhbatimizni xulosalaganda o‘quvchilarda qadriyat, milliy qadriyat, qadriyatli ong haqidagi tushunchalar kichik maktab yoshi davridan boshlab o‘ziga xos omillar ta’sirida umumiy holda shakllanganligini anglab yetdik.
Milliy qadriyat asosida o‘quvchilarda dunyoqarashni tarbiyalashning mavjud imkoniyatlarini aniqlash maqsadida quyidagi o‘quv-meyoriy hujjatlar mazmuni o‘rganildi:
1. DTS va o‘quv reja.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuni, darsliklar, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari.
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan meyoriy hujjatlar (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ish rejasi, mavjud to‘garak mashg‘ulotlari dasturi va boshqalar).
Biz tomonimizdan taklif qilinayotgan mavzular asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borilsa o‘quvchi-yoshlarda dunyoqarashyanada rivojlanadi degan fikrdamiz. Chunki, maktab darsliklarida qadriyatlar mazmunini ochishga xizmat qiladigan mavzular bo‘lsada, aynan dunyoqarashni tarbiyalash bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar sinfdan tashqari ishlar asosida tashkil etilmagan. Mazkur jarayonda, o‘quvchilarda dunyoqarashni tarbiyalashda milliy qadriyatlaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “Tarbiya” fani mazmunini o‘rganish jarayonida shuni angladikki, ushbu darslik o‘quvchi yoshlarimizda dunyoqarashni tarbiyalashga xizmat qiladi.Ammo, o‘quvchilarda dunyoqarashni yanada rivojlantirish uchun dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy qadriyatlaridan o‘rinli foydalanilsa, o‘quvchilarda dunyoqarashni rivojlantirish natijalari yanada samarali bo‘ladi.
Tajriba-sinov ishimizni asosiy qismi sinfdan tashqari ishlarda bahs, munozara, suhbat, savol-javob hamda o‘zaro fikr almashish orqali dunyoqarashni rivojlantirishga qaratilganligini nazarda tutsak, ushbu metoddan foydalanish tadqiqotimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Yuqoridagi metodlardan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda keng qo‘llanilib o‘quvchilarda dunyoqarashini tarbiyalashga alohida e’tibor qaritildi. Tajriba guruhi o‘quvchilariga tadqiqot maqsadidan kelib chiqib turli axborot va ma’lumotlar berib borildi. Boshlangich sinf o’quvchilari tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishda yangi tushuncha va ma’lumotlarni “Jadval” grafik organayzeri, diskussiya - metodi, “Aqliy hujum”, debat va boshqa ko‘plab interfaol metodlardan foydalanildi.
Milliy qadriyatlar qachonki, o’quvchi-yoshlarda shakllanar ekan, ular tarbiyasida dunyoqarash va ma`naviy-ma`rifiy xususiyatlar o’z aksini topib boraveradi. Milliy qadriyatlar munosabatlar shakllantirilgan sharoitdagina uning faoliyati va xulq-atvori yuksalishiga imkon beradi.Tajriba-sinov ishlari avvali va so’ngida olingan natijalarning qiyosiy tahlili tajriba so’ngidagi natijalar tajriba guruhidagi yuqori ekanligini yaqqol ko’rsatadi. Bundan tashqari biz o’z tajriba-sinov ishlarimiz jarayonida maktab jamoasi tomonidan o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar hamda fan o’quvchilarining darslari davomida milliy qadriyatlardan foydalanishga doir munosabatlari ham o’rganildi.
Tajriba-sinov ishlari nihoyasiga yetgach, tajriba avvalida o’tkazgan so’rovnoma, test, suhbat metodlarini qaytadan qo’llagan holda o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga muvaffaq bo’ldik. Olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi. tajriba-sinov ishining 1,2 va yakunlovchi bosqichida olingan natijalarga asoslangan. Natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, “qadriyat”, “milliy qadriyat” tushunchalarining mohiyatini anglagan o’quvchilar soni sezilarli darajada oshdi.(16.7%dan 72.2% gacha), bu ko’rsatkichni o’zgarishi uncha sezilarli bo’lmagan nazorat guruhiga solishtirsak (21.5% dan 41.0 % gacha), natijalarning ancha jiddiy ekanligi ma’lum bo’ladi. Tajriba guruhidagi ijobiy o’zgarish o’quvchi-yoshlarning dunyoqarashini tarbiyalashda qadriyatlardan foydalanish usullarini takomillashtirishning samaradorligini belgilaydi.
Har qanday maqsadni amalga oshirish uchun tajribalarga tayangan holda O’quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda milliy qadryatlardan foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy tomonidan quyidagi vazifalarga e’tibor qaratmoq lozim:
-o’quvchi-yoshlarni vataniga fidoiy, jasur, sog`lom, bilimli va har tomonlama yetuk, yuqori axloqiy pok inson bo`lishiga yo`llash;
- o’quvchi-yoshlarni o`z xalqining tarixiy, madaniy, milliy xususiyatlarini anglab olishga bo’lgan zaruriyatni tarkib qondirish;
- o’quvchi-yoshlarda ijodiy fazilatlarni tarkib toptirish;
-vatanparvarlik, insonparvarlik, mexnatsevarlik kabi xislatlarni tarkib toptirish.
O’quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar asosida dunyoqarashini tarbiyalashning quyidagi yunalishlari aniqlanganligi tadqiqotning muhim pedagogik qiymatini belgilaydi:
-o’quvchi-yoshlarni milliy urf-odat va qadriyatlarni hurmat qilishga odatlantirish;
-o’quvchi-yoshlarni oila a’zolari bilan o’zaro muomala madaniyatiga o’rgatish;
-o’quvchi-yoshlarning huquqiy jihatdan ijtimoiyl hayotga tayyorlash;
- o’quvchi-yoshlarning psixologik jihatdan dunyoqarashini tarbiyalash;
- o’quvchi-yoshlaring ijtimoiy hayotga fiziologik-gigienik jihatdan tayyor bo’lishlarini ta’minlash;
-o’quvchi-yoshlarni milliy tarbiya sohasidagi pedagogik bilimlar bilan qurollantirish;
-o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy hayotga nisbatan estetik muosabatda bo’lishga tayyorlash;
-o’quvchi-yoshlarni oila iqtisodini to’g’ri yuritishga o’rgatish.